Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi


Sizning istagingizdagi narsalardan mahrum qiladigan



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

Sizning istagingizdagi narsalardan mahrum qiladigan 
katta ofatlardan biri – tashqi muhimlik tuyg’usidir.


 
27 
Shaxsiy muhimlik tuyg’usi o’zingiz va boshqa odamlar bilan munosabatlaringizni 
belgilab bersa, tashqi muhimlik tuyg’usi sizning atrof-dunyo bilan oldi-berdingizni 
boshqarib turadi. 
Tashqi muhimlik tuyg’usi o’z so’zini aytgan holatlarga yuzlab misollar keltirish 
mumkin. Yosh maktab bitiruvchisi oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlariga o’ta katta 
muhimlik yuklab yuborsa, u imtihon paytida o’ta hayajonlanadi va bilgan narslalari ham 
yodiga kelmaydi. Yoki u tayyorgarlikka o’ta katta ahamiyat berib yuborsa, u kam uxlash 
va qattiq aqliy zo’riqishdan charchab qoladi va imtihon kuni o’zini yomon his qilishi 
mumkin. 
Bunday holatda biror fenomen atrofida odam o’z hayotiy energiyasini jamlab 
qo’yadi. Voqea yoki holat kishining hayot-mamot masalasiga aylanib qoladi. 
Abituriyentning xayolidan taxminan quyidagicha fikr o’tadi: “Men shu imtihonni yaxshi 
topshirib, oliygohga kirishim kerak. Bunga butun kelajagim bog’liq”. U asossiz ravishda 
imtihonni uning kelgusi hayotini belgilab beradigan voqea deb baholaydi va bu holat unga 
og’irroq mas’uliyat burchini yuklaydi. Ba’zida ota-onalar ham bu jarayonga beixtiyor 
hissa qo’shib qo’yadilar – “Bolam, o’qishga kirmasang bo’lmaydi. Seni shuncha 
tarbiyalab, o’qitib katta qildik. Yuzimizni yerga qaratma” kabi nasihatlar farzand 
yelkasiga qo’shimcha yuk bo’lib tushadi va uning ishini yana-da qiyinlashtiradi. 
Oliygohga kirolmaslik – hayot tamom bo’ldi degani emas. Sizga dunyodagi eng 
yoqimli sirni ochaymi? Unutmang – 
hayotda omadsizlik bo’lmaydi. Siz bilan sodir 
bo’lgan har qanday voqea – bu omaddir

Omadsizlik deganda siz nimani tushunasiz? Siz kutgan narsa amalga oshmaganini 
– shundaymi? Xo’sh, siz kutgan narsa eng to’g’ri yo’l ekanini sizga kim aytdi? Albatta, 
aqlingiz – har doim rejalar tuzadigan va shu rejalarni ro’yobga chiqarishga zo’r berib 
harakat qiladigan aynan u. 
Bir odam uzoq mamlakatga rasmiy uchrashuvga bormoqchi bo’libdi. Agar 
uchrashuv yaxshi o’tsa, u juda daromadli shartnoma tuzishiga ko’zi yetib, darhol 
tayyoraga chipta olibdi. Ammo aeroportga borayotganida avtomashinasi buzilib qolib, 
reysga kech qolibdi. Bundan u juda xafa bo’libdi. Yo’q, chiptaga sarflagan puliga 
achinmabdi, chunki yetarlicha badavlat ekan. U omad keltirishi mumkin bo’lgan rasmiy 
uchrashuvga bora olmaganidan afsuslanibdi. Taqdirga tan berib, uyiga qaytib ketibdi. 
Ertasiga tonggi yangiliklar dasturida u uchmoqchi bo’lgan samolyot okeanga qulab, 
undagi hamma yo’lovchilar halok bo’lgani haqidagi xabarni eshitibdi… 
Siz reja qilgan narsa amalga oshmay qolsa – bu sizni Tangri bir narsadan asrab qoldi 
degani. Ammo aqlingiz o’z rejalariga erisha olmasa, bezovtalanib qoladi va sizni 
afsuslanishga majbur qiladi. Hattoki, siz sevgan odam bilan hayot yo’lingiz birlashmay 
qolsa ham – bu sizning foydangizga sodir bo’ladi. O’sha odam bilan siz kutgan baxt 
kelmasligi, qaytanga u bilan hayotingiz borib-borib azobga aylanishi ehtimoldan holi 
emas. Siz istagan insoningizga erisha olmadingizmi – demak, sizni yana-da baxtli 
qiladigan boshqa inson bor va siz uni taniysiz yoki endi tanishasiz. 
Dunyo bizning tashvishimizni qilishdan charchamaydi. Uning yagona maqsadi – 
sizga siz istagan narsalarni berish. Biroq aqlimiz o’z qaysarligi bilan unga halal berib 
turadi. 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish