4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana04.04.2022
Hajmi1,06 Mb.
#527288
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 mavzu



4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati 
Reja: 
4.1. Maksimal va minimal narxlar. 
4.2.Narxning bozor faoliyatiga ta’siri. 
4.3. Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari. 
4.1. Maksimal va minimal narxlar 
Bozor 
muvozanatini 
ta’minlashda 
iste’molchi 
va 
ishlab 
chiqaruvchi 
ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish 
maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko’zda tutadi.
Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga 
solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko’zlaydi: ishlab chiqaruvchilarni 
qo’llab-quvvatlash yoki iste’molchilarni qo’llab-quvvatlash . Iste’molchilarni narx 
tomondan qo’llab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat 
darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni o’rnatadi. Bunda 
sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon 
qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o’rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga 
keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yo’qoladi, biroq narxlar qayd etilgan 
sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo’ladi. 
Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida harid qila olmagan 
iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug’ilishidir. Biroq, uning 
salbiy tomonlari ko’proq: 

ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;

ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi;

bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda 
turganlarga ham u etmasligi mumkin;

“qora bozor”ning paydo bo’lishi va boshqalar. 
Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida narxlarning 
quyi chegarasini qonuniy ravishda o’rnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan 
yuqori bo’lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo bo’ladi. Demak, davlatning 
bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni o’rnatish yo’li 
bilan aralashuvi ham yo’qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz 
hisoblanadi. 
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham 
qo’llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilishini samaradorligi 
pasayishiga va sof yo’qotishlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o’rnatiladi. Agar o’rnatilgan narx 
̃
muvozanat narxidan P
e
kichik bo’lsa 
̃
e
(P
e
- muvozanat narx) va narxni undan 
yuqori belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha o’rnatilgan 
narx 
̃
muvozanat narxidan P
e
katta bo’lsa, 
̃
>P
e
(P
e
-muvozanat narx) va narxni undan 
pastroq belgilash ta’qiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi.


Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum 
darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni 
himoya qilish uchun davlat tomonidan o’rnatiladi.
Talab va taklif nazariyasiga ko’ra, maksimal narxning o’rnatilishi mahsulot 
tanqisligiga olib keladi. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish