37
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Tarbiya ijtimoiy xarakterga ega. Jamiyat rivojlanishi uchun u moddiy va ma’naviy
boyliklarni saqlab qolishi va uni rivojlantirish uchun bu boyliklardan unumli foydalanib, yana ham
rivojlantirib biladigan yosh avlodga muxtojdir. Bularning hammasiga tarbiya orqali
erishiladi.Tarbiya mohiyati-muayyan voqea rivojlanishining asosiy belgilari va tendensiyalarini
belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi. Shaxs tarbiyaning qonuniy natijasi
sifatida yaxlit mavjudotdan iborat. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, yaxlit
kompleks shaklida rivojlanadi. Bola o`qib rivojlanib borgan sari tarbiya fazifalari murakkablashib,
chuqurlashib, tabakalashib boradi.Tarbiya komponentlari o`zaro aloqada bo`lib, maksad, vazifa,
tarbiya mazmuni, shakllari va metodlari mushtaraqligi bilan shakllantirilishi kerak.Shuning uchun
ham “Tarbiya”darslarini maktabning barcha sinflari uchun joriy etilgan. Bu borada boshlang‘ich
sinfdagi tarbiya darslari kelajakdagi bilimlar uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.Tarbiya jarayoni
ob’yektiv ravishda aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya birligini, o`quvchilarning
ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning individual, gruppali va
ommaviy shakllari qo`shib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va
bu tizimning amal qilishini talab etadi .Tarbiya fani shaxsiy individual rivojlantirishda, uni hayotga
turli faoliyatga tayyorlashda muxim rol o`ynaydi. Bu fan inson psixologiyasini shakllantiradi.
Tarbiya metodlari deganda bola shaxsini shakllantirish maqsadida bola ongi, xis-tuyg‘ulari, irodasi
xulq atvori va munosabatlari sistemasiga ta’sir ko`rsatish usulini tushunish kerak. Tarbiya
metodlarining elementlari-tarbiya usullari deb ataladi.U yoki bu tarbiya vazifalarini xal etishning
maqsadga muvofik tashkil etilgan metodik yo`llari tarbiya metodlari deb ataladi. Ko`rgazmali
qurollar, kitoblar, radio, televideniye hamda bolalarning faoliyat turlari o`qish mehnat, o`yin,
fizkultura va sport tarbiya vositalari bo`la oladi.Guvohi bo‘lganingizdek “Tarbiya” fanibir
nechtafanlarni qamrab oladi.Bu fanni o‘tishda zamonaviy innovatsiya va integratsiyalashgan
darslarni tashkil etishning katta ahamyatga ega.
Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya – alohida elementlarni yig‘ib,
ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin. Shuningdek, ko‘pchilik olim va
metodistlar integratsiya muammosining mazmun-mohiyatini aniqlash bo‘yicha fikr berganlar
Hozirgi kunda "Integratsiya" tushunchasining aniq ta’rifi metodik adabiyotlarda, bu muammo
bo‘yicha shug‘ullangan olimlar tomonidan bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflarda berilgan.
A.G`ulomov hamda H.Ne’matovlar ta’kidlashicha, integrativ jarayonlar boshqa fanlardan
olingan ma’lumotlardan foydalanib, O`quvchilarni har tomonlama bilimli qilish imkoniyatiga ega
bo`lishdir. Bunda O`quvchilar badiiy uslubni adabiyot fanidan, ilmiy uslubni biologiyadan, kimyo,
fizika, matematika, ish qog`ozlari uslubini huquq asoslari fanlaridan olingan materiallar asosida
o`rganishlari nazarda tutiladi 5.
Integrastiyaning mazmun mohiyati Farididdin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir:
“Bu ro`yi zaminda mayda narsaning o`zi yo`q, hamma narsa bir-biriga bog`liq va bir-birini
to`ldiradi”6.Metodist B.Ziyomuhammedov va Sh.Abdullaevalar O`quv jarayoni texnologiyasi
alohida olingan bitta darsga, bitta mavzuga yoki O`quv predmetining bir qismiga, butun O`quv
predmetiga tuzib chiqilishi lozimligini ta’kidlab, uning 5 ta tamoyili borligini ko`rsatadi:
Birinchisi - muayyan dars, mavzu, qism, O`quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni
shakllantirib olish;
Ikkinchisi-darsni yoki O`quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan
maqsad va modullar ichida hal qilinishi lozim bo`lgan masalalar tizimini aniqlab olish;
Uchinchisi - modul ichida testsavollarini tuzib chiqish;
To`rtinchisi - maqsadlarga etish usullarini aniqlash,
Beshinchisi - bir butunlik tamoyiliga asoslanib, dars qismlari orasidagi zaruriy bog`liqliklar
va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish hisoblanadi7.
5 Ғуломов А., Неъматов Ў. Она тили таълим мазмуни.-Т.: Ўқитувчи, 1995.-Б. 38.
6 Қаранг: Рўзимуҳаммад Б. Буюк шахслар силсиласи // Маърифат. - 2002. -№26. -Б.6.
7 Зиёмуҳаммадов Б., Абдуллаева Ш. Илғор педагогик технология.-Т.: Абу Али ибн Сино, 2001.-Б. 24-25.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |