45
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
baholashga, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi. Ko‘plab xorijiy
o‘quvchilarning umumta’lim fanlaridan bilim darajasini aniqlashning maxsus imtihon tizimi ishlab
chiqilib, sertifikat berish joriy etilgan. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida SAT, Buyuk
Britaniyada GCSE, A-lavels, Rossiya Federatsiyasida YeGE maxsus imtihon tizimlari yo‘lga
qo‘yilgan. Yurtimizda ham xuddi SAT, A-levels, YeGE kabi maxsus test tizimini joriy etilishi
davlat siyosati darajasidagi ustuvor masalalardan biridir.12
Dunyoda tillarni o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan bo‘lib, dars jarayonida
lingivistik kompetensiyalarni shakllantirish nutqiy kompetensiya-larning rivojlanishiga olib keladi.
Shu o‘rinda chet tillarni o‘qitish bilan ona tilini o‘qitish maqsadlari ma’lum ma’noda farq qilishini,
ularni bir chiziqda tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidlash lozim. Shunga qaramay, ingliz tilini
o‘rganish bo‘yicha belgilangan darajalar ona tiliga ham tatbiq qilinmoqda. Til o‘rganishga
qo‘yilgan mazkur talablar asosida tinglash, gapirish, o‘qish va yozish malakalari shakllanadi.
Rivojlangan davlatlarning til o‘qitish metodikasida gapirish (speaking), yozish (writing) kabi
mashg‘ulotlar, asosan, mashqqa tayanadi, mashq va topshiriq aniq farqlanadi, o‘z o‘rnida ishlatiladi.
Shu sababli ularning til o‘rganish kompetentligi yuqoridir.13 Shuningdek, PISA, PIRLS kabi
xalqaro baholash tizimlari orqali dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligi aniqlanmoqda.
Respublikamizda ham ona tili o‘qitish kompetensiyaviy yondashuvga asos-landi. Umumiy
o‘rta ta’lim tizimidagi ona tili darslaridagi o‘quv materiallari mazmunini takomillashtirish,
o‘quvchilarda adabiy tildan kommunikativ foydala-nish ko‘nikmalarini shakllantirish, uning
natijasida grammatik, uslubiy va imloviy savodxonlikni oshirish bugungi kunda davlat siyosati
darajasidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Ona tilini o‘qitish orqali o‘quvchilarda kreativ
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Zero, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi
sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – deb ta’kidlanishi ona tili ta’limi
oldiga mamlaka-timiz yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli bayon
qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo‘yadi. Shu ma’noda
umumiy o‘rta ta’lim tizimida grammatikani o‘qitish orqali o‘quvchi-larda nutqiy hamda lingvistik
kompetensiyalarni, xususan, adabiy tilning grammatik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmasini to‘la
shakllantirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, so‘z boyligining oshishiga zamin yaratish va
mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun darsliklardagi o‘quv materiallarining metodik ta’minotini
takomillashtirish zarurati mavjud.
Shu kunga qadar o‘quvchidan talab qilingan hujjatlar jiddiy muammo sifatida ko‘tarilib
kelingan bo‘lsa, endilikda muammo faqat buning o‘zi bilan cheklanib qolmaganligida ekanligi
namoyon bo‘ldi. Ona tili ta’limida xorij tajribasi asosida kirib kelayotgan yondashuvlar darsliklar
qayta yozish kechiktirib bo‘lmas dolzarb masala ekanligini ham ko‘rsatmoqda.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Mirziyoev Sh. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.:
O‘zbekiston – 2016;
2.
Lerner Ya. Didakticheskie osnovi metodov obucheniya Tekst./ I.Ya. Lerner. –M. : Pedagogika,
1981;
3.
G‘ulomov A., Ne’matov H.Ona tili ta’limi mazmuni. Ona tili o‘qituvchilari uchun qo‘llanma. –
T.: O‘qituvchi, 1995;
12 Abdiraimov.Sh. “Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-
amaliy 6-onlayn konferensiya materiallari. Andijon. 2020-yil, 35-bet ;
13 Hamroev G‘. Umumiy o‘rta ta'lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta'minotini
takomillashtirish. pedagogika f.f (PhD) olish uchun yozilgan diss. Samarqand–2019 yil, 5-bet
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |