Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
332 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni 
rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yo’q edi, olingan bilimlar barcha o’quvchilar tomonidan turli 
hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo’lmagan.
Siz ishtirok etadigan yo’nalish juda muhim va yuqori natijalar berishi dargumon. Lekin 
ularni to’g’ri idrok etish uchun, albatta, tadqiqotga jalb etilgan hamkasblarimiz postsovet 
mamlakatlarida bo’layotgan voqealarni yaxshi tahlil qilishlari zarur. Xuddi shu maqsadda vebinar 
davomida Belarusь va Qozog’iston Respublikasining natijalarini ko’rsatib o’tdim. Bu sizga ilgari 
umumiy ta’lim tizimiga ega bo’lgan qo’shni mamlakatlar qanday natijalarga erishilganligini ko’rish 
imkonini beradi. Agar mamlakatingizda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgani, boshqa mamlakatlarda 
qanday o’zgarishlar ro’y berayotgani haqida tushunchaga ega bo’lsangiz, hech bo’lmaganda 
natijalar qanday bo’lishi va eng muhimi, odamlarni qanday tayyorlash haqida ba’zi bashoratlar 
qilishingiz mumkin. Bu natijalarni Rossiya bilan solishtirib bo’lmasa kerak. Ta’lim tizimini 
o’zgartirmasdan juda ko’p ishlarni amalga oshirgan Belarusь va Ukraina (ayniqsa Belarusь) 
Rossiya bilan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Lekin hali ham o’rtacha xalqaro natijalari ancha 
past. Men nima uchun shundayligini tushuntirib o’tdim: bizning ta’lim tizimimiz yaxshi va 
mustahkam bilimli muhandis kadrlar tayyorlashga asoslangan boshqa yo’nalishga ega edi. Bu juda 
muhim, lekin biz boshqa tomonni ta’minlay olmadik.
SHuning uchun maslahatim maqsadga bosqichma-bosqich erishish, e’lon qilingan g’oya va 
islohotlarni joriy etish. Boshqa tomondan, natijalarni batafsil muhokama qilish uchun jamoatchilik 
va professional hamjamiyatni tayyorlashimiz, biz bu natijalar bilan nima qilishimiz va ushbu 
natijalarni rivojlanish uchun platforma sifatida qabul qilish bo’yicha mamlakatni tayyorlash kerak.
Xalqaro ekspert sifatida MDH davlatlari ta’lim tizimi va ularning xalqaro tadqiqotlar 
borasidagi tajribasi bilan tanishsiz. Sizningcha, o’zbekistonlik o’quvchilar PISAning qaysi 
sohalarida yaxshi natijalar ko’rsata oladi va qaysilarida esa yo’q?
Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq 
natijalar yo’q va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu bo’yicha o’z taxminlarimni aytishim mumkin. 
Matematika va tabiiy fanlar bo’yicha natijalar o’qish savodxonligi bo’yicha ko’rsatkichlardan 
yuqori bo’ladi deb o’ylayman.
Gap shundaki, PISAda o’qish savodxonligini baholash vositalari keskin o’zgargan. Bu 
borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini ko’rdik. SHuningdek, 
o’quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompьyuter platformasi) 
joriy qilinibgina qolmay, balki o’quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko’p o’lchovli 
matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo’lgan 
matnlar. SHuning uchun bu yo’nalishda o’zbekistonlik maktab o’quvchilarining natijalarida uncha 
katta siljish bo’lmasligi mumkin, deb o’ylaymiz. Lekin umid qilamizki, matematika va tabiiy 
fanlardan, Qozog’iston, Ozarbayjon va Gruziya kabi mamlakatingiz ham dastlabki bosqichlarda 
yaxshi natijalar ko’rsatadi. Biz bundan umidvormiz.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish