39
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
soxasida ko`yilgan vazifalar va maqsadlarga kanchalik mos kelishiga, bola shaxsiga kompleks
ta`sirini qanchalik ta’minlashiga bog‘liqdir.
Adabiyotlar ro‘yxati
. Abdullayeva Q, Ochilov M, Nazarov K,“Boshlang‘ich maktab darsliklarini
yaratishmezonlari,-T.: 1999-yil
2. Зиёмуҳаммадов Б., Абдуллаева Ш. Илғор педагогик технология.-Т.: Абу Али ибн
Сино, 2001.-Б. 24-25.
BOSHLANG‘ICH SINF O`QUVCHILARI O`RTASIDA YUZAGA KELADIGAN
ZIDDIYATLARNI BARTARAF ETISH IJTIMOIY-PEDAGOGIK HODISA SIFATIDA
Azimova O.A.– 1-kurs magistri, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika
universiteti, Toshkent, O‘zbekiston.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasidagi yuzaga keladigan
ziddiyatlarni kelib chiqish sabablari keltirib berilgan. Konfliktlarning turlariga to`xtalib o`tilgan
bo`lib, ziddiyatli vaziyatlarga pedagogik yondashgan holda bartaraf etish yo`llari ilmiy asoslab
berilgan.
Kalit
so`zlar:
nizo,
konflikt,
ziddiyat,
konfliktologiya,
pedagogik
ziddiyat,
tushunmovchilik, tinchlik, barqarorlashtirish, o`qituvchi, o`quvchilar, boshlang`ich sinf,jamoa,
ishonuvchan, hamkorlik.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi.
Bu yo`l jamiyatimiz kelajagini o`z qo`llariga oluvchi – yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida
belgilanadi. Shu nuqtai nazardan 2020-yil 23-sentabrda “Ta’lim to`g‘risida” gi qonun qabul qilinib,
uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bundan ko`zlangan
maqsad har tomonlama yеtuk, mustaqil fikrlovchi, intellectual salohiyati yuqori bo`lgan
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim tizimini yuksaltirish, sog`lom avlodni
voyaga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda. Bu vazifani hal
qilishda ijtimoiy tarbiyaning barcha yo`nalishlari xususan axloqiy tarbiya, muhim ahamiyat kasb
etadi.
Pedagogik jarayon murakkab tizimli hodisadir. Uning yuqori ahamiyati insonning
kamolotga erishish jarayonining madaniy, tarixiy va ijtimoiy ahamiyatiga bog'liq.
Pedagogik ziddiyatlar muammosi ijtimoiy va texnik jihatdan barcha fanlarda o`z o`rniga ega
bo`lgan ilmiy bilimlar sohasiga tegishli. Pedagogik konfliktologiya nazariy va amaliy yo`nalish
bo`lib, uning asosiy maqsadi pedagogik nizolarning mohiyati va sabablarini o`rganish, ularni
amaliy tartibga solish va hal qilish usullarini ishlab chiqishdir .
Psixologiyaning dolzarb muammolaridan biri bu ziddiyat muammosi. U o`zida keng
qamrovli masalalarni qamrab oladi, ular orasida nizo tushunchasi, uning ijtimoiy hodisa sifatida
tabiati, vujudga kelish sabablari, ularni hal qilish imkoniyatlari, shuningdek nizolarning
tipologiyasi, tasnifi, ularning ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlash.
Konflikt bu o`zaro qarama-qarshi bo`lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq
to`qnashuvidir.
Ya’ni, ziddiyat - bu bir nechta subyektlar o`zaro ta’sir o`tkazadigan vaziyat bo`lib, ulardan
birining manfaatlari, qadriyatlari yoki istaklarini qondirishda oldinga qadam ikkinchisi yoki
boshqalari uchun orqaga qadam tashlashni anglatadi.
“Konflikt” va “nizoli vaziyat” kabi tushunchalarni ajratib ko`rsatish kerak, chunki ularning
orasidagi farq juda katta ahamiyatga ega.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |