Siyosatshunoslikka


 0 ‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashning



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

3. 0 ‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashning
huquqiy jihatlari
Inson huquqlarini himoya qilish, shu jumladan gender tenglikni 
ta’minlash demokratlashtirish jarayonining asosiy ko‘rsatkichlaridan 
hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq 0 ‘zbekiston 
barqaror iqtisodiyotga va ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan demokra- 
tik huquqiy davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
yo‘lidan bormoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasining inson huquqlariga 
oid 80 dan ortiq xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi hukumat oldiga 
xalqaro majburiyatlami va ular asosida qabul qilingan qonun huj- 
jatlarini bajarish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmni, ularga markaz- 
da ham, viloyatlarda ham rioya etilishi bo‘yicha doimiy monitoring 
tizimini yaratish vazifasini qo‘ydi. Shu maqsadda mustaqillik yillari- 
da 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi umume’tirof etilgan 
xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirildi.
Davlat va jamiyatning asosiy ustuvorligi erkak bilan ayolning 
teng huquq, teng imkoniyatlarini ta’minlashga erishish hamda shun- 
ga qaratilgan xalqaro standartlar, nazorat mexanizmlami ro‘yobga 
chiqarish uchun mas’uliyatdan iborat. Mazkur yondashuvga muvo- 
fiq, milliy qonunchilik yaratilgan va rivojlantirilmoqda, amaldagi va 
yangidan qabul qilinayotgan qonunlar gender jihatdan ekspertizadan 
o ‘tkaziladi, shuningdek, ona va bola muhofazasiga, xotin-qizlaming 
ijodiy va m a’naviy salohiyatini, qobiliyat va imkoniyatlarini har to­
monlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida chora-tadbirlar 
amalga oshiriladi.
Erkak va ayolning tengligi xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning 
barcha turlarini bartaraf etish haqidagi g‘ oyalar davlatimizning Asosiy 
qonuni - 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Konstitutsiyasiga implementatsiya qilingan. Konstitutsiyaning
271


18-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha fuqa- 
rolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, 
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e ’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan 
qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», 46-moddasida: «Xotin-qizlar va 
erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilab qo‘yilgan.
BMT ning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakl- 
lariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (CEDAW) ni 
0 ‘zbekiston 1995-yil 31-avgustda ratifikatsiya qilgan. Ushbu Kon- 
vensiyaning bajarilishi haqida 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati 
CEDAW qo‘mitasiga to‘rtta Milliy m a’ruza taqdim qilgan, ulaming 
oxirgisi 2010-yil yanvar oyida ko‘rib chiqildi. Milliy ma’ruzalarda 
2001-yil yanvaridan 2010-yil yanvarigacha 0 ‘zbekiston hukumati 
tomonidan amalga oshirilgan, xotin-qizlar ahvolini yanada yaxshi- 
lashga qaratilgan chora-tadbirlar, aniq dastur va loyihalar, muhim 
tashabbuslar, shuningdek, kelgusi davr uchun mo‘ljallangan ustuvor 
yo‘nalishlar haqida m a’lumot berilgan. M a’ruzalarda qonunchilik, 
siyosat va dasturlarda yuz bergan muhim o‘zgarishlar ham aks et- 
tirilgan.
0 ‘zbekiston Xotin-qizlar ahvoli bo‘yicha IV butunjahon konfe- 
rensiyasiga (Pekin, 1995) qabul qilingan Pekin platformasi va Hara- 
kat dasturiga (PPD) qo‘shilgan.
Pekin platformasi va Harakat dasturi (PPD) asosida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 0 ‘zbekistonda xotin-qiz- 
lar ahvolini yaxshilash bo‘yicha Milliy platforma va Harakat dasturi 
qabul qilingan bo‘lib, unda ta’lim, bandlik, reproduktiv salomatlik va 
reproduktiv huquqni himoya qilish, ayollami qonun qabul qiladigan 
darajaga ko‘tarish kabi sohalar uchun o‘nta ustuvor yo‘nalish belgi- 
langan.
0 ‘zbekiston Respublikasida onalik va bolalikni huquqiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy himoya qilish, xotin-qizlaming ijtimoiy va moddiy ahvolini 
yaxshilash hamda ulaming jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh 
qilishdagi, yangilanish jarayonlaridagi ishtiroki uchun sharoit yaratish 
davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan sanaladi. Bu siyo- 
satni amalaga oshirish shakllari 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
272


0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qaror- 
lari, xotin-qizlaming siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy nufuzini oshirishga 
qaratilgan davlat dasturlaridir. Bunda birinchi navbatda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘zda tutilgan mexanizm va qoi- 
dalami eslash o‘rinli.
Mustaqillik yillarida mamlakatda onalik va bolalikni himoya qilish 
bo‘yicha qonunchilik hamda m e’yoriy hujjatlami bajarish doirasida 
aniq maqsadga yo‘naltirilgan quyidagi chora-tadbirlar majmui amal­
ga oshirildi:
• 
Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda oila, onalik va 
bolalikni himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratish va takomil- 
lashtirish;
• 
Oilani mustahkamlash, onalar va bolalaming moddiy 
farovonligini ta’minlash uchun iqtisodiy shart-sharoitlami yaratish;
• 
Sog‘lom yosh oilani shakllantirish, farzand tug‘ilishi, uni 
parvarish qilish va emlash tadbirlarini o‘tkazishda davlat tomonidan 
bepul yordam berish, shuningdek, bolalarga tibbiy yordamning bar­
cha turlarini bepul ko‘rsatish;
• 
Umummilliy ko‘lamda 12 yillik bepul umumiy majburiy 
ta’limni ko‘zda tutuvchi umumta’lim dasturini amalga oshirish, yigit- 
qizlaming oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishi uchun 
katta miqdordagi davlat grantlarini ajratish;
• 
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, yetim bolalar va kam 
ta’minlangan oilalaming farzandlarini davlat tomonidan himoyalani- 
shini ta’minlash;
• 
Jamiyatning oila, ona va bola munosabatida alohida sharoit- 
lar, axloq me’yorlari va qoidalarini shakllantirish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi 
“0 ‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini qo‘llab-quvvat- 
lash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida”gi Farmoni 
e ’lon qilindi. Unda xotin-qizlaming ijtimoiy-siyosiy faolligini, ta’lim 
darajasi va kasbiy malakasini oshirish, ulaming saylanadigan vakillik 
organlari hamda davlat hokimiyatining boshqa organlarida faol qat- 
nashishini ta’minlash masalalariga alohida e ’tibor berilgan. Ushbu
273


hujjat Xotin-qizlar qo‘mitasiga xalqaro ayollar harakati va gender 
yo‘nalishidagi boshqa nufuzli tuzilmalar bilan keng hamkorlik qilish, 
ular doirasidagi o‘z faoliyatini ayniqsa, ijtimoiy sohada rivojlantirish 
majburiyatini yukladi.
2008-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasida “Odam savdosiga qarshi 
kurashish to‘g‘risida”gi yangi Qonun qabul qilindi. Shu asosda Odam 
savdosiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy 
harakat dasturi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Bola huquqlari 
kafolatlari to‘g ‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unda “bola” ta’rifi Bola 
huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga mos ravishda berildi.
2010-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomoni­
dan BMT ning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakl- 
lariga barham berish Qo‘mitasining 0 ‘zbekiston Respublikasining 
To‘rtinchi milliy m a’ruzasi natijalari yuzasidan Yakuniy xulosalarini 
bajarish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.
0 ‘zbekiston birinchi Prezidentining ayollar bilan ishlash tizi- 
mini yaratish borasidagi tashabbusi asosida 1991-yil 27-dekabrda 
( 0 ‘zbekiston xotin-qizlarining Termiz konferensiyasida) 0 ‘zbekiston 
Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil topdi va bu jamiyat birlashmasi-o‘zini- 
o ‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.
1995-yil 2-martdagi 0 ‘zbekiston Prezidentining “0 ‘zbekiston Re­
spublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlaming rolini 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1084 sonli farmon e’lon 
qilindi. Farmon xotin-qizlar qo‘mitalari tizimini rivojini yangi bos- 
qichga ko‘tardi va ayollar hayotining yanada yaxshilanishiga sharoit- 
lar yaratdi.
Ushbu farmon asosida 0 ‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi- 
ga Bosh vaziming o ‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo­
tin-qizlar qo‘mitasi raisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
kengashi raisining o‘rinbosari, Toshkent shahri va viloyatlar hamda 
tuman-shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o'rinbosari 
maqomi berildi va lavozim egalariga xotin-qizlaming jamiyat hayo- 
tidagi rolini oshirish bilan bog‘liq masalalarini muvofiqlashtirish 
vazifasi yuklatildi.
274


2004-yilning 25-mayida Respublika Prezidentining “0 ‘zbekiston 
xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3434-sonli farmoni e ’lon 
qilindi. Farmon Qo‘mita tizimining yana bir bosqichga ko‘tarilishiga 
asos bo‘ldi. Ushbu farmon ijrosini nazorat qiluvchi Doimiy asosda 
ishlaydigan Hukumat komissiyasi shakllantirildi.
0 ‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida 460 dan ortiq mutahas- 
sislar faoliyat yuritayotgan 208 ta hududiy bo‘linmalar mavjud.
0 ‘zbekistonda xotin-qizlaming ijtimoiy-siyosiy maydondagi faol- 
ligini yana bir pog‘ona ko‘tarish maqsadida 2004-yil yili 0 ‘zbekiston 
Respublikasining saylov qonunchiligiga o ‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament 
deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin-qizlar uchun 30 
foizli kvota joriy etildi.
2009-yilning dekabrdagi saylov yakuniga ko‘ra, 33 nafar ayol 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining depu- 
tati etib saylandi. Bu deputatlar umumiy sonining 22 foizini tashkil 
etadi. 2004-yili Qonunchilik palatasi tarkibida 17.5 foiz, 1999-yili- 
8.2 foiz ayol deputatlar bor edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 5 yil ichida 
ayollaming siyosiy faolligi ikki barobar oshgan.
Mamlakatizda xotin-qizlaming davlat va jamiyat qurilishidagi 
ishtirokini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar qoshida “Ayollar 
qanot”lari tashkil etildi va 0 ‘zbekiston Xotin-qizlar. qo‘mitasi va 
“Ayollar qanoti” hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi natijasida 
xotin-qizlaming siyosiy partiyalardagi ulushi ortib bormoqda.
Umuman olganda, 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokra- 
tik islohotlaming asosiy maqsadlaridan biri inson huquqlarini, xusu- 
san, gender tenglikni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish