Ushbu qisqa fayl «bookmeri» tomonidan reklama maqsadida tarqatildi



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana08.04.2022
Hajmi2,98 Mb.
#537554
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
5 biologiya test va qo\'llanma 2022 BOOKMERI

 
 
5-§. TIRIK ORGANIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 
 
Barcha tirik organizmlar oziqlanadi, nafas oladi, ko‘payadi, 
o‘sadi va rivojlanadi.
 
TIRIK ORGANIZMLAR 
BAKTERIYALAR
DUNYOSI 
ZAMBURUG‘LAR 
DUNYOSI 
O‘SIMLIKLAR 
DUNYOSI 
(FLORA)
 
HAYVONOT 
DUNYOSI 
(FAUNA)
 
PROKARIOT
organizmlar
 
GETEROTROF
usulda oziqlanadi 
erkin 
harakatlana 
olmaydigan
EUKARIOT
organizmlar
GETEROTROF
usulda oziqlanadi.
Ularga kiradi: 

sil tayoqchasi 

achituvchi bakteriya 

chirituvchi bakteriya 
Ularga kiradi:

achitqi zamburug‘i- 
dan
tortib,
............ 

yirik
qo‘ziqorinlar-
gacha
bo‘lgan 
organizmlar 
Bakteriyalarni 
faqat mikroskop 
yordamida 
o‘rganish mumkin. 
Ular doimiy 
ravishda 
atrofimizda 
mavjud, lekin juda 
kichik bo‘lganligi 
sababli ko‘zimizga 
ko‘rinmaydi.
Ingichka ipchalar – 
GIFALAR
yordamida 
tuproqqa birikadi. 
Zamburug‘larda 
sporasi maxsus 
boshoqchasida 
yoki qalpoqchasida 
yetiladi.
 
erkin 
harakatlana 
olmaydigan
EUKARIOT
organizmlar
AVTOTROF
usulda oziqlanadi.
 
Ularga kiradi:
 ✔ 
barcha o‘simliklar 
 
Ko‘pchilik vakillari 
yashil xlorofill 
pigmenti hisobiga 
fotosintez qiladi. 
FOTOSINTEZ
– 
o‘simliklarning 
oziqlanish turi bo‘lib, 
bunda o‘simlik 
karbonat angidrid 
gazini yutib, atmosfe-
raga kislorod gazini 
ajratadi. Fotosintez 
natijasida organik 
moddalar ham hosil 
bo‘ladi.
 
erkin 
harakatlana 
oladigan
EUKARIOT
organizmlar
GETEROTROF
usulda oziqlanadi.
 
 
Ularga kiradi:
 ✔ 
barcha hayvonlar 
Ko‘p hujayrali hay-
vonlar 
nerv sistemasi 
va sezgi organlari
(ko‘rish, eshitish, 
ta’m bilish)ning 
mavjudligi bilan 
boshqa tirik orga-
nizmlardan farq 
qiladi. Hayvonlar 
nerv sistemasi va 
sezgi organlari yorda-
mida tashqi muhitdan 
kelayotgan ma’lu-
motni qabul qiladi va 
unga javob qaytaradi.
 


24 @bookmeri
――
bio
.
 
 
VIRUSLAR.
 
Organik olamda yana shunday mavjudotlar 
borki, ular mustaqil yashay olmaydi. Bunday hayot shakllari 
viruslar
deyiladi.
Viruslar 
hayotning hujayrasiz shakli
bo‘lib, jonsiz va jonli tabiat 
o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Chunki viruslar faqat 
hujayra ichiga 
kirgandagina
tirik organizmlarga o‘xshash belgilarni namoyon qiladi, 
ya’ni ko‘payadi. 
Hujayradan tashqarida
tiriklikka xos belgilarni 
namoyon qilmaydi. Viruslar hujayra ichiga kirib, uning 
ozuqa 
moddasi hisobiga
ko‘payadi va hujayrani nobud qiladi. Viruslar 
hamma hujayraga ham ta’sir qilavermaydi.
 
Viruslar odamda 
gripp, gepatit, ensefalit, OITS
va boshqa 
kasalliklarini keltirib chiqaradi. Virusli kasalliklarning eng 
keng tarqalgan turi 
gripp
bo‘lib, uning dastlabki belgilari 
①haroratning ko‘tarilishi, ②ishtahaning pasayishi, ③lanjlik, 
④umumiy holsizlik
bilan boshlanadi. Bunday paytda bemorga 
ko‘p suyuqlik ichirish
va 
shifokorga murojaat qilish
zarur 
bo‘ladi. 
VIRUS
GRIPP VA 
KORONAVIRUS
nafas yo‘llarining
shilliq qavatida
parazitlik qiladi 
GERPES VIRUSI
lab epiteliysida
parazitlik qiladi
QUTURISH VIRUSI
hayvonlarda 
parazitlik qiladi. 
TAMAKI 
MOZAIKASI 
VIRUSI
o‘simliklarda 
parazitlik qiladi. 
BAKTERIOFAG
bakteriyalarda 
parazitlik qiladi.
GEPATIT A
GEPATIT B
jigar hujayralarida 
parazitlik qiladi


@bookmeri
――
bio_ 25 
6-§. BAKTERIYALAR DUNYOSI 
 
 
BAKTERIYALARNING TUZILISHI 
 

Bakteriyalar ko‘zga ko‘rinmas, kichik organizmlar bo‘lib, 
ularni mikroskop yordamida kuzatish mumkin.

Bakteriyalarni 
mikrobiologiya
fani o‘rganadi.

Bakteriyalarning yadrosi bo‘lmaydi, shunga ko‘ra 
prokariot
 
organizm deyiladi. 

Qulay sharoitda
har 
20–30 daqiqada
bo‘linib ko‘payadi.
(Ya’ni oziqa va harorat yetarli bo‘lganda)

Noqulay sharoitda
zichlashib, qalin qobiq bilan o‘ralib spora 
hosil qiladi.

Bakteriya sporasi 
–253
o
C
dan 
+140
o

gacha bardosh bera 
oladi.

Bakteriya spora holida uzoq yillar saqlanib qolishi, qulay 
sharoit kelishi bilan hayotini davom ettirishi mumkin.

Mikrobiologiya laboratoriyalarida bakteriyalarni o‘rganish 
quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
 
 
 
 

Steril sharoitda 
Petri
idishchasidagi oziqa 
muhitiga bakteriya ekib, 
ko‘paytiriladi.
 

Bakteriya tez 
ko‘payib, ko‘zga 
ko‘rinadigan koloniya 
hosil qiladi.
 

Keyin ulardan 
mikropreparat 
tayyorlab, mikroskopda 
tekshiriladi.
 
 
 
 


26 @bookmeri
――
bio
.
 
 
 
BAKTERIYALAR 
(tashqi tuzilishiga ko‘ra guruhlari) 
KOKK
 
(sharsimon)
BATSILLA 
(tayoqchasimon)
 
VIBRION va SPIRILLA
 
(buralgan)
 


@bookmeri
――
bio_ 27 
 
 
 
 
 
BAKTERIYALAR 
(turlari) 
FOYDALI
bakteriyalar
ZARARLI
bakteriyalar
 
ACHITUVCHI 
bakteriyalar
CHIRITUVCHI 
bakteriyalar
TUGUNAK 
bakteriyalar
PARAZIT 
bakteriyalar
Ular 
dukkakdoshlar
oilasiga kiruvchi o‘simliklar ildizida 
simbioz
(hamkorlikda) yashaydi. Ular atmosferadagi erkin 
azotni
o‘zlashtirib, 
o‘simliklarga yetkazib beradi, o‘simliklar esa bakteriyalarni oziq moddalar 
bilan ta’minlaydi. Ularning hamkorligi har ikkala organizmga ham foyda 
keltiradi.
Tuproqni azotga boyitishda
bedadan
keng foydalaniladi.
Yer yuzining sanitarlari hisoblanadi. Chunki ular o‘lik qoldiqlarini chiritib, yer 
yuzini tozalaydi. Ko‘milgan qoldiqlarni ham tuproqdagi chirituvchi bakteri-
yalar parchalab yuboradi. Ba’zan chirituvchi bakteriyalar oziq-ovqatlarni, 
san’at asarlarini chiritib, yaroqsiz holatga keltirishi bilan 
zarar keltiradi.
 Ulardan keng foydalaniladi: 

sut-qatiq mahsulotlari olishda: 
Qatiq tayyorlashda sutga tomizg‘i solinadi.
Tomizg‘i
– bu sut tarkibidagi uglevodlarni parchalab, sut kislotaga 
aylantiruvchi bakteriyalar yig‘indisi hisoblanadi.
 

silos bostirishda; 

teri oshlashda;
 

tuzlama tayyorlashda: 
Tuzlama tayyorlashda sabzavotlar solingan idishga 
tuzli suv quyiladi. Sabzavotlar sirtida mavjud bo‘lgan achituvchi 
bakteriyalar sho‘r muhitda
ko‘payib, glyukozani sut kislotaga aylantiradi 
va sabzavotlar chirishining oldini oladi.
Ular: 

tirik organizm hisobiga yashab hayot kechiradi.

odamda 
sil, vabo, o‘lat, ichburug‘, qoqshol
kabi kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. 


28 @bookmeri
――
bio
.
 
 
 
EPIDEMIYA – 
yuqumli kasalliklarning yoppasiga tarqalishi. 
Epidemiyaning oldini olish uchun 
karantin
e’lon qilinadi. 
KARANTIN
– ya’ni, odamlarning to‘planishi, bemor oldiga 
ko‘pchilikning 
kirib-chiqishi 
taqiqlanadi, 
bemorning 
idishtovoqlari, sochig‘i alohida tutiladi va bakteriyalardan 
tozalovchi moddalar yordamida yuviladi.
 
FITONSID – 
o‘simliklarning bakteriyalarga qarshi ajratadigan 
moddasi. Masalan, archa, terak o‘zidan ajratgan fitonsid
 
modda 
bilan havoni zararli bakteriyalardan tozalaydi. 
Bakteriyalar tabiatda katta ahamiyatga ega. Insonlar 
foydali bakteriyalardan amaliyotda foydalanadi, zararlilariga 
qarshi kurashadi. 
20-rasm. 
Achituvchi bakteriyalar ishtirokida olinadigan 
oziq-ovqat mahsulotlari. 


@bookmeri
――
bio_ 29 
LUI PASTER TAJRIBASI 
Fransuz olimi 
Lui Paster
quyidagicha tajriba o‘tkazdi. Ikkita 
kolbada go‘sht qaynatib, qaynatmalar quyidagicha saqlandi: 
1-idish og‘zini ochiq qoldirildi: 
2-idishga «S» shaklidagi 
naycha ulandi:
3 kundan so‘ng, 1-idishdagi 
qaynatma 
aynib qolgan
.
3 kundan so‘ng, 2-idishdagi 
qaynatma 
buzilmagan

Chunki og‘zi ochiq idishga 
bakteriyalar tushgan va 
qaynatmani aynitgan. 
Chunki naycha orqali 
bakteriyalar idish ichiga 
tushmagan. 
 
1-amaliy mashg‘ulot. Sutdan qatiq tayyorlash. 
 
Kerakli jihozlar. 
sut, qatiq, qalin sochiq, muzlatkich. 
Ishni bajarish tartibi. 
1. Qo‘l kuymaydigan haroratda isitilgan sutni idishga solib, bir 
oshqoshiq qatiq qo‘shing. 2. Idishni sochiq bilan o‘rab qo‘ying. 3. 
Qatiq ivigach, muzlatkichga qo‘ying. 4. Tayyor bo‘lgan qatiqni 
piyolaga solib ichib ko‘ring.
5. Quyidagi savollarga javob bering. 
– qatiq tayyorlash jarayonida qanday bakteriyalardan 
foydalandingiz? 
– nima uchun qatiq iliq sutga solindi? 
– qatiqning qanday foydali xususiyatlarini bilasiz? 


30 @bookmeri
――
bio
.
 
 
7-§. ZAMBURUG‘LAR DUNYOSI 
 
 

Zamburug‘larni 
mikologiya
fani o‘rganadi.
Zamburug‘lar ilgari o‘simliklar dunyosiga kiritilar edi. 
Olimlar zamburug‘ turlarini chuqur o‘rganish natijasida 
ularni alohida olam sifatida ajratishgan.

Zamburug‘lar 
eukariot
organizm hisoblanadi. 

Zamburug‘lar o‘simliklar kabi 
erkin harakatlana olmaydi


Zamburug‘lar hayvonlarga o‘xshab 
geterotrof
oziqlanadi.

Zamburug‘lar yashashi uchun 
ozuqa, harorat va namlik
yetarli bo‘lishi kerak, 
yorug‘lik
bo‘lishi shart emas. 
a)
b)
c)
22-rasm. 
Achitqi zamburug‘ining mikroskopda ko‘rinishi (a), 
xamirturush (b) va oshgan xamir (c). 
23-rasm. 
Nondagi mog‘or zamburug‘i. 
qo‘zidumba (shampinion); oq qo‘ziqorin. 
24-rasm. 
Iste’mol qilinadigan zamburug‘lar; 


@bookmeri
――
bio_ 31 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish