32
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA TA’LIM TARBIYAMASALALARI
Abrorxonova K.A. – Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedra mudiri
PhD, Barotova M.Sh. – magistrant, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti, Toshkent O‘zbekiston.
Annotatsiya:
maqolada Abdulla Avloniy va prezidentimizning ta’lim tarbiyaga bo‘lgan
qarashlari, etiborlari va fkir muloxazalari keng o‘rin olgan.
Tayanch so‘zlar:
ta’lim, tarbiya, axloq, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, sport, xulq, aql.
Аннотация:
В статье представлен широкий спектр взглядов, мнений и мнений
Абдуллы Авлони и нашего Президента по вопросам образования.
Ключевые слова:
образование, воспитание, этика, физическое воспитание,
умственное воспитание, спорт, поведение, интеллект.
Annotation:
The article covers the views, attitudes and opinions of Abdullah Avloni and
our President on education.
Keywords:
education, upbringing, ethics, physical education, mental education, sports,
behavior, intelligence.
“Tarbiya” so‘zining ma’nolari ko‘p bo‘lsa-da, milliy an’analardan kelib chiqsak, avvalo
uning “axloqiy” sifati uyg‘onadi. Chunki, ota-bobolarimiz bola axloq-odobini tarbiyaning boshqa
turlariga nisbatan ustun qo‘yishgan. Abdulla Avloniy ham “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida
bola tarbiyasiga yondashganda, uni jismoniy, fikriy va axloqiy turlarga ajratib, axloqiy tarbiyaga
alohida e’tibor qaratadi. Shu o‘rinda “ta’lim” va “tarbiya” so‘zlarining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib
o‘tmoqchiman. Milliy tarbiya tarixining atoqli namoyandasi Abdulla Avloniy qarashlarida “tarbiya”
so‘zining ma’no qamrovi “ta’lim”ga qaraganda birmuncha kengligini , hatto “ta’lim” mazmun-
mohiyati jihatidan “fikr tarbiyasi” yoki “aql tarbiyasi” sifatida tarbiyaning tarkibiy qismidir. O‘zbek
tilining izohli lug‘atida tarbiya so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “rivojlantirish, parvarish qilish, o‘stirish;
o‘rgatish; ilm berish” singari bir qator ma’nolarni anglatishi yozilgan. Abdulla Avloniy tajribali
pedagog sifatida inson tarbiyasiga go‘dakligidanoq jiddiy e’tibor qaratish zaruratini ilgari suradi.
Alloma bola tarbiyasi borasida fikr yuritar ekan, ushbu mulohazalarni muhim sanaydi: «Agar bir
kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, Allohu akbar, bunday kishilardan
yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur». Avloniy ta’kidicha, bolalarda
axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar
g‘oyat katta ahamiyatga ega. Shu asosda u bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi bo‘limlarga
ajratadi va ularning ahamiyatini tavsiflaydi: 1. Tarbiyaning zamoni. Ushbu bo‘limda Avloniy
tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat, atrof muxit
va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi: «Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy
ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p
jihatdan bog‘liq», deb hisoblaydi adib. Tarbiya inson dunyoga kelgandan boshlanib, umrning
oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan – uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik
tarbiyasidan iborat. 2. Badan tarbiyasi. Tarbiyani birgina axloq bilan chegaralab bo‘lmaydi. U
birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Avloniyning fikricha, sog‘lom
fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur: «Badanning
salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq,
o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir». 3. Fikr tarbiyasi. Abdulla
Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa,
uning fikri, tafakkuri tarbiyasini o‘qituvchilar faoliyatiga bog‘laydi: «Bolalarda fikrlash qobiliyatini
o‘stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa».
Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur...
Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur». Shu o‘rinda alloma
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |