Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
28 
Xalqimizning “shoshilgan qiz – erga yolchimas” degan dono gapi bor. Bunda 
turmush o’rtoq topish tadbirini o’ta muhim qo’yib yuborgan odam – bu istagiga erisha 
olmasligi nazarda tutilgan. Zamonamizda bu maqol taxminan quyidagicha qilib aytilishi 
mumkin: “qizini turmushga berishga shoshilgan ota-onaning qizi ersiz qoladi”. Albatta, 
bu juda kulgili eshitiladi. Ammo, afsuski, atrofimizda aynan ana shunday holatlar juda 
ko’p uchrayapti. 
Shoshqoloqlik – tashqi muhimlik belgisi. Shoshilgan odam ruhiy noturg’un va 
notabiiy holatda bo’ladi. Bu narsa tashqi xatti-harakatlarda ham namoyon bo’ladi – odam 
bir joyda turolmay qoladi, ko’zi har tomonga qaraydi, tishini tishiga bosadi va hokazo. 
Muhimlik – sizning faqat ruhiy emas, balki kuchli jismoniy zo’riqishingizga ham sabab 
bo’ladi. 
Injiqlik, talabchanlik, qattiqqo’llik, qaysarlik kabi holatlar ham kishi nimagadir o’ta 
katta ahamiyat berib yuborayotganidan dalolat. Bunga nikoh to’yi bo’layotgan qizga to’y 
libosi ham, dasturxondagi noz-ne’matlar ham, bazm zalining bezatilishi ham yoqmay 
qolgan holati misol bo’lishi mumkin. U hammasi bekam, dabdabali, esda qoladigan 
bo’lishini shu darajada qattiq istaydiki, o’z injiqligi bilan hammaning ko’nglini buzadi. 
Agar kelin bo’lmish muhimlikni haddan tashqari oshirib yuborsa, u o’z to’yini o’zi buzib 
qo’yishi tayin. Bunday to’y rostdan ham unutilmas bo’ladi – uni hamma anchagacha 
masxara bilan esga olib yuradi. 
Erkaklar o’z avtomobillarini o’ta yaxshi ko’rishlari – tashqi muhimlik tuyg’usiga 
yana bir kulgili misol. Ba’zilar o’z “temir tulpor”larini shu darajada ehtiyotlashadiki
Xudo ko’rsatmasin, biror yerini bilmay chizib qo’ying – naqd baloga qolasiz. Eng qizig’i, 
ba’zi avtosevarlar o’ta ehtiyotkor bo’lganidan avtomobilini biror joyga o’zlari urib oladi. 
Hammamiz Ergash Karimov qoyilmaqom qilib rol o’ynagan kichik miniatyuralarni 
ko’rganmiz. Ularning birida aktyor Paxtakor futbol jamoasining ishqibozi rolini 
o’ynaydi. Esladingizmi? Paxtakor yutgan kuni – dunyo gulzor. Xudo urib, Paxtakor 
yutqazib qo’ysa – oila boshlig’i ichiga shayton kirib oladi. Uning oila a’zolariga bo’lgan 
munosabati uning shaxsiy hayotiga hech bir aloqasi bo’lmagan futbol o’yiniga bog’liq. 
O’z ishqibozligini hamma narsadan muhimroq hisoblagani uchun, lavha qahramoni 
alamidan qutula olmay, rahmatlik onasidan qolgan toshoynagacha hamla qilishga tayyor 
bo’lib qoladi. 
Bu, albatta, bo’rttirilgan holat. Ammo oramizda tashqi jarayonlar ahamiyatini 
oshirib, yaqinlari hayotini zaharlash darajasiga borgan kimsalar ham bor. Bunday xatoga 
har kim yo’l qo’yishi mumkin. Axir, qanchadan-qancha odam o’z ishini, firmasini
biznesini va yana nimasinidir yaqinlarining mehridan ustun qo’yib adashadi. 
O’z maqsadining muhimligini oshirish – eng mudhish holatdir. Bunda odam o’z 
niyatiga erishish yo’lida hech narsadan qaytmaydigan bo’lib qolishi mumkin. Bunday 
odamning hayotini muhimlik to’lig’icha egallab olgan, unda zarracha baxt uchun ham joy 
qolmagan bo’ladi. 
Tashqi muhimlik tuyg’usi va u keltirib chiqaradigan muammolar haqida soatlab 
gapirish mumkin. O’ylaymanki, endi o’zingiz hayotingizda nimalarga o’ta katta ahamiyat 
berib yubordingiz-u, bu sizga qanday tashvishlar yaratib berganini tahlil qila olasiz. 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish