Nazorat savollari
1. Oddiy holatda qaysi kuchlanish xavfli hisoblanadi?
2. Qanday miqdordagi tok o'limga olib keladi?
3. Fibrilyasion tok nima?
4. Himoya vositalarining ko'rikdan o'tkazish muddatlarini aytib bering?
5. Qanday plakatlarni bilasiz?
6. Tokdan shikastlangan odamga birinchi yordam ko'rsatish tartibini so'zlab
bering?
7. Elektroizolyasion materiallar necha turga bulinadi?
Adabiyotlar
1.
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational,
Nil edition. USA, 2009. 1-6 bet
2-MA’RUZA
ELEKTROTEXNIKA MATERIALLARINING SINFLANISHI
Reja:
1. Elektrotexnika materiallari elektr va magnit xossalari.
2. Elektrotexnika materiallari klassifikatsiyasi.
Elektr texnika materiallari asosan 4 turga - o‘tkazgich, dielektrik, yarim
o‘tkazgich va magnit materiallariga bo‘linadi. Elektr stansiyalarida ishlab
chiqarilgan elektr tokini havo va kabel orqali uzatuvchi uzatgichlar bilan
iste‘molchilarga yetkazib berishda o‘tkazuvchi materiallar ishlatiladi. Bu
materiallar katta elektr o‘tkazuvchanlikka ega sof metallardan tayyorlanadi.
Agar metallarning qarshiligi katta bo‘lishi talab etilsa, u holda metallar
aralashmasidan iborat qotishmalardan foydalaniladi.
Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki
oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega
bo‘lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko‘p turdagi organik va anorganik
materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo‘lishi
mumkin
15
.
15
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 6-7 bet].
Yarim o‘tkazgichlar o‘zining elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan o‘tkazgich
bilan dielektrikl orasida joylashgan bo‘lib, zamonaviy texnikada keng qo‘llaniladi.
Materiallarda yarim o‘tkazuvchanlik xossalari, ko‘pincha, tayyor mahsulot olish
paytida hosil bo‘ladi.
Magnitli elektrotexnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki
o‘tkazish maqsadida magnit materiallari qo‘llaniladi. Bu materiallardan ma‘lum
darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli,
kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir.
Elektr texnikaning rivojlanishi elektr texnika materiallariga bog‘lig bo‘lib, u
o‘z navbatida yangi xossali materiallar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi.
Xossalari yaxshilangan, issiqqa chidamli izolyatsiya va magnit materiallari kichik
hajmli, yengil va ixcham elektr mashina va apparatlarni yaratish imkonini beradi.
Yuqori ish haroratiga ega bo‘lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya, raketa
texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda
16
.
So‘nggi paytda ko‘plab ishlab chiqarilayotgan yangidan-yangi sun‘iy
materiallar xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, elektrotexnikada keng
miqyosda qo‘llanilmoqda.
Hozirgi davrda o‘z ish faoliyatini yuqori darajada bajarib, xalq xo‘jaligini
sifatli kabel mahsulotlari bilan ta‘minlayotgan ―O‘zkabel‖ DAJ ishlab chiqarish
korxonasida dielektrik va o‘tkazgich materiallar ko‘p ishlatiladi. Bulardan
16
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 6-7 bet].
asosiysini polietelen va mis tashkil etadi. Bo‘lajak mutaxassislar uchun elektr
texnika materiallarini chuqur o‘rganish katta amaliy ahamiyatga ega.
17
Dunyodagi mavjud materiallar
17
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 6-7 bet]
Do'stlaringiz bilan baham: |