Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
42 
bilan birga ish qilish juda qiyin. Ular har narsadan arzimagan kamchiliklarni topib, 
barchani xafa qilib yuradilar. 
Bekamlik kompleksidan qutulishning bir qiziq yo’li bor: odam o’z xatti-
harakatlariga zararsiz xatolarni atayin qo’shib ketishi kerak. Ya’ni ongli ravishda uncha 
katta salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan kamchiliklarga yo’l qo’yishi kerak. Bundan 
tashqari, bunday odamga boshqalar ishida faqat yaxshi jihatlarga e’tibor berishni o’z-
o’ziga qoida qilib olish tavsiya etiladi. 
Yana bir qiziq psixologik mashq – “teskari o’yin” deb nomlanadi. Har birimiz 
nimanidir yoqtiramiz va nimalarnidir yomon ko’ramiz. Endi siz yoqtirgan narsangiz (yoki 
shaxs) haqida eslang-da, uning salbiy tomonlarini sanashga tirishing. O’n soniya ichida 
qancha ko’p salbiy xislat ayta olsangiz, shuncha yaxshi. Faqat, bu xislatlarni o’ylab 
topmang – ular rostdan ham shu shaxs yoki narsaga tegishli bo’lsin. Endi yomon ko’rgan 
narsangiz yoki odamingiz haqida eslang – uning yaxshi sifatlarini sanashga urinib 
ko’ring. Bu o’yin sizga boshida juda qiyin keladi, ammo unga ko’nikib qolgandan so’ng, 
sizga yoqqan va yoqmagan odamlar va narsalar haqida juda ko’p yangi narslarni bilib 
olasiz. 
Bekamlik kompleksi rivojlantirib yuborilsa, haqparastlik kompleksiga aylanib 
ketishi mumkin. Bunday odam doim o’zini haq deb o’ylaydi va boshqalarni qoralab yoki 
ayblab yashaydi. Borib-borib u o’zini dunyodagi haq yo’ldan borayotgan yagona odam 
deb o’ylab qolishi mumkin. Bunda u boshqa “yo’ldan adashgan” bandalarni “haq yo’lga” 
solish uchun astoydil urina boshlaydi. Agar bunday haqparastga aybdorlik tuyg’usi 
kuchli odam ro’baro’ kelsa, “haqgo’y” “gunohkorni” o’z izmiga solib, undagi aybdorlik 
hissini shu darajada oshirib yuboradiki, “gunohkor” o’zini bu dunyoda yashashga noloyiq 
sezib suiqasdga qo’l urishi mumkin. Bunday holatlar hayotda ko’p uchraydi. Odamdagi 
aybdorlik tuyg’usi o’z-o’zicha suiqasd uchun yetarli emas – uni “to’g’ri” odamlar 
tashqaridan kuchaytirib bersagina odam kompleks qurboni bo’lishi mumkin. 
Ishonchim komilki, siz haqparastlik kompleksidan holisiz. Mening kitobim bunday 
odamning qo’liga tushmagan bo’lardi. Bunday odamni “Men har nima qilib bo’lsa ham 
haqligimni isbotlayman”, “Men shu paytgacha hech adashmaganman va adashmayman 
ham”, “Men qanday yashash kerakligini juda yaxshi bilaman”, “Mening ko’rgan 
bilganlarim o’zimga yetarli” kabi ta’kidlari orqali tanib olish mumkin. 
Baxtga qarshi, haqparastlik kompleksi har birimizda kuchsiz bo’lsa ham mavjud. 
Axir, qay birimiz birov bilan bahsda osongina yengilamiz? Bahs san’ati haqida keyingi 
boblarda aytib o’tilgan, ammo sizga kezi kelganda bir sirni ochib o’tay: 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish