Buyrak usti bezlari mag‘iz qismi giperfunksiyasi.
Buyrak usti bezlari
mag‘iz qismi yaxshi sifatli o‘simasining katekolaminlarni ortiqcha sekresiya qilishi
oqibatida feoxromotsitoma kasalligi kelib chiqadi. U arterial gipertenziya
xurujlarini keltirib chiqaradi, bu vaqtda taxikardiya paydo bo‘ladi, qon bosimi
ko‘tariladi, epigastral soxada o‘tkir og‘riq va terlash paydo bo‘ladi. Xurujlar
adrenalin va noradrenalinni qonga massiv ravishda chiqarilishi natijasida, ruhiy
yoki jismoniy stress va boshqa qo‘zg‘atuvchi ta’sirlari vujudga kelishi bilan paydo
bo‘ladi.
JINSIY BEZLAR FUNKSIYaSI BUZILIShI
Jinsiy
bezlarning
gipofonksiyasi.
Jinsiy
bezlarning
endokrin
funksiyasining yetishmovchiligi (gipogonadizm) ularni jarrohlik yo‘li bilan olib
tashlash (kastratsiya), yallig‘lanish jarayoni, toksinlar, ionlashtiruvchi nurlanish
ta’siri, gipotalam-gipofizar regulyatsiyasi buzilishi yoki trop, gonadotropik
gormonlarga jinsiy bezlarning befarqligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Alohida
guruh xromosoma anomaliyalari, gen mutatsiyalari yoki patogen omillarning
(gormonal muvozanat, stress, virusli infeksiya va boshqalar) homila neyroendokrin
tizimiga ta’siridan kelib chiqqan jinsiy rivojlanishning tug‘ma kasalliklarini
keltirib chiqaradi. Moyaklarning yorg‘oqqa tushishi buzilishi (kriptorxizm),
gipoplaziya yoki moyaklar va tuxumdonlarning yo‘qligi, psevdogermafroditizm,
kabi tug‘ma nuqsonlar gipogonadizm bilan birga keladi. Jinsiy bezlarning
birlamchi shikastlanishlarida yoki gonadotropik yetishmovchilik tufayli
ikkilamchi gipofunksiyada deyarli o‘xshash gipogonadizmning asosiy belgilari
namoyon bo‘ladi.
Eksperimental hayvonlardagi jinsiy bezlarning gormonal yetishmovchiligi
kastratsiya, jinsiy bezlarda gormonlar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki
ularning hujayra reseptorlarini to‘sib turadigan dorilarni yuborish yo‘li bilan xosil
qilinadi.
Xayvonlarni kastratsiya qilish, ularning tashqi ko‘rinishini o‘zgarishiga,
suyaklarning cho‘zilishi va ingichkalashiga, mushak to‘qimalarining massasining
kamayishiga va tanada ortiqcha yog‘ to‘planishiga olib keladi. Kastratsiya qadimgi
vaqtlardan xozirgi kungacha chorvachilikda hayvonlar massasi oshirish,
mahsuldorlikni oshirish uchun qo‘llaniladi. Jinsiy bezlarning endokrin
funksiyasining yetishmovchiligi erkaklarda ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy a’zolar
(jinsiy olat, urug ‘pufakchalari va prostata bezi) rivojlanmaganligi, ayollarda
bachadon va uning ortiqlari rivojlanmaganligi, reproduktiv tizimda siklik
o‘zgarishlarning yo‘qligi, bepushtlik bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu buzilishlar
jinsiy steroidlarning ta’sirini yo‘qligi bilan bog‘liq.
Balog‘at yoshidan keyin amalga oshiriladigan kastratsiya asosan jinsiy
a’zolarning metabolizmiga va funksiyalariga ta’sir qiladi, bunda ularning
atrofiyasi, jinsiy instinktlarning yo‘q bo‘lib ketishini, bachadondagi siklik
jarayonlarning to‘xtashi, sut bezlarini va ikkilamchi jinsiy belgilar involyutsiyasini
keltirib chiqaradi.
Balog‘at yoshidan oldin odamlardagi kastratsiya yoki gipogonadizm
natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar hayvonlardagi tajribalarda kuzatilganlarga
juda o‘xshashdir. Erkaklardagi klinik sindrom evxoidizm deyiladi. Bu nafaqat
moyaklardagi jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishining yo‘qligi yoki ingibitsiyasi,
balki to‘qimalarning testosteronga tug‘ma befarqligi (testikulyar feminizatsiya
sindromi) yoki testosteronni faol metabolitga aylantirish uchun javob beradigan
digidrotestosteron fermentdagi nuqsonning natijasi bo‘lishi mumkin.
Voyaga etgan odamda moyak funksiyasining etishmasligi
kastratsiya
sindromi
deyladi uning sababi, travma yoki jarrohlik aralashuvi shuningdek, xavfli
o‘smalarni davolash uchun ishlatiladigan farmakologik vositalar yordamida
moyaklar endokrin funksiyasini pasaytirish hisoblanadi. Erkaklarda impotensiya
asta-sekin rivojlanadi, metabolizm buziladi, bu esa giperxolesterinemiya, yog
‘to‘qimalari massasining ko‘payishiga olib keladi. Xuddi shu buzilishlar katta
yoshdagi ayollarda ham ovarioektomiyadan so‘ng, tuxumdonlarning nurlanishi
yoki kimyoviy zararlanishi tufayli yuzaga keladi. Ayollarda ham, erkaklarda ham
organizmning estrogen va androgen to‘yinganligining pasayishi bilan bog‘liq
ravishda qon tomirlar va psixoemotsional kasalliklar majmuasi vujudga keladi.
Bunda simpatik asab tizimining mediatorlari tomonidan gipotalamusning nerv va
neyroendokrin markazlarning haddan tashqari qo‘zgolishi va dezorganizatsiyasi,
terlash, tana haroratining ko‘tarilishi, qon bosimi, umumiy zaiflik, taxikardiya,
bo‘g‘inlar va suyaklardagi og‘riq, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va boshqalarga olib
keladi.
Urug‘don kanalchalarida normal spermatogenez uchun testosteron o‘ta zarur
bo‘lganligi sababli moyaklardagi gormonal yetishmovchilik bu jarayonni to‘liq
to‘xtash bilan buzilishiga olib keladi, ya’ni bepushtlikka olib keladi.
Sariq tananing (odatda gipotalamus genezli) gormonal yetishmovchiligi
natijasida ayollarda progesteronning sintezini ingibitsiyasi, hayz ko‘rishni
buzilishi, xomilani erta tushishining sababi bo‘lishi mumkin, chunki progesteron
uning normal o‘sishi uchun zarurdir. Xomila tushish xavfi bo‘lgan hollarda
progesteron preparatlarini qo‘llash homiladorlikni saqlab qolishgaga imkon beradi.
Yoshga bog‘liq jinsiy bezlarning gormonal faolligining pasayishi asosiy
belgisi ayollarda menopauza va erkaklarda yoshga bog‘liq gipogonadizmdir.
Klimakterik sindrom ba’zida patologik ko‘rinish oladi va davolanishga muhtojlik
keltipib chiqaradi. Uning patogenezi asosiy belgilari ovariektomiyadan keyingi
davrdagi buzilishlarga juda o‘xshashdir. Keksa yoshdagi ayollarda menopauzaning
namoyon bo‘lishi va asoratlari (osteoporoz, arterial gipertenziya, neyrodegenerativ
jarayonlar, psixotik buzilishlar) estrogen yetishmovchiligiga asoslanganligi
sababli, ularni o‘rnini bosish maqsadida gormonal dorilarni tayinlash juda samarali
xisoblanadi.
Erkaklarda yoshga bog‘liq androgenlar yetishmovchiligi sindromi (kech
gipogonadizm) semirish yoki boshqa kasalliklar fonida rivojlanadi. Bu qonda
testosteron darajasining sezilarli darajada pasayishi va neyropsixik va somatik
o‘zgarishlar majmuasi libidoning zaiflashishi, ereksiya buzilishi, mushaklarning
kuchsizlanishi, asabiylashish, uyqusizlik, arterial gipertenziya, yurak tomirlar
tizimi kasalliklari, qandli diabet, osteoporoz va boshqalar bilan tavsiflanadi.
Testosteron etishmasligi qorinda yog‘ toplanishiga olib keladi, bu esa o‘z
navbatida androgen yetishmovchiligini oshiradi. Surunkali psixoemotsional
stressda opioidlarning gipofiz lyuteinlovchi gormonini ingibitsiya qilishi tufayli
testosteron sekresiyasi kamayib ketadi. Androgen yetishmovchiligi tufayli,
miyokard infarktidan o‘lim uning yo‘qligiga nisbatan 5 baravar yuqori xisoblanadi.
Simptomlarning qisman kamayishiga testosteronni almashtirish terapiyasi orqali
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |