9-mavzu. SIYOSIY IVlAFKURA
Darsning
m a q s a d i :
•
talabalarga siyosatshunoslik foni haqida ma’ lumot berish;
•
siyosiyo mafkuralar va ulaming zamonaviy jamiyatlarda-
gi o‘mi haqida bilimlarini shakllantirish;
•
yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy-ilmiy muhitni shak
llantirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Mafkura, so‘llar, o ‘nglar, markazchilar, markaz-o‘nglar,
markaz-
so‘llar, liberalizm, T. Gobbs, Sh. Monteskyo, A.Smit, T.Jefferson,
J.Lokk, laissez-faire,
merkantilizm, konservatizm, neoliberalizm,
neokonservatizm, sotsializm, kommunizrn,
sotsial demokratiya, mil-
latchilik, feminizm, ekologik mafkuralar
Asosiy savollaf:
1. Siyosiy mafkura tushunchasi va funksiyalari.
2. Siyosiy mafkura shakllari.
1. Siyosiy mafkura tushunchasi va funksiyalari
Siyosiy mafkura - siyosiy fanning eng rnurakkab mavzularidan
biri hisoblanadi. Manbalardan ma’lumki, “mafkura” tushunchasi il-
miy muomalaga fransiyalik faylasuf olirn A.D.de Trasi tomonidan
1796-yilda kiritilgan edi. Mazkur olim
bir guruh faylasuflar bilan
hamkorlikda “Mafkura loyihasi” nomli m a’mzani tayyorlab, ke-
yinchalik unda ko‘tarilgan g‘oyalami o‘zining to‘rt tomlik “Mafkura
elementlari” nomli asarida rivojlantirgan edi.
«Mafkura» arabcha so‘zdan olingan b o ‘Iib, tor m a’noda qarashlar
va e’tiqodlar tizimi, majmui degan ma’noni anglatadi. Mafkura jam i
yatning muayyan doktrinalar asosida rivojlanishini nazarda tutuvchi
e ’tiqodlar tizimi. Mafkura oddiygina vaziyatni yaxshilash mumkinli-
180
giga ishonch yoki boshqacha aytganda, jamiyatni rivojlantirish rejasi-
dir. Tadqiqotchi Entoni Douns ta’kidlaganidek, mafkura - bu “yaxshi
jamiyatning va yaxshi jamiyat qurish yo‘llarining verbal tasviri”49.
Keng ma’noda mafkura - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy,
axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy,
ilmiy qarashlar, fikr va g ‘oyalar maj-
muidir.
“Mafkura” g‘arb tillarida “ideologiya” atamasi orqali izohalanadi,
u yunoncha “ideya” va “logos” so‘zlarining birikmasidan tashkil top-
gan, g‘oyalar haqidagi ta’limot degan m a’noni anglatadi. Iqtisodiy
determinizm ta’limoti mafkuraviy oqimlar, ijtimoiy guruhlaming
moddiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. U
bu oqimlami umuman jamoa manfaatlarini himoya qiluvchi tasavvur-
lar, g‘oyalar sifatida tavsiflaydi. Ijtimoiy guruhning jamiyatda tutgan
o‘rniga ko‘ra iqtisodiy determinizm mafkuraning nazariy bilim vazi-
fasmi bajarishi mumkinligini ilgari suradi.
Ilmiy adabiyotlarda siyosiy mafkuraga
nisbatan quyidagicha
ta ’riflar uchraydi:
Siyosiy mafkura - siyosiy borliqning muayyan ijtimoiy guruh
lar va qatlamlar, milliy birlashmalaming manfaatlari, maqsadlari
va ideallari nuqtayi nazaridan nazariy idrok
etilishini aks ettiruvchi
g‘oyalar, qarashlar va tasavvurlar tizimi.
Siyosiy mafkura - jamiyatning siyosiy hayoti, siyosiy tizim tuzi-
lishi, turli Ijtimoiy kuchlar va guruhlaming o ‘mi va roli to‘g ‘risidagi
g‘oyalar, uning hokimiyatga ega bo‘lishi, undan foydalanish yo‘llari,
mehanizmlari to‘g‘risidagi qarashlami amalga oshirishga bo‘lgan
ishonch, maqsadlar yo‘lidagi faoliyatdir.
Siyosiy mafkura - bu muayyan ijtimoiy guruhning hokimiyatga
intilishini yoki undan foydalanishini asoslovchi
va siyosiy harakat-
ning u yoki bu strategiyasini ko‘zda tutuvchi g ‘oyaviy tizimdir.
Mafkurada ijtimoiy gumhlar, tabaqalar, qatlamlar manfaatlari va
qarashlari aks ettiriladi. Siyosat falsafasidan farqli o‘laroq,
siyosiy
mafkura bevosita siyosiy realliklarga, siyosiy jarayonlar mohiyatiga
Do'stlaringiz bilan baham: