CHORSHANBA
Kemtiklar
Komplekslar
Kompleks
atamasi amaliy psixologiyada juda tez-tez qo’llaniladi. Unga juda turli
xil ta’riflar berilgan. Men sizga eng sodda izohni berishga harakat qilib ko’raman.
Kompleks – bu sizning fe’l-atvoringiz, xatti-harakatlaringiz, ichki tuyg’ularingiz
yoki tashqi ko’rinishingizda sizni qoniqtirmaydigan, tashvishga soladigan va sizni
cheklaydigan jihatlar.
Albatta, bu mukammal ta’rif emas, ammo bayon davomida siz kompleks deganda
nimani nazarda tutilishi haqida yetarlciha aniq tushunchaga ega bo’lasiz.
Barchamiz qandaydir kamchiliklarga egamiz – hech kim nuqsonlardan holi qilib
yaratilmagan. Kimdir jismoniy kuch bilan taqdirlangan bo’lsa, kimdir o’tkir zehn bilan
mukofotlangan. Aslida, biz avvaldan bir fazilatga boy, boshqasidan benasib qilib
yaratilmaymiz. Yangi tug’ilgan chaqaloqqa istalgan fazilatni rivojlantirish imkoni
berilgan bo’ladi.
Ammo ota-ona tarbiyasi, atrofdagilar munosabati va bolaning o’z xohish-
istaklariga qarab unda ba’zi xislatlar kuchliroq rivojlanib, boshqalari e’tiborsiz qolib
ketadi.
Misol uchun, farzandini yoshlikdan badantarbiya va sportga qiziqtirib katta qilgan
ota-ona farzandida intellektual qobiliyatlar o’sishi haqida unchalik qayg’urmaydi. Va
aksincha, farzandini bilim olishga yo’naltirgan ota-ona undan jismoniy faollikni talab
qilmaydi.
Ammo yuqoridagilar jismoniy va aqliy qobiliyatlarning rivojlanishiga misollar,
xolos. Psixologik komplekslar ildizi ancha chuqur ketadi va ular uzoq muddat davomida
shakllanib boradi. Psixologik komplekslar haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun sizga
bir qator misollar keltirib o’tay: tortinchoqlik, uyatchanlik, mahmadonalik, kamgaplik,
qitmirlik, manmanlik, ortiqcha kamtarlik, jahldorlik, maqtanchoqlik, surbetlik, qaysarlik,
injiqlik, talabchanlik, terslik, qo’pollik, laganbardorlik, ta’magirlik, doimiy tushkunlik
holati, aybdorlik tuyg’usi, mukammallikka intilish odati va hokazo.
Komplekslar odamda tashqi ta’sirlar yoki ichki ishonchsizlik sababli hosil bo’ladi.
Ularning kelib chiqishi juda sekin va sezilarsiz kechadi – shunga monand ulardan qutulish
ham uzoq vaqt talab etadi. Shaxsiy muhimlik tuyg’usi ta’sirida odam o’z bahosini oshirib
yuborsa, komplekslar – odam o’ziga past baho berishi natijasida paydo bo’ladi. Bu
jihatdan komplekslar – shaxsiy muhimlik tuyg’usining manfiy ko’rinishi deyish mumkin.
Barchamiz yaxshi biladigan termometrni tasavvur qiling. Uning o’rtasida “0”
belgisi bor. U o’ziga xos muvozanat nuqtasi – bunda suv suyuqlik va muz holati o’rtasida
bo’ladi. Harorat ko’rsatkichi noldan yuqori ko’tarilsa ham, manfiy tomonga tushib ketsa
ham – bu muvozanatdan og’ish degani.
Odam shaxsiyatida ham xuddi shunday o’lchagich bor. Agar odam o’z muhimlik
darajasini noldan yuqori ko’tarib yuborsa, ya’ni odam o’ziga ortiqcha baho berib yuborsa
– bu shaxsiy muhimlik tuyg’usiga olib keladi. Bordi-yu kishi o’z qadrini o’ta pasaytirib
Do'stlaringiz bilan baham: |