38
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Integrastiya tafakkur o`stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi. Integrastiya -
O`quvchi bilan individual ishlash va uni faollashtirishning muhim vositasidir.
Fanlararo aloqani darslarda tashkil qilish natijasida O`quv fanlarining soni kamayib,
samarasi puxta bo`ladi, tahsil oluvchilarni mustaqil ishlashga jalb etish oson kechadi.Integrativ
darslarni tashkil qilish orqali munozara qildirish, mustaqil tarzda ijodiy mulohaza yuritishga
o`rgatish, guruhlararo musobaqa, savol-javoblar tashkil qilish mumkin. Bunday zamonaviy dars
turlarini qo`llashdan asosiy maqsad O`quv jarayonida tinglovchilar faoliyatini faollashtirish, O`quv
materialini o`zlashtirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya
O`quvchilarda dunyoni o`zgacha tasavvur qilishga o`rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog`lashga,
nazariy qoidalarni so`zma-so`z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uyg`unligini anglashga, fikrlar
rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o`z-o`zini rivojlantirish
yo`llarini tushunishga imkon yaratadi.
Integrativ ta’limda - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish,
ularni shakllantirish o`rganiladi.
Integrastiyalash mobaynida bir-biriga bog`liqlikning hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu
tizim qismlarning ishlashi va o`rganish ob’ektining yaxlitligini tartibga solinadi. Ta’limni
integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi
tasavvur asoslarini qo‘yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini shakllantirishdir8.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog‘lanishlarni aniqlay bilish,
fanlararo bog‘lanish, ya’ni uzviylikni ta’minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Chunki fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o‘qituvchi o‘quvchilarda
o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o‘zlashtirishga yordam
beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv-tarbiya jarayonining
aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. O‘quvchilarda dialektik tarzda fikrlash ko‘nikmalari
shakllandi. Boshlang`ich ta’limdagi o`qish darslarini ona tili, tarbiya(odobnoma), shuningdek, rasm,
tabiatshunoslik, mehnat fanlari bilan bog`lab o`qitish uchun modulli dars texnologiyalariga amal
qilmoq joiz. Chunki bunday darslar O`quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikrlashga o`rgatadi.
Hozirgi kunda integrastiyaning bir necha usullari qo`llaniladi. Ulardan biri bir nechta
fanlarni bir fanga birlashtirish g`oyasidir. Bugungi kunda mazkur masalada ko`plab xorijiy
mamlakatlar olimlari boshlang`ich maktablarining o`ziga xos xususiyatini integrastiyalash
muammolarini tadqiq etmayotganliklarida ko`rish mumkin.
Ular ilgari surayotgan ayrim ta’limotlar mohiyatiga to`xtalamiz. Integrativ ta’limning bosh
maqsadi bolani tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan, bir so`z bilan aytganda dunyo bilan suhbatga
tortish, mazkursuhbat mobaynida faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar,
o`simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan tildan foydalanishga
yo`naltirish g`oyasi, kichik maktab O`quvchisiga fikr doirasi keng bo`lgan muloqot san’atining
boshlang`ich savodini egallashda yordam berish. Bu savod o`z ichiga odamlar bilan muloqotdan
tortib (tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar) o`z-o`zi bilan muloqotdan to atrof-
muhitdagi hodisalar bilan muloqotni kiritadi, integrativ ta’limning maqsadlaridan yana biri o`zi
yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog`liqlik, o`zaro yordam, moddiy va
madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy)
dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha
berish. Asosiy urg`u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki obrazli fikrlashni
rivojlantirishga beriladi.Tarbiyaning muvaffaqiyati o`qituvchi tarbiyaning u yoki bu metodi va
usulini qanchalik maqsadga muvofik qo`llanishiga, ular mazkur jamoaning tarbiyaviy tizimiga
qanchalik joriy etilganligiga, ko`llanilayotgan tarbiyaviy metodlar, usullar va vositalar tarbiya
8 Abdullayeva Q, Ochilov M, Nazarov K, “Boshlang‘ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari,-T.: 1999-yil
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |