Bosma plata uchun bazis materiallar
Bazis materiallardan past kuchlanishli asboblarda va radiotexnika
apparatlarida, hisoblash texnikasida, elektronika, telefoniya va boshqa sohalarda
qo‘llaniladigan bosma plata ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ilgarilari bosma plata uchun bazis materiallar sifatida zarlangan (folgalangan)
materiallar qo‘llanilib, ular (qatlamli plastmassa yoki sintetik pardadan
tayyorlanib, varaqning bir yoki ikkala yuzasi qalinligi 35 mkm dan ortiq metall
zarqog‘ozi bilan qoplanardi. Keyingi paytda metall qoplama qalinligi 5 mkm gacha
kamaytirilib, material yuzasiga qoplama subtraktiv (metall qoplama selektiv
9
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 3-4 bet].
ravishda yupqalashtiriladi) uslubning yarim additiv va additiv (mis qatlam galvanik
usulda yotqiziladi) usullari qo‘llanilmoqda
10
.
Bazis materialning bir yoki ikki yuzasiga misni kimyoviy hamda galvanik
usullarda yotqizib (zarlab), bosma plata ishlab chiqarish mumkin. Zar qoplash
aralash usulida ham amalga oshiriladi.
Qoplash uchun izolyatsiya yuzasi tekis bo‘lishi, metall o‘tkazgich sifatida
elektrolitik misli zarqog‘oz qo‘llanilishi va buni asos bilan (izolyatsiya varag‘i)
biriktirishda turli xil yelim va adgezivlar qo‘llanilishi mumkin. Odatda,
biriktiruvchi yelim yuzaga 40-50 mkm qalinlikda maxsus mashina yordamida
surtiladi.
Yuqori chastotali asboblar uchun bazis materiallar getinaks asosida
tayyorlanib, ularning yuzasiga elektrolitik mis qoplanadi. Bunday plata varag‘i
qalinligi 1-3 mm, o‘lchami kamida 800x900 mm qilib tayyorlanadi.
Zarlangan shisha-tekstolit (shisha tola termoreaktiv bog‘lagich bilan
shimdiriladi) yuzasiga misli zarqog‘oz qoplangan hollardagi varaq qalinligi 1,5
mm gacha, o‘lchami kamida 600x700 mm qilib olinadi. Zarlangan SFT-230 navli
dielektrikning qalinligi 0,13-2,5 mm, o‘lchami kamida 400x600 mm, FDG navli
zarlangan dielektrikning qalinligi esa 1,5-2 mm, o‘lchami kamida 200x250 mm,
SONF navli shisha-tekstolit qalinligi 0,8-3 mm, o‘lchami kamida 400x600 mm,
FDME navli shisha tekstolit qalinligi 0,1-0,15 mm, o‘lchami esa kamida 400-600
mm qilib olinadi
11
.
Issiqqa bardoshli SGPA-5-1, STPA-5-2 navli shisha-tekstolitlar (qatlami
shisha to‘qimasi asosidagi) 0,1-2 mm qalinlikda, o‘lchami esa kamida 400x600
mm bo‘ladi. Zarlangan LF-1 navli lavsan (polietilen tereftalat asosidagi) yuzasiga
35 mkm qalinlikdagi elektrolitik mis zarqog‘ozi yopishtiriladi. Zarlangan PF-1
navli bosma platasi poliimid asosida tayyorlanadi.
Ko‘p qatlamli bosma platasiga SP-1, SP-2, SPT-3, STP-4, SPO, SPS navli
shisha to‘qima asosida tayyorlangan materiallar misol bo‘la oladi. Ularning
qatlamlarini bosim ostida yelimlab, o‘zaro biriktiriladi va misli zarqog‘oz ularning
yuzasiga yopishtiriladi.
Yuqori chastotali asboblarda FLAN navli arilaks bilan to‘yintirilgan,
zarlangan dielektriklar qo‘llaniladi. Ushbu, dielektrik materiallarning qalinligi 1- 2
mm, o‘lchami 260x340 mm, zarqog‘oz qalinligi 35 mkm qilib olinadi. Shu
chastotalarda ishlovchi asboblarda polikarbon bilan to‘yintirilgan, zarlangan
varaqsimon materiallar ham ishlatiladi. Ularning ko‘rsatkichlari quyidagicha:
r
=2,8; tgδ=(1,5
5)∙10
-3
(chastotasi 10
10
Gs);
10
12
Om∙m;
s
10
11
10
12
Om∙m.
10
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 5-6 bet].
11
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 5-6 bet].
Do'stlaringiz bilan baham: |