Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
324 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
MAKTABLARDA GEOGRAFIYA DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRIHSGA 
DOIR AYRIM MULOHAZALAR 
 
Аtajanova M.– 10-maktab geografiya fani o’qituvchisi, Chust tumani, Namangan, 
O’zbekiston. 
 
Dunyoda hech bir kasb egasi yoʻqki, oʻqituvchi kabi jonkuyar, fidoyilik talab qilinadigan. 
Maktabga ilk qadam qoʻygan bolakay bamisli yozilmagan oq qogʻoz kabi begʻubor va pokizadir. U 
hali oʻz ertasi, kelajagi haqida tasavvurga ham ega boʻlmagan murgʻak qalb egasi,uni faqat va faqat 
yoʻnaltirish, orzulari ortidan ergashtirish, imkoniyatlar eshigini ochib bermoq darkor. Bunday ogʻir 
va oʻz oʻrnida mas’uliyatli vazifa shubhasiz oʻqituvchi zimmasiga yuklanadi. Aynan shu sabab 
oʻqituvchiga bu qadar yuksak baho beriladi. Shu oʻrinda mamlakatimiz tomonidan oʻqituvchi 
murabbiylarimizga berilgan imkoniyatlar, koʻrsatilayotgan e’tibor tahsinga loyiqdir. Jumladan 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Pedagog kadrlarning xizmatiga haq toʻlashning 
takomillashtirilgan tizimining joriy qilinishi” kabi bir qator qonunlarning chiqarilishi 
oʻqituvchilarimizdan yanada yuksak mas’uliyat talab qiladi. 
Geografiya ta’limi deganda o’quvchilarga tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy komplekslarning 
tuzilishi va asosiy qonuniyatlari haqida bilimlar beradigan geografiya fanlari tizimiga aytiladi. 
Geografiya ta’limi metodikasi esa maktablarda va kasb-xunar kollejlarida tabiiy geografiya, 
iqtisodiy geografiya va boshqa maxsus geografiya fanlarini o’qitish jarayonini o’rganadigan va 
pedagogika fanlari tizimiga kiradigan fandir. Geografiya ta’limi metodikasi umumiy didaktika va 
tarbiya nazariyasi bilan chambarchas bog’langan. Didaktika fani ta’lim berish va tarbiya jarayonini 
umumiy qonuniyatlarini, ta’lim mazmunini tadqik qiladigan nazariy fandir. Didaktika fani aniq 
o’quv fanlarini o’qitish metodikasi bilan shug’ullanmaydi. Ayni vaqtda har bir o’quv fani o’ziga 
xos xususiyatlarga ega. Ularning ayrimlarini maqsadi nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish 
(geografiya, geografiya, kimyo), ayrimlari faqat ko’nikmalarni (chet tillar), boshqalari esa borliqqa 
estetik munosabatda bo’lishini shakillantiradi (tasviriy san’at). Shuning uchun alohida fanlarni 
o’qitish metodikasi bilan hususiy didaktika fanlari shug’ullanadi. Mazkur fanlar qatoriga 
«Geografiya o’qitish metodikasi» fani ham kiradi. Geografiya o’qitish metodikasining nazariy va 
amaliy jihatlari mavjud. Geografiya o’qitish metodikasi fani quyidagi nazariy va amaliy 
metodologik muammolarni tadqiq qiladi: a) geografiya o’qitish metodikasining predmeti, tadqiqot 
usullari, rivojlanish tarixi; b) geografiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalarini umumiy va 
alohida predmetlar bo’yicha aniqlash; v) ta’lim va tarbiyaning birligini amalga oshirish; 
Jаmiyat tаrаqqiyotini hаr tоmоnlаmа yеtuk oʻqituvchilаrsiz tаsаvvur etish qiyin. Bugungi kun 
tаlаbi esа Yangi tехnоlоgiyalаrgа аsоslаngаn hоldа gеоgrаfik vоqеа vа hоdisаlаrni, gеоgrаfik 
jаrаyonlаrni, ulаrning sаbаb vа оqibаtlаrini, qоnuniyatlаrini, tаbiiy vа iqtisоdiy-ijtimоiy 
tushunchаlаrni bilim оluvchilаrgа yеtkаzа оlishgа qоdir yuksаk mаlаkаli oʻqituvchilаrni tаyyorlаsh 
hisоblаnаdi. Bu vаzifаni а’lо dаrаjаdа bаjаrish uchun Vаtаnimizgа fаnni chuqur bilаdigаn, mеtоdik 
jihаtdаn yuksаk tаyyorgаrlikkа egа boʻlgаn mutахаssislаr kеrаk boʻlаdi. Ushbu kursdа tаlаbаlаrgа 
аynаn shundаy pеdаgоg boʻlib еtishishlаri uchun yеtаrlichа bilim bеrish vа mаlаkа shаkllаntirish 
nаzаrdа tutilgаn. Hаr bir shахsning qоbiliyati vа istе’dоdini rivоjlаntirish, tаkоmillаshtirish оrqаli 
jаmiyatning tа’limgа boʻlgаn ehtiyojini qоndirish tаlаb qilinаdi. 
Barchaga ma’lumki, jamiki fanlar bir-biri bilan bogʻliq, ular doim bir-birini toʻldirib, bir-
birini rivojlantirib boradi. Birining yutugʻi boshqasining ravnaqiga sabab boʻladi. Xuddi shu oʻrinda 
geografiya fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida toʻxtalib oʻtsak, chunki geografiya fani 
qadimgi ya’ni ilk paydo boʻlgan fanlardan biri boʻlib, aynan uning tarkibidan koʻpgina fanlar ajralib 
chiqqan deyishga toʻla asosimiz bor. Fan haqida shunday aqidalar mavjud: Geografiya hozirgi 
kunning tarixidir, 
Tarix esa oʻtgan kunlar geografiyasidir. Yoki, Geografiya geologiyadan idealogiyagacha 
oʻrganadi. Ushbu ta’riflar geografiya faninig nechogʻlik keng tarmoqli ekanligidan dalolat beradi. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish