Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
331 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko’maklashish dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish 
uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019 yil fevral).
Mazkur loyiha doirasida o’zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun 
Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan 
mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta 
qiziqishga ega bo’lgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. 
Oldiga aniq maqsad qo’yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo’lgan 
edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o’z oldiga aniq maqsad qilib qo’ygan.
Prezident va hukumat tomonidan ta’lim tizimi oldida aniq vazifalar qo’yilgani, bu 
shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki ta’lim tizimining qanday ahvoldaligi haqida 
ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini yaxshilashga ko’maklashadigan va uni yanada raqobatbardosh 
qiladigan yo’nalish ekanligi hammaga tushuntirilganligiga amin bo’ldik.
Bizning nazarimizda, birgalikda o’tkazayotgan seminarlarimiz O’zbekistonning 
raqobatbardoshligini global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga 
tayyorlash uchun juda muhim. Umid qilamizki, ushbu seminar doirasida muhokamadan so’ng 
o’qituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratishga kelishib olamiz. O’zbekiston ta’lim 
inspektsiyasi va vazirlik tomonidan o’zbekistonlik va rossiyalik pedagoglar, metodistlar va ta’lim 
sohasi mutaxassislari o’rtasida o’zaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ushbu platforma 
orqali biz tajriba almashish va turli mamlakatlarning natijalarini o’rganish, tadqiqotga qanday 
tayyorgarlik ko’rishlarini tahlil qilish va mamlakatni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash vositalarini 
birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz.
Ishonchim komilki, o’zbekistonlik hamkasblarimning professional darajasi, qiziqishi va 
motivatsiyasi yaqin orada yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham men hamkorligimizni yuqori 
baholay olaman.
PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish 
kerak?
Yaxshi natijalar ko’rsatish uchun hech bo’lmaganda 2 maqsadga ega bo’lish kerak: 
birinchisi, o’qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero 
xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati o’qituvchilarning kasbiy darajasiga bog’liq, 
deb aytishmaydi. Demak, o’qituvchilarni tayyorlashga mablag’ ajratish va yangi o’quv 
materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, 
moliyalashtirishi va uslubiy qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o’qituvchilarni maqsadli tayyorlash 
va ta’lim jarayonida o’qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o’zgartirish zarur. Buning uchun 
biz o’qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz 
va o’qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan 
ta’minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va siz hozir to’g’ri yo’ldasiz, ancha oldin PISA va PIRLS 
tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to’plamlarni chop etdingiz. 
Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo’layotgan muammolarni hal 
qilish ustida ishlash kerak.
PISAda ishtirok etish O’zbekistonga nima beradi?
PISA natijalari 2023 yil oxirida e’lon qilinadi. Menimcha, bu juda muhim qaror. 
Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan 
emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Bu birinchisi.
Ikkinchidan, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib 
bo’lmaydi. Rossiya 2000 yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA bo’yicha 
bizning natijalar o’rtacha xalqaro darajadan past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya 
kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) 
ning o’rtacha ko’rsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus 
maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet maktabi) ko’proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish