60
chining
belgisi
1
Shompol ajratiladi
2
O‘qdon ajratiladi
3
Penal sug‘urib olinadi
4
Stvol qutisining qopqog‘i ajratiladi
5
Zatvor ramasidan zatvor ajratiladi
6
Zatvor ramasi zatvori bilan ajratiladi
7
Qaytaruvchi mexanizm ajratiladi
8
Gaz trubkasi stvol qoplamasi bilan
ajratiladi
9
Uchki tormoz – kompensator ajratiladi
6- ilova. 2- o‘quv savolining mazmuni.
Avtomatni otishga tayyorlash. Otish
vaqtida avtomatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish
usullari. O‘qdonni patron bilan to‘ldirish, avtomatni o‘qlash.
Avtomatlarni otishga tayyorlash uni otish vaqtida
tutilishsiz ishlashini
ta’minlash uchun qurolni tozalash, qismlariga ajratish,
tozalash moylash va uni
yig‘ilgan xolda tekshirib ko‘rish o‘qdonlarni ko‘zdan kechirish kerak bo‘ladi.
Bevosita otishdan avval stvol kanalini quruq holga kelgunicha tozalab artish
zarur. Agar avtomat sovuqda uzoqroq vaqt mobaynida qolib ketgan bo‘lsa, uni
o‘qlashdan avval o‘qdonni ajratib olib, zatvor ramasini bir necha marta ortga tortib,
so‘ng yana oldinga surish kerak.
Jangovar patronlarni tayyorlash otishdan oldin amalga oshiriladi. Bunda gilzada
zanglashning va egik joyning yo‘qligi, o‘qni gilza uchida bo‘shab ketmaganligi,
pistonda yashil mog‘orning yo‘qligi va pistonni
gilza tubi sathidan chiqib
turmaganligi tekshiriladi. Shuningdek jangovar patronlar ichida o‘quv patronlarining
yo‘qligi tekshiriladi. Agar patronlar kirlangan yoki uncha qalin bo‘lmagan yashil
mog‘or bilan qoplangan, zanglagan bo‘lsa quruq toza latta qiyqimi bilan artish kerak
bo‘ladi.
Patronlarni moylagan latta qiyqimi bilan artish, shuningdek, o‘qdonni ortiqcha
darajada qalin moylangan patronlar bilan o‘qlash taqiqlanadi, chunki me’yordan ortiq
darajadagi moylash kir to‘planishiga bu esa o‘z navbatida, otish paytida tutilishlarga
sababchi bo‘ladi.
Otish mashg‘ulotlarini o‘tkazish joylarida va tirlarda patronlar quruq joylarda va
quyosh nuridan pana joyda saqlanishi kerak.
61
Otish vaqtida avtomatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
nosozliklar va ularni
bartaraf etish usullari.
Avtomatning qism va mexanizmlariga to‘g‘ri va avaylab muomala qilinganda
uzoq vaqt ishonchli va tutilishsiz ishlaydi.
Lekin mexanizmlarning ifloslanishi, ehtiyot qismlarning eyilishi va avtomat bilan
tartibsiz muomala qilinganda,
shuningdek, patronlarning
nosozligi natijasida otish
vaqtida tutilishlar yuz berishi mumkin.
Yuzaga kelgan nosozlikni qayta o‘qlash orqali bartaraf etishga urinib ko‘rinadi.
Buning uchun zatvor ramasini dastagidan ortga tortib, qo‘yib yuborish va otishni
davom ettirish zarur. Agar bunda
tutilish bartaraf etilmasa, unda buning sababini
aniqlanib shunga ko‘ra ish tutiladi.
O‘qdonni patron bilan to‘ldirish uchun uni chap qo‘l bilan og‘zini tepaga,
shishgan tomoni bilan chapga, o‘ng qo‘lga patronlar o‘qlarini
jimjiloqqa qaratib,
gilza tubi bosh va ko‘rsatkich barmoqdan teparoqqa chiqib turadigan qilib ushlanadi.
O‘qdonni sal chapga og‘itib, bosh barmoq bilan ezib (76- rasm) patronlar bittalab
yon devorlarning bukigi ostida gilza tubi o‘qdonning ortki devoriga qilib joylanadi.
O‘qdonni patron bilan to‘ldirilgach, sumkaga solib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: