33
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
ta’lim va tarbiya jarayoni uzviy bog‘liq ekanini ham ta’kidlab, jumladan shunday deydi: «Dars ila
tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga
boylangan jon ila tan kabidur». 4. Axloq tarbiyasi. Alloma insoniy xulqlarni yaxshi va yomon
toifalarga ajratadi va har biriga alohida tushuntirish berib o‘tadi, fikr-mulohazalarini hayotiy
misollar orqali dalillashga harakat qiladi. Chunonki, yaxshi xulqlarni shunday izohlaydi: «Yaxshi
xulq – bir qismi o‘z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshi ishlatmak uchun kerakli bo‘lgan
yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm,
intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako,
hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munsilik, sadoqat,
muhabbat va avfdur ». Yomon xulqlar esa quyidagicha keltiriladi: «Insonlarni saodati abadiyadan
mahrum qiladurgon, janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmun, hayoti jovidonimizda masmun
bo‘lgan axloqi zamimalar: g‘azab, shahvat, jaholat, safohat, hamoqat, atolat, hasosat, raxovat,
anoniyat, adovat, namimat, g‘iybat, haqorat, jibonat, hasad, nifoq, ta’ma, zulmdur», deydi va
ularning har biri borasida alohida to‘xtalib, ularning mazmun-mohiyatini, ijtimoiy zaruratini
yetarlicha asoslab beradi. «Turkiy guliston yoxud axloq» risolasida Avloniy, shuningdek, har bir
kishi o‘z vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy bo‘lsa, o‘z shogirdlarining ko‘ngliga
ma’rifat ishqini solishi, xalq o‘rtasiga ma’rifat tarqatishi zarurligini ta’kidlaydi, ilm-hunar
egallashning ijtimoiy ahamiyatini ko‘rsatadi: Hozirgi zamonda maqsadga yetmak, o‘z millatiga
xizmat qilmoq, xalqga maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning
hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanadur. ...Mol topmoqning eng barakatli yo‘llari:
hunarmandchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu
zamonamizda bilim lozimdur ildizi ham shunga borib taqaladi. «Turkiy guliston…»da aql va
ilmning, ma’naviy-axloqiy olamning favqulodda ehtiros bilan ulug‘lanishi adib ma’rifatchiligining
bevosita mazmunidan kelib chiqadi. Mana u nima deb yozadi:«Aql insonlarning piri komili,
murshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir…». [1.23]
Bu borada yurt boshimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday deydi, “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi
farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz –
yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan
qonun hujjati – 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun
ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i
yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh
avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega,
yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi
uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar
sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining
muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi. Alohida ta’kidlash joiz,
«2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham bu masala alohida o‘z aksini topdi. Masalan, yoshlarning
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi: Birinchidan, jismonan
sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai
nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; Ikkinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar
va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga
jalb etish; Uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va
ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni
jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish. [2] Yoshlarni yertangi kunga tayorlash, ularni xam
aqlan xam jismonan yetuk inson qilib tarbiyalash, kelajakda jamiyatga foydali shaxs bo‘lishi uchun
biz pedagoglar ularga to‘gri yo‘l ko‘rsatishimiz zarur. Xar bir bolaning o‘z qiziqishlaridan kelib
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |