Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

ettirib,
quyidagilami ta’kidlaydi: 
“...Siyosiy nazariyaning falsafiy qonunlarini ham, empirik siyosat- 
shunoslik tadqiqotlarini ham feministik tanqid qilish siyosatshunos- 
lar 1970-yilgacha yozgan ishlaming aksariyatiga shubha bilan qarash 
lozim, degan xulosaga olib kelardi”. Buning ustiga, feminist tanqid- 
chilaming bir qismi muammoning mohiyatini epistimologiya sohasi- 
dan izlay boshladilar. Ulaming fikricha, pozitivistik epistimologiya 
umuman inson, jumladan ayollar tabiati haqidagi asosiy normativ 
tasavvurlami ochiq yoki yashirin ravishda niqoblab kelgan. Tadqiqot- 
ning obyektivligi va olingan bilimning universalligi haqidagi shiorlar 
ortida, aslida, siyosat borasida ayollar emas, erkaklar to‘plagan tajri- 
ba turardi, azaldan erkaklarning siyosatga aloqadorligi, ayollaming 
esa siyosatdan uzoqligi, erkaklarning ijtimoiy hayotning ommaviy 
sohasiga, ayollaming esa shaxsiy hayotga daxldorligining ustunligi 
haqidagi taxminlar yashiringan edi”.
Nihoyat, siyosiy nazariya va empirik siyosatshunoslikning fal­
safiy qonunlarini feministik tanqid qilish ommaviy va xususiy hayot- 
ni ajratish va qarama-qarshi qo‘yishga asoslangan an’anaviy siyosat
258


konsepsiyasini shubha ostiga qo‘ydi. Masalan, B. Nelsonning fikri- 
cha, “siyosiy fan ... barcha siyosiy hodisalar gender tuzilishga egaligi- 
ni ta’kidlashi va ayni vaqtda ayollar an’anaviy ravishda o ‘zlarining 
ijtimoiy quvvatini sarflaydigan sohalarga alohida e’tibor qaratishi 
kerak”.
V. Brayson kelajakning yagona feminizm nazariyasini ta’riflab, 
bunday nazariyaning boshlang‘ich pozitsiyasi sifatida an’anaviy si­
yosiy nazariyalar fikriga qarama-qarshi ravishda, oila, naslni davom 
ettirish va jinsiylik kabilar siyosiy tahlilga kiritilishi kerakligini 
ta’kidlaydi. “Shaxs - siyosiy mavjudotdir” degan qoidani ayollar 
ehtiyojini jiddiy qabul qilishga da’vogar hech bir nazariya e’tiborsiz 
qoldirmasligi kerak.
70-yillarda yuzaga kelgan ayollarga oid tadqiqotlar (women stud- 
ys) natijasida feminist ayollar deyarli barcha ijtimoiy institut, norma, 
qonun-qoidalarda erkaklar qarashlari va androsentrizm ustuvorligini 
aniqladilar. O. A. Voroninanjng ta’kidlashicha, “Feminist ayollar aslo 
“ayollar fani” yoki falsafasini yaratishga intilmayaptilar. Gap bunda 
ilmiy va nazariy bilim tizimida feminstcha istiqbolni ishlab chiqish 
haqida bormoqda. Fanning feministik tanqidi gender asimmetriyasi 
diskriminatsiyasini ishlab chiqaruvchi hukmronlik va bo‘ysunish 
tizimining ishlab chiqarish sohasi va dunyo haqidagi bilimlar tuzili- 
shiga qay tariqa joriy etilayotganligini ko‘rsatadi”.
XX asming 80-yillarida ayollarga oid tadqiqotlar rivQjlanishida 
yangi bosqich-patriarxat va o‘ziga xos ayollar tajribasini tahlil qilish­
da gender tizimini tahlil qilishga o ‘tish kuzatildi. Ayollar muammo- 
sini tahlil qilish yangi sifatga, ya’ni gender tadqiqotlariga o ‘sib o‘tdi. 
Bunda erkaklar ham, ayollar ham teng darajada ilmiy obyektlar hi- 
soblandi, barcha ijtimoiy jarayonlarda gender mavjudligi tan olindi.
“Gender” tushunchasi ijtimoiy jinsni bildiradi. Ingliz tilida ijti­
moiy jins va biologik jins tushunchalari farqlanadi.
Jins va gender (gender) tushunchalari quyidagicha farqlanadi: 
an’anaviy ravishda ulaming birinchisi odamlaming insoniy mohi- 
yatlari erkak yoki ayol sifatida belgilanadigan anatomik-fiziologik 
xususiyatlarini bildirish uchun foydalanilgan. Insonning jinsi (ya’ni
259


biologik xususiyatlari) ayollar va erkaklar o‘rtasidagi psixologik va 
ijtimoiy farqlaming asosi va birinchi sababi deb hisoblangan. Ilmiy 
tadqiqotlar rivojlangani sayin biologik nuqtayi nazardan erkaklar 
va ayollar o‘rtasida farqqa qaraganda o‘xshashliklar ko‘proq ekan- 
ligi aniq bo‘ldi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar hattoki ayollar va erkaklar 
o ‘rtasidagi yagona aniq va muhim biologik farq ulaming avlodlami 
yaratishdagi rolida, deb hisoblaydilar. Bugunga kelib shu narsa aniq 
bo‘ldiki, jinslaming, masalan, erkaklarning baland bo‘y, og‘ir vazn, 
mushakli massa va jismoniy kuchi singari “tipik” farqlari juda beqaror 
bo‘lib, o‘ylaganimizga xilof tarzda jins bilan ancha kam bog‘langan. 
Masalan, Shimoliy-g‘arbiy Yevropadagi ayollar Janubiy-sharqiy Osiyo- 
dagi erkaklardan, umuman olganda, balanddir. Insonning bo‘yi va 
og‘irligiga, shuningdek jismoniy kuchiga ovqatlanish va turmush 
tarzi katta ta’sir ko‘rsatadi, bular esa, o ‘z navbatida, kimga (erkak- 
largami yoki ayollarga) ko‘proq ovqat berish zarur, kimga baquvvat 
ozuqa zamrroq, ular yoki bular uchun qaysi sport mashg‘ulotlari bilan 
shug‘ullanish mumkin, degan ijtimoiy qarashlar ta’siridandir.
Biologik farqlardan tashqari, odamlar o‘rtasida ulaming ijtimoiy 
vazifalari, faoliyat shakllari, xatti-harakatlari va emotsional xususi- 
yatlarida bo'linish mavjud. Antropologlar, etnograflar va tarixchilar 
“sof erkaklarga xos” yoki “sof ayollarga xos”lik haqidagi tasavvur- 
laming nisbiyligini allaqachon aniqlaganlar: bir jamiyatda erkaklar 
mashg‘uloti (xatti-harakati, xarakter jihati) deb hisoblangan jihat 
boshqasida ayollarga taalluqli deb hisoblanishi mumkin. Dunyoda 
ta’kidlanadigan ayollar va erkaklarning ijtimoiy tavsiflaridagi xilma- 
xillik hamda odamlaming biologik tasniflaridagi prinsipial aynanlik 
biologik jins ulaming turli jamiyatlarda mavjud bo‘lgan ijtimoiy vazi- 
falaridagi farqlami izohlay olmasligi haqida xulosa chiqarishga im- 
kon beradi. Shunday qilib, jamiyat odamlarga ulaming biologik jin- 
sidan kelib chiqib yuklaydigan ijtimoiy-madaniy normalari majmuini 
bildiruvchi “gender” tushunchasi yuzaga keldi.
Ayollar va erkaklarning psixologik sifatlar, xatti-harakat modellari, 
faoliyat turlari, kasblarini biologik jinsi emas, balki ijtimoiy-madaniy 
normalari belgilaydi. Jamiyatda erkak yoki ayol bo‘lish faqat u yoki
260


bu anatomik xususiyatlarga ega bo‘lishni bildirmaydi-bu ayni vaqtda 
u yoki bu belgilangan gender vazifalami bajarishni ham anglatadi.
Gendeming mohiyatini ta’riflashga turli ilmiy yondashuvlar mav­
jud. Bugun ijtimoiy va gumanitar fanlarda qabul qilingan asosiy naza- 
riyalarga quyidagilami kiritishimiz mumkin: 1) gendeming ijtimoiy 
tuzilishi nazariyasi; 2) gendemi stratifikatsiyaviy kategoriya sifatida 
tushunish; 3) gendemi metafora madaniyati sifatida talqin etish.
Gender ijtimoiy konstmksiya sifatida ayollar va erkaklar o‘ rtasidagi 
jamiyatning asosiy institutlari bilan tuziladigan uyushgan (tashkil top- 
gan) model sifatida tushuniladi. Bu yondashuv ikkita asosiy g‘oyaga 
asoslangan: 1) gender-ijtimoiylashuv, mehnat taqsimoti, gender rol- 
lar, oilalar tizimi, ommaviy axborot vositalari bilan shakllantiriladi; 
2) gendemi individlaming o‘zlari ham qaror toptiradilar-ulaming 
ongi darajasida, jamiyat yaratgan normalami qabul qilish va ularga 
moslashish (kiyimda, tashqi qiyofada, xatti-harakat uslubida va h.k.).
Gender g‘oyasi ijtimoiy tuzilma sifatida feminist konstruktivist- 
lar K. Uest va D. Simmermanning “Gendemi yaratish” asarida ifo- 
dalangan, shuningdek, gender nazariyasi va metodologiyasi rossiya- 
lik tadqiqotchilar Ye. A. Zdravomislova va A. A. Temkina tomonidan 
ishlab chiqilgan.
Masalan, K. Uest va D. Simmermanning ta’kidlashlaricha, gen­
demi jamiyat a’zolari sifatidagi bilimdonligi gendemi yaratish bora­
sidagi faoliyati uchun garov hisoblangan erkak va ayollar “yarata- 
dilar” Gendemi yaratish maqsadi erkaklar va ayollar “tabiatini” 
ifodalash b o igan ijtimoiy nazorat qilinuvchi harakatlar kompleksini 
qamrab oladi.
J. Lorbeming ta’kidlashicha, aksariyat jamiyatlarda erkaklar va 
ayollar nafaqat har xil qabul qilinadilar, balki har xil baholanadilar 
ham. Ular o ‘rtasida hokimiyatning taqsimlanishidagi farqlami gender 
xususiyatlari hamda qobiliyatlardagi farqlar bilan asoslashga urina- 
dilar.
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat va rollami ta- 
baqalashtiruvchi gender-stratifikatsion kategoriya. Biroq bunday 
kategoriyalarga, genderdan tashqari, yana sinf, irq, yosh ham kiradi.
261


Gender tadqiqotlarining nazariyotchisi va metodologi J. Lorber ushbu 
yondashuvga asoslanadi hamda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ijti­
moiy munosabatlaming uyushgan modeli sifatidagi gendemi nafaqat 
ulaming shaxslararo muloqoti yoki oiladagi o ‘zaro munosabatini, 
balki ulaming jamiyatdagi asosiy institutlardagi (masalan, ijtimoiy 
sinflar, yirik tashkilotlardagi ierarxiyalar va bandlik tuzilishini shakl- 
lantirishda) ijtimoiy munosabatlarini ham belgilovchi kategoriya si­
fatida ta’riflaydi. Ushbu model amal qilishi uchun erkaklar va ayol­
lar bir-birlaridan aniq ajralib turishlari kerak. Ya’ni ular mutlaqo farq 
qiluvchi mavjudotlar sifatida qabul qilinishlari zamr. Muallif shu­
ningdek jins kategoriyasining kompleks xususiyatini, ya’ni bir-biri 
bilan quyidagi tarzda bog‘langan tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqadi: 
biologik kategoriya sifatidagi jins; ijtimoiy kategoriya sifatidagi jins; 
jinsiy o‘zlik; maqom va tuzilish sifatidagi jins.
Shunday qilib, gender ayollar va erkaklami ulaming ijtimoiy roli 
asosida ta’riflashdir. Bu - jins (ayol va erkaklarning biologik xususi- 
yatlari) emas, ayol degani ham emas. Gender jamiyat erkaklar va 
ayollarga ulaming ijtimoiy va shaxsiy hayotida yuklatilgan vazifalar, 
funksiyalar va rollar konsepsiyasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy munosabatlaming gender nuqtayi nazaridan rivojlanishi- 
ni tahlil qilish erkak va ayollar funksiyalari va rollaridagi ijtimoiy 
farqlami ajratishdir. Ushbu tushuncha asosida “... erkak va ayollarga 
faqat yo “himoyalash va jang qilish”, yo “bola tug‘ish va asrash” yuk­
latilgan biologik mavjudotlar sifatida qaraladigan ko‘p asrlik tasav- 
vumi yengish mumkin bo‘ldi”. Jinslar ortida oliy ijtimoiy funksiya, 
maqom, muayyan xatti-harakat stereotiplari tan olindi.
Rossiyalik tadqiqotchi O. A. Voronina quyidagilami ta’kidlaydi: 
“Zamonaviy gender nazariyasi ayollar va erkaklar o‘rtasidagi u yoki 
bu biologik, ijtimoiy, ruhiy farqlami rad etishga urinmaydi. Ushbu 
nazariya faqat farqlash fakti o ‘z-o‘zicha unchalik muhim emas, balki 
ulaming ijtimoiy-madaniy bahosi va talqin etilishi, shuningdek ho­
kimiyat tizimining ana shu farqlar asosida qurilishi ko‘proq muhimdir, 
deb ta’kidlaydi. Gender tadqiqotlarining asosiy metodologiyasi erkak 
va ayol hayotining maqomi, rollari va hayotining boshqa jihatlaridagi
262


farqlami tavsiflashdangina iborat emas, balki jamiyatda gender rollari 
va munosabatlari orqali qaror toptiriladigan hokimiyat va ustunlikni 
tahlil qilishdir. Gender rollari erkak va ayol munosabatlarini ustunlik 
va hokimiyat kategoriyalari orqali ta’riflaydi. Gender tadqiqotlarda 
hokimiyatning an’anaviy (patriarxat) ierarxiyasini qurish uchun jam i­
yat ijtimoiylashuv tizimlari, mehnat taqsimoti, madaniy qadriyatlar 
va simvollar orqali erkaklar va ayollarga qaysi rol, norma, qadriyat va 
xarakter jihatlarini yuklashi ко‘rib chiqiladi”.
Feministik harakatlar, so‘ngra esa ayollarga oid tadqiqotlar gender 
tadqiqotlari shakllanishining asosini tashkil etdi. Aynan ayollarga oid 
tadqiqotlar doirasida shu narsa aniqlandiki, deyarli barcha ijtimoiy 
institut, norma, qoida va xatti-harakatlarda erkaklar dominantasi (us- 
tunligi) va adrosentrizm kuzatiladi. Gender tadqiqotlarining ilmiy 
obyektlarini bir xil darajada ham erkaklar, ham ayollar tashkil etdi. 
Gender iborasining kiritilishi biologik (anatomik) jins tushuncha- 
sini individlar ijtimoiy aqidalarga muvofiq bajarishlari lozim bo‘lgan 
xislat va normalaming ijtimoiy-madaniy to‘plamidan ajratish uchun 
xizmat qiladi. Shunday qilib, ayollar va erkaklaming ruhiy xislatlari, 
xatti-harakat modellari, faoliyat turlari va kasblarini pirovardida bio­
logik jins emas, balki ijtimoiy-madaniy normalar belgilaydi.
Bizningcha, gender konsepsiyasini yaratishga oid asosiy nazariya- 
lar ichida ijtimoiy qurilish nazariyasi eng maqbuli ko‘rinadi, chunki 
jinslar munosabatidagi ijtimoiy ong muayyan ijtimoiy mtihitdagi ste- 
reotiplar, qoliplar va gender rollari orqali shakllanadi.
Erkak va ayollaming tengligi ijtimoiy va shaxsiy hayotning bar­
cha sohalarida ikkala jinsning teng maqomga egaligi, mustaqilligi, 
mas’ulligi va ishtirokini nazarda tutadi. Ayrim biologik omillar tu- 
fayli, erkak va ayollaming hayot sharoiti o ‘zaro farq qiladi. Masala, 
ushbu farqlaming mavjudligida emas, balki ular ayol va erkaklar 
turmush sharoitlariga salbiy ta ’sir qilmasligi, kamsitilishga olib bor- 
masligi, balki aksincha, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy imkoniyatlami 
teng taqsimlashda o‘z ifodasini topishi lozimligidadir. Shunday qilib, 
zamonaviy gender nazariyasi erkaklar va ayollar o‘rtasida ba’zi bio­
logik, ijtimoiy va psixologik farqlar borligini inkor etmaydi. U ushbu
263


farqlar mavjudligining o‘zi emas, balki ijtimoiy-madaniy baho va 
talqin, shuningdek hokimiyat tizimini mazkur farqlar asosida qurish 
muhimligini uqtiradi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish