Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
30 
Albatta, men sizni biz tush ichida yashayapmiz deb ishontirmoqchi emasman. 
Ammo biz, har holda, 
uyg’oq, sergak emasmiz

Sergaklik 
deganda men nimani nazarda tutyapman? Sergaklik – atrof dunyodagi 
jarayonlarga sergak baho bera olish darajasida o’z idrokini boshqarish demakdir. 
Masalan, xayolga berilib ketgan odamni uyg’oq deb bo’lmaydi – u xonaga birov kirganini 
yoki undan biror nima so’rashganini payqamay qolishi mumkin. 
Xayollar – bizni eng oson uxlatib qo’yadigan uyqu dorisi. Aqlning fikrlash 
jarayonini to’xtatish imkonsiz. Aql tinimsiz o’zi bilan o’zi gaplashib, ongingizdagi 
sukunatni buzib turadi. U doim o’tgan voqealarni qayta tahlil qilish yoki kelajakka rejalar 
tuzish bilan ovora bo’ladi. O’y-fikrlaringizni kuzatib ko’ring – bunga o’zingiz amin 
bo’lasiz. 
Siz hozir xayollaringizni bir oz to’xtating-da, atrofingizga nazar tashlang. Yer 
tortish kuchini his eting, havo haroratiga e’tibor bering. Nimalarning tovushi eshitilyapti, 
qayerdan qanday yorug’lik tushyapti? 
Hozirgi lahzada nimani his etayotganingizga e’tibor berdingizmi? Aynan hozir bor 
narsani tuya oldingizmi? Ana endi siz uyg’oqsiz. Endi takabbur aqlingiz irodangiz va 
qarorlaringiz ustidan to’liq nazoratga ega emas. 
Siz yashab turgan lahzadagi qalb kechinmalaringizga quloq sola bilsangiz – aql 
sizga bergan g’aflat dorisining ta’siridan xalos bo’lasiz. Shundagina siz sergak qarorlar 
qabul qilishingiz va muhimlikka berilishdan tiyilishingiz mumkin. Aql shaxsiy va tashqi 
muhimlikni sun’iy ravishda oshiradi. U sizga tinimsiz muhimliklardan tuzoq qo’yib 
yuradi – u buni sizga yomonlik istaganidan qilmaydi. Shunchaki, u o’z maqsadlariga 
erishishning boshqa yo’llarini bilmaydi – u bir narsa yoki vaziyatni muhim deb 
ko’rsatibgina unga sizning e’tiboringizni jalb qilishi mumkin. 
Usta psixolog va gipnozchilar odam aqlining muhimlikka tobeligida o’ynaydilar va 
inson irodasini o’zlariga to’liq bo’ysundira oladilar. Ammo boshqa odamning 
muhimligiga bosim o’tkazib, uni boshqarish oddiy odamning ham qo’lidan keladi. Sizni 
birov maqtasa va sizning fikrlaringizga qo’shilsa, shaxsiy muhimlik tuyg’usiga ergashib 
u odam istagan ishni siz jon deb qilasiz. Yoki kimningdir g’ururida o’ynab, uni biror ishni 
qilishga majburlash mumkin. 
Masalan, yosh o’smir yigitga: “Hali yosh bo’la turib, kattalarga o’xshab fikr yuritar 
ekansiz. Menimcha sizga bir mas’uliyatli ishni topshirsa bo’ladi” deyilsa, uning shaxsiy 
muhimlik tuyg’usi ustun kelib, “mas’uliyatli ish”ni qilishga so’zsiz rozi bo’ladi. 
Tashqi muhimlik tuyg’usi yordamida ham odamni boshqarish mumkin. Misol 
uchun, sizni sevgan odamingiz tashlab ketdi. Sizga kimdir shunday deydi: “Uni unut. U 
sensiz bir baxtli bo’lib ko’rsin. Sen uni o’ylab qiynalib yurmagin-da, o’zingga boshqasini 
topib ol. Yangi sevging bilan shunaqangi baxtli yashaginki, avvalgi sevgiling buni ko’rib, 
sendan kechganiga afsuslansin”. Siz uchun sizni tashlab ketgan odamga usiz ham baxtli 
bo’la olishingizni isbotlash o’ta muhim bo’lsa, bu maslahatga ko’nishingiz tayin. 
Muhimlikdan qutulishning yagona yo’li – sergaklik. 
Shaxsiy muhimlik tuyg’usidan qutulish uchun siz bu dunyoga mehmon ekaningizni 
– bu dunyoda siz hech bir boshqa mavjudotdan yuqori qilib yaratilmaganligingizni, siz 
ham xato qilishingizni, sizda ham hamma singari kuchsiz tomonlar bor ekanini eslang. 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish