Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

Internet saytlari:
1. www.gov.uz/
2. www.mfa.uz
3. www.press-service.uz/
4. www.uzreport.com/
5. www.xs.uz/
6. www.elections.uz/
278


13-mavzu. TASHQI SIYOSAT. 0 ‘ZBEKIST0NNING JA­
HON HAMJAMIYATIGAINTEGRATSIYASI
Darsning maqsadi:
• talabalarga tashqi siyosat haqida m a’lumot berish;
• 0 ‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi haqida 
bilimlarini shakllantirish;
• yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy-ilmiy muhitni shakllantirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Tashqi siyosat, davlatlar o ‘rtasidagi raqobat, tashqi siyosatning 
“himoya qilish” va “tashabbus ko‘rsatish” vazifasi, Xalqaro valuta 
jam g‘armasi, Jahon banki, Markaziy Osiyo yadro qurolidan holi 
hudud, YuNESKO, 0 ‘zbekiston va Janubiy Osiyo.
Asosiy savollar:
1. “Tashqi siyosat” kategoriyasi tahlili.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
3.0 ‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi.
4 0 ‘zbekiston va jahon davlatlari munosabatlari.
1. “Tashqi siyosat” kategoriyasi tahlili
Tashqi siyosat 
deganda, siyosatning davlatlar va xalqlar o ‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlami tartibga soluvchi turi tushuniladi. Tashqi siyo­
siy maqsadlar milliy manfaatlami aks ettiradi. Ulami ro‘yobga chiqa- 
rar ekan, davlat o‘z tashqi siyosiy faoliyatini amalga oshiradi. Dav­
latning tashqi siyosati ham tashqi, ham ichki omillar ta’sirida shaklla- 
nadi va ulaming murakkab o‘zaro aloqasining hosilasi hisoblanadi.
2007-yil mamlakatimizda chop yetilgan “Xalqaro munosabat­
lar” kitobida keltirilishicha, tashqi siyosat - dunyo davlatlari bilan 
o ‘zaro hamkorlik munosabatlarini o ‘matish va amalga oshirishga
279


doir ustuvor tamoyil va sa’y-harakatlardir90. Tashqi siyosiy maqsadga 
erishishda turli tamoyillar, uslub va mexanizmlarga tayaniladi. Diplo- 
matiya tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy mexanizmi hisoblanadi91. 
Bundan kelib chiqadiki, “Tashqi siyosat deganda, siyosatning davlat­
lar va xalqlar o ‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami tartibga soluvchi turi 
tushuniladi”92.
Davlatlar o'rtasidagi raqobat-bu obyektiv hodisa bo‘lib, u suveren 
davlatlaming barchasi uchun xarakterlidir.
0 ‘zbekistonlik tadqiqotchilar X.T.Odilqoriyev va D.X.Razzoqov- 
laming “Siyosatshunoslik” darsligida keltirilishicha, tashqi siyosat 
har bir zamonaviy davlatning bosh atributi, fundamental jihati, ajral- 
mas qismi va vazifasi hisoblanadi. Chunki tashqi siyosat orqali davlat 
geografik-makoniy jihat kasb yetish bilan birga, o ‘zini noyob tarixiy, 
sotsiomadaniy, sivilizatsion va nihoyat, geo-siyosiy yaxlitlik sifatida 
namoyon qiladi93.
U munosabatlar va manfaatlar yig‘indisi sifatida muayyan vosi- 
talar orqali yuzaga keladi. Xalqaro munosabatlar sohasida samarali 
raqobatdoshlik milliy manfaatlami ifodalovchi tashqi siyosat natijasi­
da paydo boiadi. Keng m a’noda tashqi siyosat - bu xalqaro muno- 
sabatlarda davlatning o‘z milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishidir. 
Shuningdek, tashqi siyosat muayyan mahkamaning strategiyasi, tak- 
tikasi va asosiy faoliyat yo‘nalishini tashkil qiladi. Tashqi siyosat ikki 
muhim vazifani: himoya qilish va tashabbus ko‘rsatishni bajaradi.
Rus olimi K.S.Gadjiyev “Geosiyosatga kirish” darsligida, tashqi 
siyosat va uning mohiyati borasida quyidagi fikrlami ilgari suradi. Ja­
hon hamjamiyatida davlatlar o‘rtasida aloqa o‘matishning asosiy vosi-

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish