Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
41 
darhol uzr so’rang. U sizni kechirish-kechirmasligi ahamiyatsiz. Asosiysi, siz shu yo’l 
bilan o’zingizdagi aybdorlik tuyg’usini tarqatib yuborasiz. Shaxsiy muhimlik tuyg’usini 
yengib o’tib shunday qilishga haddingiz sig’sa kifoya. 
O’zingizni kechirish qobiliyatingizni ham rivojlantiring. Pushaymon bo’layotgan 
hamma ishlaringizni bir-bir eslang-da, o’zingizni har biri uchun kechiring. Chindan tavba 
qilsa, gunohlardan o’tishni Yaratgan va’da qilib qo’ygan: Tangriki kechirimli 
bo’lyaptimi, gina saqlamayaptimi – sizning o’zingizga gina saqlashingiz ortiqcha. Yoki 
siz shunchalik muhimmisiz? 
Agar siz tabiatingizdan aybdorlik hissini chiqarib tashlay olsangiz – ajoyib mo’jiza 
sodir bo’ladi. Mana sizga kuchli shaxsiyatning yana bir siri: 
siz o’zingizni aybdor his 
etmas ekansiz, sizni aybdor qilish boshqalarning xayoliga ham kelmaydi
. O’zini 
mudom ayblovchilar esa, har doim qoralash-u haqoratlarga chidab yashaydilar. Bu ularga 
qilgan xatolari uchun emas – shu xatolarini o’zlari kechirolmasliklari uchun beriladigan 
jazodir. 
Yodingizda bo’lsinki, sizning aybdorlik tuyg’usidan ozod yashash 
erkinligingiz
bor. 
Boshqa kemtiklar 
Jamiyat bizning ongimizga boshqa ko’plab komplekslarni joylashtirib qo’ygan. 
Aslida, agar amaliy psixologiya adabiyotlarini o’rganilsa, 30 dan ortiq kompleks turlari 
haqida aytiladi. Ammo men sizni buncha ko’p nuqsonlar haqida gapirib zeriktirmoqchi 
emasman. Biz shunchaki eng ko’p uchraydigan va katta zarar keltiradigan komplekslar 
haqida suhbatlashamiz. 
Bekamlik kompleksi (yoki perfektizm) har narsada mukammallikka, yuz foiz 
samaraga erishish istagi juda kuchli odamlarga xos. Bekamlik kompleksi katta muhimlik 
ortidan kelib chiqadi – odam tashqi muhimlikka intilib, bekam qilmoqchi bo’lgan 
narsaning ahamiyatini o’ta oshirib yuboradi. 
Masalan, yosh qiz o’z to’yini bekam qilishiga intiladi – uning libosidagi ozgina 
g’ijim ham bu mukammallikni buzayotgandek tuyulaveradi. Yoki kim uchundir sovg’a 
tayyorlayotgan odam o’z sovg’asi bekam, lol qoldiradigan va hech kimnikiga 
o’xshamagan bo’lishiga astoydil harakat qiladi. Natijada sovg’a tanlash jarayoni maroq 
emas, azobga aylanadi. 
Bunday odamlarga biror ishni topshirib qo’yib, ancha kutishingizga to’g’ri keladi 
– chunki ular o’z vazifalarini mukammal darajaga yetkazmaguncha tinchimaydilar. 
Albatta, o’z ishiga jiddiy yondashgan yaxshi – ammo bu tobelikka aylanib qolmasligi va 
kishi hayotini tashvishga to’ldirmasligi kerak. Sizga topshirilgan ishni uning ahamiyatini 
o’ta oshirmasdan ham bekam bajarish mumkin – qaytanga, ishga sergak munosabatda 
bo’linsa, uni xatosiz bajarish ehtimoli katta bo’ladi. Ishni o’ta muhim hisoblash esa sizga 
ortiqcha mas’uliyat yukini tashlaydi va sizga shu ishni keragidek bajarishingizga halal 
beradi. 
Bekamlik kompleksiga chalinishning bir salbiy oqibati bor: bunday odam borib-
borib hech narsadan ko’ngli to’lmaydigan, o’zi va atrofdagilardan ko’p narsani talab qilib 
yashaydigan odamga aylanib qoladi. Bunday odamlarni hammamiz uchratganmiz – ular 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish