dunyoda xunuk va chiroyli odamlar
bo’lmaydi – o’zini xunuk va chiroyli deb o’ylaydiganlar bor, xolos
.
Siz o’zingizni qanday husnga ega deb o’ylasangiz, atrofdagilar ham sizni shunday
ko’radilar. Ishonmaysizmi? Mana sizga isbot. Fiziognomika degan fan bor – u odamning
yuz tuzilishi va fe’l-atvori o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganadi. Shu sohada olib borilgan
izlanishlar shuni tasdiqladiki, o’z husnidan norozi bo’lgan shaxslar odamlar bilan
muloqot paytida yuzlariga shunday ifodasi berishar ekanki, ular rostdan ham xunuk
ko’rinishar ekan. Olimlar o’z husnidan ko’ngli to’lmagan odamlarni yolg’iz o’zlari
qolganlarida yashirincha suratga olishgan va bu suratlarni ular odamlar davrasida ekanida
olingan suratlarga solishtirishgan. Birinchi suratlarda tajriba ishtirokchilari ochiq yuzli va
istarali bo’lib chiqqanlar.
Ana shunaqa. Tabiat sizga betakror husn bergan bo’lishi mumkin, ammo uni siz o’z
kompleksingiz bilan bulg’ab, odamlarga juda yoqimsiz qilib ko’rsatishingiz mumkin.
Undan keyin, husnga qarab birinchi taassurot olinadi – ammo odam bilan yaqindan
muloqot uning chindan qanday odam ekanini ochib beradi.
Juda ko’p holatda muloyim yuzli odamni ko’rib havasingiz keladi – biroq u bilan
ikki og’iz gaplashgandan so’ng uning juda qo’rs yoki kaltabin ekani ma’lum bo’ladi. Fe’l-
atvori xunuk bo’lgan odamning esa, tashqi chiroyiga hech kim e’tibor bermaydi. Mashhur
rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy “Go’zallik ortida shayton yashirin” deb bekorga
yozmagan.
Psixologlar juda qiziq tajriba o’tkazishgan. Ular bir guruh erkaklarga ikkita ayol
suratini ko’rsatishgan – biri juda go’zal, boshqasi unchalik o’ziga tortadigan emas. So’ng
ularga shu ikki ayol bilan telefon orqali muloqotda bo’lish taklif etilgan. Telefonda
ayollardan biri juda muloyim, so’zlarni tanlab gapirgan va suhbatda erkak fikrlarini
tasdiqlab turgan. Bu ko’rimsizroq ayol bo’lgan. Ikkinchi ayol, aksincha, juda sovuq
ohangda gaplashgan va mudom erkak bilan bahslashgan. Bunisi go’zal husn egasi
bo’lgan.
Tajribada ishtirok etgan har bir erkakdan suhbatdosh ayol suratini ko’rsatishni
iltimos qilishganda, u muloyim ayol deb go’zal suratni tanlagan va ko’rimsizroq ayolni
dag’al suhbatdoshi deb bilgan. Ammo ularni suhbatdoshlari bilan yuzlashtirishganda, ular
tanlovda adashganliklaridan hayron bo’lishgan. Eng qizig’i shundaki, erkaklar ular bilan
muloyim gaplashgan ko’rimsiz ayol hayotda suratdagiga nisbatan ancha chiroyliroq
ekanini, sovuq gapirgan ayolning asl go’zalligi esa suratdagidan ancha kamroq ekanligini
ta’kidlashgan.
Shunday ekan, tashqi go’zallikka aldanmaslik kerak. To’g’ri – ham tashqi, ham
ichki go’zallik egasi bo’lgan odamlar ham bor. Bundaylar kam uchraydi. Bilasizmi bu
qanday odamlar? Bu – o’z husnidan nolimaydigan, o’z chiroyini boshqalar bilar
qiyoslamaydigan va hammada o’ziga xos go’zallikni ko’ra biladigan odamlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |