Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
39 
Albatta, bularning bari juda oddiydek tuyulishi mumkin. Ammo har birimiz 
aybdorlik tuyg’usining u yoki bu ko’rinishiga tobe bo’lib yashaymiz. 
Burch (yoki javobgarlik) hissi – aybdorlik tuyg’usining bir qiyofasi. Oramizda 
o’zini mudom nimagadir majbur yoki javobgar deb yashaydiganlar talaygina. Bu, ko’p 
holatlarda, noto’g’ri tarbiyadan kelib chiqadigan fe’l-atvor: bolani yoshligidan ko’p 
narsaga mas’ul qilib tarbiyalansa, u ulg’aygach ham bu tuyg’udan qutula olmaydi va 
hayotda qiynaladi. Bunday odamlarni juda ko’p ko’rgansiz – bundaylardan sinf 
sardorlari, kasaba uyushma vakillari, tashabbuskorlar, ishga mukkasidan ketadiganlar 
yetishib chiqadi. Ular o’z hayotlari uchun mas’uliyat qolib, boshqalar uchun ham 
javobgarlikni o’z yelkalariga yuklab olganlar va shu majburiyatlarini bajarmasalar 
o’zlarini aybdor his qiladilar. 
O’z fe’l-atvoringizga va hayotga munosabatingizga sergak nazar tashlang. Siz 
o’zingizni nimalar va kimlar uchun javobgar deb his qilasiz? Agar o’z hayotingiz va 
ko’nglingiz istaklari uchun javobgarlikdan tashqari yana qandaydir burchiyat hislari 
bo’lsa – hoziroq ulardan xalos bo’ling. Siz o’zingizdan boshqa hech kimning hayoti 
uchun mas’ul emassiz. Shaxsiy muhimlik tuyg’uyingiz sizga “sen juda muhim odamsan
atrofingdagilarning farovonligi senga bog’liq, sen ular uchun mas’ulsan” deb 
ta’kidlashdan tinmaydi. Ammo siz uning gapiga quloq solish qanday oqibatlarga olib 
kelishini yaxshi bilasiz. Unutmang – Tangri bir bandasining rizqi, baxti yoki hayotini 
boshqasiga qaram qilib yaratmaydi. Shunday ekan, sizga berilgan omonat – o’z 
hayotingiz va qalbingiz xotirjamligi uchun javobgarsiz, xolos. 
Kimdir bu gaplarimdan “Mening oilam, jamiyat va davlat oldidagi burchlarim nima 
bo’ladi?” deb norozi bo’lishi mumkin. To’g’ri – sizning bir qator burchlaringiz bor. Men 
sizga o’z burchlaringizdan qochib yuring yoki ulardan yuz o’giring demoqchi emasman. 
Bunday ish faqat o’ta qo’rqoq shaxsiyat egalarininggina xayoliga keladi. 
Men sizga o’z burchlaringizga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirishni taklif 
qilyapman. Siz asli bu dunyoga hech bir burchsiz kelasiz. Keyin oila va jamiyat sizga 
burchlarni yuklaydi. Shunday qilmasa ham bo’lmaydi – bu yo’riqnomalarsiz hayotda 
qiynalasiz. Ammo bu qoidalar siz uchun burch emas – 
erkinlik
. O’ylab ko’ring – agar 
burch hamma bajarishi shart bo’lgan qoida bo’lsa, nega har kim ham o’z burchlarini 
bajarmaydi? Chunki u odamlar o’z erkinliklaridan foydalanmaydi. 
Sizning baxtli bo’lish, kimnidir baxtli qilish, ota-onangizga g’amxo’rlik qilish, 
farzandlaringizni voyaga yetkazish kabi burchlaringiz emas – ana shunday 
erkinliklaringiz bor. Siz o’zingizni burchiyat hissidan ozod qilib ham tengi yo’q farzand, 
ota-ona, turmush o’rtoq, do’st bo’lishingiz mumkin. Yaxshi farzand o’z burchlarini to’liq 
bajargani uchun yaxshi emas – ota-onasiga g’amxo’rlik qilish erkinligidan foydalangani
buni majburligidan emas, ko’ngli istaganidan qilgani uchun yaxshi. 
Inson psixikasi shunday tuzilganki, u “sen majbursan, sen shuni qilishing shart” 
kabi buyruqlarni qarshilik bilan qabul qiladi. Ishonmasangiz, yosh bolaga biror narsani 
shart qilib qo’yishga urinib ko’ring. Bolalar o’zlarini hech narsaga burchli deb 
bilmaydilar va o’z qalblariga bo’ysunib ish qiladilar. Shuning uchun ham hech qachon 
ulardan yomonlik chiqmaydi. Ulg’aygan sari bolada aql ustunligi kuchayib, unga shart 
qilingan narsalarni aql qoida qilib o’rnatadi va ko’ngilni har tomondan cheklay boshlaydi. 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish