118
O. Ba’zi jamiyatlar o’z axloqiy normalariga ega emas.
Bu xukmlar taqqoslanadigan muloxaza (xukm) lar Bulib, ular o’rtasida chinligiga
ko’ra o’ziga xos munosabatlar mavjuddir.
Sigishmaydigan muloxaza (xukm) lar o’rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik
(kontradiktorlik) munosabatlari Bo’ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga
ko’ra turlicha Bo’lgan umumiy xukmlar o’rtasida mavjud Bulib, bu munosabatga
ko’ra ularning xar ikkisi bir vaqtda chin Bula olmaydi. Bu xukmlar bir vaqtda xato
Bulishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq Bo’lsa, unda boshqasi albatta xato
Bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A– muloxaza (xukm) chin, E – muloxaza (xukm) xato
ekanligi ma’lum Bo’ladi.
Zidlik munosabati mazmuni va xajmiga ko’ra turlicha Bo’lgan muloxaza (xukm)
lar o’rtasida mavjud Bo’ladi. Bu muloxaza (xukm) larning xar ikkisi bir vaqtda chin
xam, xato xam Bulmaydi. Ulardan biri xamma vaqt chin, boshqasi esa xato Bo’ladi.
Yuqoridagi misollardan A – muloxaza (xukm) chin Bulib, O – muloxaza (xukm)
xatodir. Shuningdek, I – muloxaza (xukm) chin, E – muloxaza (xukm) xatodir.
Sigishadigan muloxaza (xukm) lardan mazmuni bir xil, xajmi turli xil Bo’lgan
xukmlar o’zaro Buysinish munosabatida Bo’ladi. Bunda umumiy muloxaza (xukm) lar
Buysindiruvchi, juz’iy muloxaza (xukm) lar Buysinuvchi Bo’ladi. Buysunish
munosabatida umumiy xukmlar chin Bo’lsa, ularga Buysinuvchi juz’iy xukmlar xam chin
Bo’ladi. Lekin juz’iy xukmlar chin Bo’lganda, umumiy xukmlar noaniq (chin yoki xato)
Bo’ladi. Yuqoridagi misoldan A – muloxaza (xukm) chin Bo’lgani uchun unga
Buysinuvchi I – muloxaza (xukm) xam chin Bo’ladi. Agar umumiy muloxaza (xukm) lar
xato Bo’lsa ularga Buysinuvchi juz’iy xukmlar noaniq (chin yoki xato) Bo’ladi.
Misolimizda E – muloxaza (xukm) xato Bo’lgani uchun, O – muloxaza (xukm) xam xato
Bo’ladi. Ba’zi xolatlarda umumiy xukmlar xato Bo’lsa, juz’iy xukmlar chin Bo’ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni xar xil Bo’lgan juz’iy xukmlar
o’rtasida mavjud Bo’ladi. Bu xukmlar bir vaqtda chin Bulishi mumkin, lekin xar ikkisi
bir vaqtda xato Bulmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq Bo’lsa, unda boshqasi
albatta chin Bo’ladi. Yo’qoridagi misolimizda O – muloxaza (xukm) ning xatoligi aniq
Bo’lgani uchun, I – muloxaza (xukm) chindir.
Èkvivalentlik munosabatidagi xukmlar xamma vaqt chin Bo’ladi, chunki ularda
aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston
Respublikasi madxiyasining muallifi» va «A. Oripov – O’zbekiston Qaxramoni»
muloxaza (xukm) lari o’zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin xar xil
predikatga ega Bo’lgan muloxaza (xukm) lardir.
Xukmlarning chinligiga ko’ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko’rsatilgan
qonuniyatlar bilishda katta axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: