Dielektrik



Download 34,59 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi34,59 Kb.
#935834
  1   2   3
Bog'liq
Dielektrik etik va kalishlar


Dielektrik etik va kalishlar.

Reja:
1 Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlar.
2 Rezinali dielektrik qo‘lqoplar.



Dielektrik etikva kalishlar

Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda hamda yog‘ingarchilik bo‘lmaganda ochiqda joylashgan elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Dielektrik etik va kalishlar ishlayotganlarni qadamlar orasidagi (odim) kuchlanishdan saqlaydi.

Elektr uskunalarida faqat GOST 13385-78 talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va kalishlarni ishlatishga

ruxsat etiladi. Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‘rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki loklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan etik va kalishlardan farq qilishi zarur. Elektr uskunalari har xil razmerli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim.


Rezinali dielektrik qo‘lqoplar

Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan tayyorlangan maxsus dielektrik qo‘lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‘lqoplar asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida esa qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi.

Qo‘lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Ish jarayonida dielektrik qo‘lqopni shimarib qo‘yish man qilinadi. Qo‘lqopga yeng ustidan kiyish zarur. Ishlatishda bo‘lgan qo‘lqoplar (mahalliy sharoit bo‘yicha) sovunli yoki sodali suyuqlik bilan davriy dizenfeksiyadan o‘tkazib turilishi lozim. Sovuq ob-havo sharoitlarida binodan tashqarida dielektrik qo‘lqoplar ishlatilganda yupqa jun yoki ip-gazlama qo‘lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi.

Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlar

Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlar yuqori kuchlanish bilan sinaladi, bunda ushbu buyumdan o‘tayotgan tok o‘lchanadi.
Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlarni sinashda ular harorati 15°C-35°C bo‘lgan suvli metall vannaga tushiriladi. Suv ushbu buyumlarning ichiga ham quyiladi. Vannadagi hamda buyumlarning ichidagi suv sathi qo‘lqopning va etikning yuqori chetidan 50 mm, kalishning yuqori chetidan esa 20 mm pastda bo‘lishi zarur. Sinalayotgan buyumlarning chiqib turgan qismi quruq bo‘lishi kerak. Sinov transformatorining bir chiqish simi metall vannaga ulanadi, ikkinchisi yerga ulanadi.

Buyum ichiga milliampermetr orqali yerga ulangan elektrod sim tushiriladi. Ushbu buyumlarni sinash sxemasidan biri 1-chizmada ko‘rsatilgan. Sinash mobaynida P almashlab ulagichi buyumning elektr yoyi bilan teshilganligi yoki teshilmaganligini signal lampa orqali aniqlash uchun avval “a” holatiga o‘tkaziladi. Buyumda teshilishlar bo‘lmasa almashlab ulagich buyumdan o‘tayotgan tokni o‘lchash uchun “b” holatga o‘tkaziladi.

Agar buyumdan o‘tayotgan tok me’yordan oshib ketsa yoki milliampermetr stryelkasida kuchli tebranish kuzatilsa, ushbu buyum yaroqsizga chiqariladi.
Buyum elektr yoyidan teshilganligi aniqlangan taqdirda nuqsonli buyum yoki sinov uskunasi darhol o‘chiriladi.

Sinov tamom bo‘lgandan so‘ng buyum quritiladi.

Qo‘lqoplarni qabul qilish-topshirish sinovlari texnik shartlarga asosan, etiklar va kalishlar esa GOST ga asosan sinovdan o‘tkaziladi.


Download 34,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish