siyosiy madaniyat
hamda
muayyan siyosiy guruh va mintaqalarga xos bo‘lgan va jamiyatda
ustunlik qiluvchi xulqdan ajralib turadigan siyosiy tashkilotlar va
siyosiy xatti-harakat modellarining majmui bo‘lmish
submadaniyat
ajratiladi. Submadaniyat ijtimoiy-sinfiy, milliy-etnik, diniy, siyosiy,
jins va yosh bilan bog‘liq, mintaqaviy mo‘ljallami (orientatsiyalarni)
qamrab oladi. Siyosiy xatti-harakat shakllarini tahlil qilish asosida
uning quyidagi asosiy elementlarini ajratishimiz mumkin: 1) subyekt,
ijtimoiy guruh, jamiyatning siyosiy tajribasi; 2) xatti-harakat stereotip-
lari; 3) siyosiy xatti-harakat tajribasini uzatish usuli bo‘lgan siyosiy
an’analar; 4) qonunlarda mustahkamlangan siyosiy normalar; 5) turli
guruhlar, yetakchilaming siyosatning boshqa subyektlariga munosa
batlari; 6) siyosiy xatti-harakatni belgilovchi omillar (mamlakatdagi
vaziyat, siyosiy kuchlaming joylashuvi, shaxsiy va guruhiy manfaat-
lar); 7) axborot, siyosiy xatti-harakat tahlili va boshqalar.
Gender yondashuvi nuqtayi nazaridan, siyosiy soha chuqur diqqat
obyekti hisoblanadi, chunki har bir insonning uyg‘un rivojlanishiga
fuqarolik jamiyati asoslarini yaratmay turib erishib boim aydi. Bunda
rivojlangan demokratik institutlar “odamlar rivoji, odamlarning rivoj-
lantirishi va odamlar uchun rivojlanish” prinsipining bajarilishiga
yordam beradi. Hozirgi zamon gender tadqiqotlari zamonaviy sivili-
zatsiya insoniyatning faqat bir yarmi, ya’ni xususiy hayotda ham, ijti
moiy hayotda ham ayollami o ‘z hokimiyatiga batamom bo‘ysundirib
olgan erkaklami inobatga oluvchi patriarxat qadriyatlar asosiga quril-
gan. Masalan, O.I.Voroninaning yozishicha, “an’anaviy siyosiy fan,
shuningdek huquq ayollami obyekt deb baholardi, boshqacha aytgan-
265
da, ulami siyosiy jarayonda ishtirok etishdan chetlatardi, buni tabiat-
ga zid deb hisoblardi”. Ayollar hokimiyatga ega emasdirlar, binobarin
hokimiyatga nazorat, zo‘rlik va ustunlik quroli sifatida, o‘zlariga esa
hokimiyat qurbonlari sifatida qaraydilar. Ayollar qarorlar qabul qilish
va ijtimoiy ne’matlami taqsimlash sohasidan begonalashib qolgan-
lar. Tadqiqotchilar ayollaming siyosiy faolligi pastligining bir qancha
sabablarini ko‘rsatadilar. Masalan, keng tarqalgan sabablardan biri
deb siyosiy ijtimoiylashuv erkaklar va ayollami, siyosatlarga turli-
cha munosabatga va, umuman, jadal faoliyatga turlicha munosabatda
bo‘lishga yo‘naltiradi. Siyosiy soha ayol kishining hayotiy kuchlarini
sarflash uchun to‘g ‘ri kelmaydigan soha hisoblanadi.
Parsons an’anasida siyosiy ijtimoiylashuvning ta’siri quyidagi-
cha talqin etilgan. Erkak siyosatga asosan o‘z martabasini oshirish
maqsadida keladi. Ushbu sohada, xuddi oiladagi singari, u “instru
mental” funksiyalarga ixtisoslashadi, tizimning tashqi vazifalariga
qarab mo‘ljal oladi. Ayol siyosatchilar martabaga kamroq darajada
intiladilar, ular “ekspressiv” funksiyalarga, tizimning ichki vazi
falariga ixtisoslashadilar va bu bilan tizim a ’zolarining jipslashuvini
ta’minlaydilar.
Shuningdek, ishtirok etishning tarkibiy omillari, ya’ni jamiyatning
ijtimoiy tuzilishi bilan bog‘liq omillar ajratiladi. Ular orasida erkak
lar va ayollar siyosatda foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslaming
noteng taqsimlanishi ajralib turadi. Gender tizimi bilan belgilangan
m a’lumot darajasi, daromadlar, ish tajribasidagi tengsizlik shunga
olib keladiki, ayollar siyosat maydoniga chiqadigan aholi qatlamlari-
da kamroq bo‘lib qoladilar va shu bois ulaming siyosatda ishtirok
etish imkoniyatlari ancha kam bo‘ladi. Ular siyosatga ko‘pincha
ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidan keladilar, shu bois siyosiy tajriba-
lari erkaklamikidan kamroq bo‘ladi. Biroq so‘nggi yillarda vaziyat
o‘zgarmoqda. Boy siyosiy tajribaga ega bo‘lgan huquqshunos va tad-
birkor ayollar ko‘paymoqda.
So‘ngra vaziyat bilan bog‘liq (biografik) omillar ko‘rib chiqiladi.
Ular ayollaming hozirgi jamiyatdagi hayot yo‘liga xos xususiyatlar
bilan bog‘liq. Ayollaming aksariyati hamon uy xo‘jaligini yuritish va
266
bolalar tarbiyasi uchun mas’uldirlar, shu bois ham siyosiy faoliyat
uchun yetarli vaqt yoki quw atga ega emasdirlar. Ayollar siyosatga
erkaklarga qaraganda kattaroq yoshda kelishlari, “ayollardan ibo
rat siyosiy elita” orasida esa ko‘proq yolg‘iz, ajrashgan, tul ayollar
uchrashi bejiz emas.
Rossiyalik tadqiqotchilar Ye. V. Kudryashova, N. N. Kukarenko
ayollaming siyosatdagi vakilligiga oid uchta nazariyani birlashtirib,
ulami institutsional yondashuv sifatida ajratadilar. Institutsional kon-
sepsiya doirasida ayollaming siyosatda kam ishtirok etishining ham
ijtimoiy (gender rollari, stereotiplar), ham siyosiy omillari tahlil qili-
nadi. Masalan, institutsional yondashuv ayollar va erkaklaming siyo
siy sohada ishtirok etishining darajasidagi bunday farqni tarkibiy,
vaziyatga oid va madaniy omillar bilan izohlaydi. Mazkur yondashuv
gender stereotiplari va rollarining ahamiyati va ijtimoiylashuviga
e’tibor qaratgan holda, madaniy normalar ayollar va erkaklarga bo-
laligidan boshlab, ulaming jamiyatda o ‘zini tutishning madaniy nor-
masi sifatida erkaklar va ayollar uchun nima maqbul ekanligini bil-
gan holda ijtimoiylashuvi va jamiyatga moslashuvi davomida ularga
qo‘yiladigan identiklikni belgilab beradi. Ko‘p asrlar mobaynida
ayol deganda bolalar tarbiyasi va uy-ro‘zg‘or uchun mas’ul shaxs,
erkak deganda esa ijtimoiy soha bilan band inson tushunildi. Faqat
erkakkina barcha fuqarolik huquqlariga ega shaxs sifatida tasavvur
qilindi. Binobarin, xususiy hayot va uy-ro‘zg‘or bilan bog‘liq soha
ayollaming rollari, majburiyatlari va qadriyatlari shakllanishida hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Erkaklarga kelganda esa, ulaming siyosat bi
lan shug‘ullanishi uchun yo‘l doimo ochiq bo‘lgani sababli, siyosatda
maskulin (erkaknamo) qadriyatlar, masalan, ratsionallik, mustaqillik,
tajovuzkorlik, musobaqa kabilar ustunlik qiladi. Shunday qilib, siyo
sat erkak qiyofasiga ega bo‘ldi, ayollaming esa siyosiy faoliyat bilan
shug‘ullanishi rag‘batlantirilmaydi va siyosat dunyosi ayollaming ij
timoiylashuvi uchun begona hisoblanadi, shu bois siyosatda ishtirok
etish va martabaga erishish ayollaming aksariyati tomonidan imkoni-
yatdagi hayotiy yo‘nalish sifatida baholanmaydi.
Gender rollari va stereotiplari “siyosat ayollar ishi emas, chunki u
267
ayollaming jadal ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini
cheklaydi” degan fikming kuchayishiga xizmat qiladi. Ayollaming
q o iin i bolalar va oila uchun m as’uliyat bog‘lab turadi. Bolalar va
oila ulaming individual o‘sishi hamda siyosiy faoliyat uchun zarur
tajriba to‘plashi uchun, masalan, m a’lumotini (bilimini) ko‘paytirish,
kasbida o‘sish yoki jamoat tashkilotlarida ishtirok etish kabi imkoni
yatlarini cheklaydi.
Institutsional yondashuv siyosiy soha ko‘p jihatdan ayollarga qa-
raganda erkaklarga bag‘rikeng ekanligi faktiga e ’tibor qaratadi. Bu
esa siyosatda ishtirok etish imkoniyatlari yo‘lidagi to‘siqlar, masa
lan, siyosatda ayollarga qarshi qoidalar yoki tasavvurlar shaklidagi
to‘siqlar qo‘yilganida namoyon bo‘ladi. X. Sheye o‘z maqolasida
erkaklar ayollami hokimiyat institutlariga qo‘yishdan qo‘rqishlarini,
chunki ayollar ulaming gegemoniyasini hamda partiyalar ichida par
tiya yo‘nalishiga qarshi ovoz berib, mavjud partiyalami buzishlari
mumkin deb hisoblaydilar.
Bundan tashqari, mualliflar ayollaming siyosatda ishtiroki kamligi-
ning ulaming siyosiy faolligiga to‘sqinlik qiluvchi kamsitilish (dis-
kriminatsiya) singari sabablarini ham ko‘rsatadilar. Bu esa ayollarga
asosiy siyosiy lavozimlami berishni istamaslikda ham, saylovchi-
laming ayollarga ovoz berishni istamasligida ham namoyon bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda elektorat ham, erkak siyosatchilar ham ayollarga nis
batan ancha yondashuvchan bo‘lib borayotganliklari ta’kidlanadi.
Ye. V. Kudryashova, N. N. Kukarenko institutsional konsepsiyalar
bilan bir qatorda biologik konsepsiyani ham ajratib ko‘rsatadilar. Bio
logik konsepsiya ayollaming siyosatda kam ishtirok etishini ayollam
ing o‘zlari uy-ro‘zg‘or va “tinchroq mashg‘ulotga tabiatan moyil-
liklari sababli qiziqmasliklari bilan izohlaydi”. Mazkur yondashuv
ayollaming bunga qiziqmasliklari yoki hamkasb erkaklar tomonidan
ham, saylovchilar tomonidan ham tanqid qilinishdan qo‘rqishlari tu-
fayli siyosat maydonida yetarli ko‘rinmasliklarida ayblaydi. Ayollar
qattiq raqobat sharoitida harakat qilishni va aniq konstruktiv qarorlar
qabul qilishni bilmaydigan odamlar sifatida tasvirlanadi.
V. Sapiro “o ‘yin nazariyasini” ilgari suradi. Unga ko‘ra erkaklar
268
nafaqat ayollarga bosim o‘tkazadilar, balki ulami o‘zlarini “to‘liqsiz”
va hayotning muqobil uslubiga moslasha olmaydigan qilib his etish-
lariga majbur qiladilar. Ye. Zdravomislova va A. Tyomkina ushbu fikmi
rivojlantirib, ayollar muvaffaqiyatsizlik xatarini kamaytirishga
hamda o‘zlari bilimdonroq bo‘lgan va nisbatan xavfsiz soha, ya’ni
oilada qolishga intilishlarini ko‘rsatadilar. Bundan tashqari, ayollar
elektorat va hamkasblarining tanqididan qo‘rqadilar. Chunki ular u
yoki bu siyosiy masalalami boshqacha qabul qiladilar; ayollar ham
erkaklar singari zamr bilim va tajriba yetishmasligidan o‘zlarini
qat’iyatsiz his qiladilar. Biologik konsepsiyalar xususiy va ijtimoiy
hayotni qarama-qarshi qo‘yishdan kelib chiqadilar hamda nima
erkaklarga, nima ayollarga xos deb hisoblanishi haqidagi “norma-
lami” o‘matadilar, binobarin, ayollaming hokimiyat tepasiga kelishi
va siyosiy maydonda ishtirok etishiga to‘sqinlik qiladilar. Yuqorida
bayon etilganlar asosida biologik konsepsiyalarga muvofiq, ayollar-
ning hokimiyatda kam ishtirok etishlarining sababi aynan ulaming
xatti-harakati va dunyoqarashidir, degan xulosaga kelish mumkin. Bu
bilan ushbu konsepsiya doirasida ayollaming siyosiy faolligiga ta’sir
etuvchi ijtimoiy-siyosiy omillar e’tibordan chetda qoladi.
Ayollar va erkaklar siyosiy hayotda ishtirok etish uchun u yoki
bu siyosiy may donga xos bo‘lgan siyosiy tasavvurlar, qarashlar, qad
riyatlar hamda xatti-harakat modellarini egallab boradilar. Boshqa
cha aytganda, ular muayyan rivojlanish bosqichidagi aniq-bir jami-
yatga xos bo‘lgan siyosiy tafakkur va xatti-harakat madaniyatini
o‘zlashtiradilar. Masalan, ayollar va erkaklaming siyosatda ishtirok
etish darajalari va shakllari, binobarin ushbu ishtirok natijalari u yoki
bu darajada, avvalo, davlat siyosiy rejimining, siyosiy madaniyatning
xususiyatlarini belgilab beradi.
Zamonaviy gender tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, hayotning ak-
sariyat sohalari, norma va qadriyatlari erkaklaming ustunligi va an-
drosentrizm kuzatiladi. Bu, avvalo, erkaklar qo‘lida bo‘lgan hokimi
yat va mulkka taalluqlidir. Masalan, aksariyat hollarda, siyosiy ijti
moiylashuv erkaklar va ayollami turli rollami bajarishga, siyosat va
umuman jadal faoliyatga turlicha munosabatda bo‘lishga yo‘naltiradi.
269
Bizningcha, aynan gender identifikatsiyasi siyosiy ishtirokni yengil-
lashtiruvchi va/yoki og‘irlashtiruvchi sharoitlardan biri hisoblanadi,
u mustaqil amal qiluvchi omil emas. 0 ‘zlashtirilgan gender rollari
siyosiy mo‘ljalda o‘z aksini topadi, bu esa ilk bolalikdagi siyosiy ij-
timoiylashuvda shakllanadigan farqlar bilan bog‘liq. Shunday qilib,
erkaklar qadriyatlari va hokimiyat ustunlik qilgan, siyosat “erkaklar
ning ishi” deb hisoblangan muhitda siyosiy ijtimoiylashuv natijasida
ayollarda siyosatda ishtirok etishga intilmaslik, ishonch va manfaatdor-
likning yo‘qligi va siyosiy jarayonga ta’sir ko‘rsatmaslik shakllanadi.
Shuningdek, ayollaming siyosatda ishtirok etish imkoniyat-
lari ular ega bo‘lgan ishtirok etish resurslariga-bo‘sh vaqt, moddiy
mablag‘ning bor-yo‘qligi, m a’lumot darajasi, axborot, bilim va undan
foydalana olish, ommaviy axborot vositalaridan foydalana bilish, siyo
siy partiyalarda a’zolik yoki jamoat tashkilotlariga mansublik kabi-
larga bog‘liqdir.
Shunday qilib, aytish mumkinki, siyosiy ijtimoiylashuv erkak
lar va ayollami turli rollami bajarishga, siyosat va umuman jadal
faoliyatga turlicha munosabatda bo‘lishga yo‘naltiradi. Bizningcha,
aynan gender identifikatsiyasi siyosiy ishtirokni yengillashtiruvchi
yoki og‘irlashtiruvchi sharoitlardan biri hisoblanadi, u mustaqil amal
qiluvchi omil emas. 0 ‘zlashtirilgan gender rollari siyosiy mo‘ljalda
(orientatsiyada) o‘z aksini topadi, bu esa ilk bolalikdagi siyosiy ijti-
moiylashuvda shakllanadigan farqlar bilan bog‘liq.
Shunday qilib, erkaklar qadriyatlari va hokimiyat ustunlik qilgan,
siyosat “erkaklarning ishi” deb hisoblangan muhitda siyosiy ijtimoiy
lashuv natijasida ayollarda siyosatda ishtirok etishga intilmaslik,
ishonch va manfaatdorlik (qiziqish)ning yo‘qligi va siyosiy jarayonga
ta’sir ko‘rsatmaslik shakllanadi. Shuningdek, ayollaming siyosatda
ishtirok etish imkoniyatlari ular ega bo‘lgan ishtirok etish resurslariga
bog‘liqdir.
Fikrimizcha, demokratik prinsiplar va asosiy huquqlar erkaklar va
ayollaming hayot va faoliyatning barcha sohalarida teng bo‘lishini ta-
lab etadi. Insoniyatning barqaror rivojlanishining eng muhim jihatlari-
dan biri gender omillami inobatga olishdir. Rivojlanish jarayonlarida
270
jamiyatning ayollardan iborat qismi ishtirok etishi butun jamiyat
uchun hayot darajasini rivojlantirish va yaxshilashni davom ettirishni
nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |