yo‘naltirilgandir. Shu nuqtayi nazardan
siyosat turlicha mafkuraviy
tizimlar, mafkuraviy-siyosiy oqimlar va yo‘nalishlaming to‘qnashuv
maydoni hisoblanadi.
Siyosiy mafkura quyidagi asosiy tuzulmaviy unsurlardan iborat
bo‘ladi:
1. davming umumiy dunyoqarash tizimi bilan aloqadorlik;
2. mavjud tizimning u yoki bu holati asosida shakllangan dasturiy
ko‘rsatmalar;
3. dasturiy ko'rsatmalami amalga oshirish strategiyasi;
4. tashviqot;
5. dastumi amalga oshirishga doir aniq o‘zgartirishlar yoki harakatlar.
Siyosiy mafkura fenomenining paydo bo‘lishi to‘g‘isida siyosat-
shunoslikda turli xulosalar shakllangan. Jumladan, eng umumiy tarz-
da olinganda ular quyidagi holatlami qamrab oladi.
Siyosiy mafkuralaming paydo bo‘lishi
va institutsionallashuvi
jamiyat ijtimoiy tarkibining turli-tumanligi va plyurallashganligi,
siyosiy-falsafiy fikrlar, g‘oyalaming paydo bo‘lishi, davlat va jam i
yat o‘rtasidagi g‘oyaviy munosabatlar tizimining shakllanishi bilan
bog‘liq jarayonlardir.
Shuningdek, siyosiy mafkuralaming paydo bo‘lishiga
milliy
g ‘oyaning hamda milliy davlatchilik g‘oyasining shakllanishi va ins
titutsionallashuvi yetakchi zamin bo‘lib xizmat qildi.
Mafkura, xususan, siyosiy mafkura masalalari tahlili XIX asr oxiri
XX asr boshlarida taniqli nemis olimi M. Veber tadqiqotlarida yanada
yuqori bosqichga ko‘tarildi. M.Veber mafkurani va boshqa g ‘oyaviy,
diniy tuzilmalami ko‘r-ko‘rona ishonish sohasiga kiritgan edi. Bu
bilan u mafkuraning ilmiyligi masalasini qo‘yishni ham inkor etadi.
Shu sohaning taniqli mutaxassisi K.Mangeym M.Veberdan keyin
har qanday mafkurani voqelikning neadekvat (noto‘g‘ri), bir tomon
lama aks etishi sifatida, voqealaming haqiqiy ahvolini ongli ravishda
yashiradigan g ‘oyalar yigindisi sifatida olib qaraydi.
Mafkuraning
ijtimoiy-tarixiy manbalarini chetga surib qo‘yib, uni jamoani bir-
lashtimvchi qurol sifatida (O.Lemberg, T.Parsons) haddan tashqari
funksional talqin etishlari ham keng tarqalgan.
182
Mafkurani ayrim guruhlar va individlaming
psixologiyasidan
(R.Payps, D.Braun) iborat qilib ko‘rsatish hollari ham kam emas.
Shu bilan birga mafkurani xalqning, millatning dunyodagi o‘mini,
manfaatlarini, orzu-intilishlarini ifodalaydigan g ‘oya, o‘tmish va ke-
lajakni bog‘laydigan ko‘prik (I.A.Karimov) sifatida ta’riflashlar ham
mavjud.
Siyosiy mafkura ijtimoiy hayotda muayyan funksiyalami bajaradi.
Bular.
1. M oijallash. Bu funksiya shunda ifodalanadiki, mafkura jam i
yat, ijtimoiy ravnaq, shaxs hokimiyat haqidagi fundamental tasavvur-
lami o‘ziga qamrab olib, u inson faoliyatining ma’no-mazmunini va
mo‘ljalini ko‘rsatib beradi.
2. Safarbar etish. Fozil jamiyat g ‘oyasini
taklif etib uni amalga
oshirish uchun jamiyatni, ijtimoiy guruhlami safarbar qiladi.
3. Birlashtirish. Siyosiy mafkura jamiyatni birlashtiruvchi omil
bo‘lib yuzaga chiqadi.
4. Yumshatish. Siyosiy mafkura jamiyat,
guruhlar, individ ehti-
yojlari va ulami qondirishning imkoniyatlari o ‘rtasida nomuvofiqlik
yuzaga kelgan vaziyatdagi ijtimoiy keskinlikni yumshatishga xizmat
qiladi.
5. Muayyan ijtimoiy gumh manfaatlarini ifodalash va himoyalash.
Buning ma’nosi shuki, siyosiy mafkura u yoki bu ijtimoiy guruh man
faatlari asosida vujudga keladi va ulami boshqa guruhlar manfaatlari
bilan o ‘zaro
munosabatda sogMom raqobat, murosa yoki kelishuv,
ayrim hollarda ixtilofda bo‘lishi mumkin. Mafkuraning funksiyasi -
aholining ommaviy siyosiy ongini egallash, kishilar mo‘ljal qiladigan
maqsad va vazifalami belgilashdir.
Bugungi kunda mafkuralami tasniflash ham mumkin.
Mafkuralar
1789-yilgi Fransiya Milliy Assambleyasiga asoslangan holda chap-
dan-o‘nggacha bo‘lgan holda bir nechta turlarga bo‘linishi mum
kin. Monarx davrida turli qarashdagi kishilar suhbat davomida uru-
shib ketmasliklari uchun turli joylarga o ‘tirishgan. Konservativlar
monarxning o‘ng
tarafida, monarxiyaga qarshi radikallar chap taraf-
da, moderatorlar esa markazdan joy olishgan edi. Ulaming m a’lum
183
g‘oyalari o‘zgargan bo‘lsa ham, qancha vaqtlardan beri o‘nglar,
so‘liar va markazchilar deb atab kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: