Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi


bahsda  suhbatdoshi nuqtayi nazarini tan olgan odam yutadi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

bahsda 
suhbatdoshi nuqtayi nazarini tan olgan odam yutadi
, chunki bahsda o’z fikrini o’tkaza 
olgan odam shu fikrlari to’g’ri ekaniga yana bir bor amin bo’ladi va undagi haqparastlik 
kompleksi mustahkamlanadi. Raqibi fikrini qabul qilgan odam esa bu ishi bilan o’zidagi 
kompleksni susaytiradi. 
Haqparastlik kompleksining alohida ko’rinishi – bu adolat hissidir. Adolat hissiga 
birgina misol keltiraman – siz buning nima ekanini darhol anglab olasiz. Siz o’z uyingizda 
oynayi jahon qarshisida maza qilib tovuq sho’rva ichib o’tiribsiz. Hayvonot olami haqida 
ko’rsatuv ketyapti deb tasavvur qiling. Unda bo’rilarning ov qilishi haqida hikoya 
qilinyapti. Mana kattakon bo’ri yosh qo’zichoqni quvib yetib, bir hamlada uning 


 
43 
bo’g’zidan tishladi. Shu lahzada nimani his etasiz? Qo’ziga achinasizmi? Bo’ridan 
jahlingiz chiqadimi? Ana shu hissiyotlaringiz asosida adolat hissi turadi. Endi men sizga 
savol beray – kosangizdagi tovuqqa rahmingiz kelyaptimi? Yo’q deysizmi? Nimaga?.. 
Adolat hissi – muhimlik mevasi. U har doim vaziyatni to’g’ri baholashga halal 
beradi. Shunday ekan, keyingi gal kimnidir haqsizlikda ayblab, haqparastlik kompleksiga 
berilishdan avval sizni bunga adolat hissi turtkilayotganini eslang. Adolatni tiklayman 
deb o’zingizga gunoh orttirib olishingiz mumkin. 
Afsuski, haqparastlik kompleksidan qutulish juda qiyin. Har qalay buni faqat hayot 
uddalashi mumkin – haqparast o’z muhimligiga berilgani uchun muammoli vaziyatlarga 
va hatto qattiq zarbalarga duch keladi. Ana shu talato’plar ham uni kompleksdan xalos 
qila olmasa, unga hech kim yordam bera olmaydi. 
Bizni ko’ngil xotirjamligi va to’kis hayotdan mahrum qiladigan yana bir illat – 
kurashchi kompleksidir. Bu kompleks ta’siridagi odam doimiy jismoniy va ruhiy 
zo’riqishda bo’ladi. U har doim o’z-o’ziga talablar va marralar qo’yib, shu maqsadlarga 
erishish uchun 
kurashib
yashaydi. Bunday odamning yana bir alohida belgisi – u doim 
har ishda raqobatga intilishidir. 
Kurashchi kompleksi odamni juda tez holdan toydirishi va hayotiy energiyasini 
tarqatib yuborishi mumkin. Bu jihatdan u eng zararli komplekslardan biri. Bu 
kompleksdagi kishilarga hasad ham notanish emas. 
Agar bunday odam oila, guruh yoki tashkilot rahbari bo’lsa, unda uning 
qaramog’idagi barcha odam uning kurashchi kompleksidan zarar ko’radi. Ular tabiatdan 
qaysar, o’z tamoyillaridan mahkam tutgan va mag’lubiyatni hech tan olmaydigan 
bo’lishadi. 
Kurashchi kompleksi aslida odam o’ziga past baho berishi tufayli kelib chiqadi. 
Men o’zimni kimdandir quyiroq hisoblasam, menda buning aksini isbotlashga kuchli 
ehtiyoj paydo bo’ladi. Agar shaxsiy muhimlikka ergashsam, men bu yo’lda hech narsadan 
qaytmayman va o’z maqsadimga erishmaguncha tinchimayman. 
Ba’zida ota-onalar o’z farzandida kurashchi kompleksini yaratib qo’yishadi. “Sen 
hammadan zo’r bo’lishing kerak”, “To’rt baho yaxshimas – faqat besh bo’lsin”, 
“Hammaga kim ekanligingni bir ko’rsatib qo’y”, “Shunday qilginki, biz sen bilan 
faxrlanaylik” kabi ta’kidlar bolada kurashchi kompleksini ildiz ottiradi va rivojlantiradi. 
Bolada yaxshi farzand kabi ota-onaning mehriga sazovor bo’lishning yagona yo’li 
qo’yilgan shartlarni bajarish degan xato tushuncha hosil bo’ladi. Xo’sh, bolangiz 
hammadan zo’r bo’lmasa yoki ba’zida to’rt olib tursa yoki kim ekanligini dunyoga 
bildirib qo’ymasa yoki sizni faxrlantiradigan ish qilmasa – uni yaxshi ko’rmay 
qo’yasizmi? 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish