326
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
imkoniyatlarini aniqlashga harakat qildik. Shu yoʻnalishda oʻtkazilgan darslardan biri ona-tili va
adabiyot fani bilan bogʻliq ravishda tashkil etildi.
Bu oʻrinda mumtoz musiqa mavzusidagi darslarni adabiyot va ona tili fani bilan oʻzaro
aloqadorlikda tashkil etishdagi keng imkoniyatlarga ega ekanligi e’tiborga olindi. Oʻzbek mumtoz
musiqasi mavzusidagi qoʻshiqlarni tinglash, oʻrganishda ularni asosan, mumtoz adabiyot
vakillarining sh’er, gʻazallariga bastalangan, yuksak ijod namunalari ekanligigahamda she’riy
matnda k’oplab soʻzlarni hozirgi kunda iste’molda boʻlmaganligi tufayli oʻquvchi-yoshlarni
tushunmasligi, pirovardida asar gʻoyaviy-badiiy mazmunini toʻliq idrok etolmasliklari, she’riy
matn mazmunini sharhlashda ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilarning hamkorligi yaxshi samara
beradi.
Oʻzbek qoʻshiqchilik san’atida mashhur va ma’lum, juda koʻplab hofizlar, xonanadalar
qatori havaskorlar tomonidan ham sevib kuylanib kelinayotgan Guluzorim asari umumta’lim
maktablarining 6- sinf musiqa repirtuariga tinglash uchun kiritilgan. Bu asar oʻzbek bastakorlik
ijodiyotining nodir namunalaridan boʻlib, uni mashhur san’atkor, hofiz, mumtoz va maqom
ashula va kuylarning mohir ijrochisi Hoji Abdulaziz Abdurasulov hazrat Alisher Navoiy gʻazaliga
bastalagan. Biz mana shu qoʻshiqni “musiqa tinglash” jarayoinida oʻquvchilarga eshittirish va bu
asar haqida keng va atroflicha bilim, tushunchalar berish bilanuni mumtozlik xususiyatlarini
toʻlaqonli idrok etishlariga erishish maqsadida darsga alohida tayyorgarlik koʻrdik (albatta, ona tili
va adabiyot fani oʻqituvchilari yordamidan foydalangan holda).
1. Alisher Navoiy ijodi, uning juda koʻplab gʻazallari oʻzbek milliy musiqasining eng nodir
va bebaho ashulalari sifatida xalqimizning madaniy va ma’naviy xazinasidan munosib joy olib
kelayotganligi haqida ma’lumotlar toʻplandi. Munojot (Sarvi gulru kelmadi), Ushshoq (Qaro
koʻzim), Shitob aylab, Koshki, Koʻcha bogʻi, Ey sabo va hokazo).
2. Alisher Navoiyning adabiyotimiz rivojiga, tilimizning taraqqiyotiga qoʻshgan bebaho
xizmatlari haqida muhtasar suhbat matni tayyorlandi.
3. A.Mahmudovning “Hoji Abdulaziz Abdurasulov” nomli kitobidan bu buyuk hofiz va
bastakorning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid 3-4 daqiqaga moʻljallangan ma’lumotlar olindi.
4. Bir oʻquvchiga “Gulizorim” ashulasining gʻazalini yod olish va ifodali oʻqish topshirildi.
5. Gʻazal matnining gʻoyaviy-badiiy mazmunini sharhlash uchun adabiyot oʻqituvchisi taklif
etildi.
Doʻstlarim bir nozanin ishqi bu hol etmish mani,
Zulfi savdosi bu yangligʻ poymol etmish mani.
Lola gul ruhsori hajr, ashkimni ol etmish mani.
Bir pari paykar gʻami oshufta hol etmish mani,
Elga ahvolim demakda gungu lol etmish mani,
Ey gulizorim, rahm ayla nigorim.
Ishqi yetkurmish meningdek telbani bu yerga kim,
Teshilur koʻksim malomat oʻqidin har yerdakim.
Yoʻq majolim oʻyla holimdin oʻzinga dergakim,
Men havoyini ne tong koʻrguzsalar bir-birgakim.
Egma qoshi fikri andogʻ kim hilol etmish mani.
Ey gulizorim, rahm ayla nigorim.
6. Gʻazal matnidagi “zulf”, “poymol”, “ruxsor”, “hajr”, “ashk”, “ol”, “oshufta”, “lol”, “men
havoyini”, “hilol”, “majnun”kabi soʻzlarga sharh beriladi.
Dars soʻnggida oʻquvchilardan dars haqida fikrlari soʻralganda ular yakdillik bilan yaxshi
taassurot olganliklarini ta’kidlashdi.
Mazkur darsning yakuniy xulosalari Musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etish
oʻquvchilarni qiziqish va faolliklarini oshirishga keng imkoniyat yaratishini koʻrsatdi. Bu borada
fanlararo aloqadorlikda oʻtkaziladigan darslarni oldindan rejalashtirish, unda fanlarning aloqadorlik
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |