www.ziyouz.com
кутубхонаси
56
Turkkomissiya va Favqulodda komissiyaning asl maqsadi – Turkiston va jumladan Farg‘ona
vodiysida davom etayotgan milliy-ozodlik harakatini fuqarolar urushiga aylantirish yo‘li bilan
bostirish, ya’ni, “sopini o‘zidan chiqarish” edi. Bu borada quyidagi vazifalar belgilandi:
1. Qo‘rboshilar bilan sulh muzokaralarini yuritish va sulh tuzilishiga erishish. Sulh shartnomasiga
quyidagi moddalarni kiritish: — Sovet qo‘mondonligi bilan sulh tuzgan qo‘rboshi va uning yigitlari
hech qanday jazoga tortilmaydi.
Qo‘rboshilar va ularning yigitlari, agar xohlasalar, harbiy faoliyatni tashlab, tinch mehnat bilan
shug‘ullanishlari mumkin;
Qo‘rboshilar va ularning yigitlari, agar xohlasalar, qurol-yarog‘larini topshirmagan holda o‘z
hududlarida tinchlik-osoyishtalikni ta’minlovchi militsiya qismiga aylantirilishi yoxud qizil armiya-
ning muntazam qismlaridan biriga aylantirilishi mumkin.
2. Sovet idoralariga yakka holda kelib taslim bo‘lgan kishilarning tinch mehnat bilan
shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratiladi, ular mehnat faoliyati uchun xomashyo, kredit yo‘lidagi
sarmoya bilan ta’minlanadi. Sobiq sheriklarining qasd va tajovuzidan o‘zini o‘zi himoya qilishi uchun
oti va qurol yarog‘i o‘zida qoldiriladi.
3. Qishloqlarda o‘z-o‘zini himoya qilish otryadlarini tuzish. Bu otryadlarni qurol-yarog‘ bilan
ta’minlash, agar zaruriyat bo‘lsa, ularga harbiy instruktorlar biriktirish.
4. Sulh tuzgan qo‘rboshilar va ularning yigitlariga, yakka holda taslim bo‘lgan sobiq bosmachilarga
hali taslim bo‘lmagan guruhlarga borib, sulh tuzish borasida tashviqot olib borish vazifasi yuklatilsin.
Ushbu vazifalardan ko‘zda tutilgan muddao hech qanday izohga o‘rin qoldirmasa kerak. Bu degani,
millat ichida o‘zaro nizo chiqarish, akani ukaga, otani bolaga dushman qilish degani emasmi?
Muayyan bir qo‘rboshi sulh tuzgandan so‘ng o‘z yigitlari bilan qandaydir “musulmon diviziyasi”
polklaridan biriga yoki “musulmon o‘qchi brigadasi” qismlaridan biriga aylanadi. Shundan so‘ng u
harbiy harakatlarda ishtirok etishga, o‘zining sobiq safdoshi bo‘lgan boshqa bir qo‘rboshi bilan jang
qilishga majbur. Agar shunday qilmasa, urush davri qonunlari asosida tribunalga tortiladi. O’z sobiq
safdoshiga qarshi urushishni istamagan holda majburan maydonga tushdi ham deylik, u xohlasa-
xohlamasa, loaqal o‘zini himoya qilish uchun ham o‘q uzishga, yakkama-yakka olishishga majbur, illo
jangning “O’ldir, aks xolda seni o‘ldiradilar” degan shafqatsiz va yagona qonuni bor. Undan hech kim
hech qayoqqa qochib qutula olmaydi.
Ko‘p joylarda rahbarlari yangilangan sovetlar, revkomlar va qo‘mondonlik yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan vazifalarni bajarishga izchillik bilan kirishib ketdilar: tinch aholiga tajovuz qilgan, ularning
molini talagan, nomusiga tekkan rahbarlar, xodimlar, komandirlar va askarlar uchun o‘lim hukmi
belgilanadi; qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik sohalarida shirkatlar tashkil etilib, shirkatlar bilan
dehqonlar, hunarmand-kosiblar o‘rtasida har ikki tomon uchun foydali shartnomalar tuzildi. Dehqon va
kosiblar shartnoma asosida bo‘nak olib, o‘z iqtisodiy ahvollarini bir oz yaxshilab ola boshladilar;
urushda boquvchisini yo‘qotgan oilalar uchun moddiy yordam tashkil etildi; qo‘mondonlik vodiydagi
obro‘-e’tiborli kishilarni ishga solib, sulh tuzish imkoniyatlarini o‘rgana boshladilar.
Ko‘p o‘tmasdanoq ushbu ko‘rilgan chora-tadbirlar tizimi o‘z mevasini bera boshladi. Xalqda
sovetlarga bo‘lgan sovuq munosabat bir oz yumshadi; milliy-ozodlik kurashi ishtirokchilari saflariga
qo‘shilish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish borasida ikkilanish paydo bo‘ldi. Hukumat
tomonidan avf etilgan va moddiy ko‘mak olgan ayrim sobiq kurashchilar milliy-ozodlik kuchlari
saflari orasida sovet hukumati bilan yarashish, qo‘rboshilar yarashmagan taqdirda yakka-yakka borib
taslim bo‘lish haqida tashviqot yurita boshladilar.
Qo‘rboshilar o‘rtasida ham ikkilanish, taslimchilik kayfiyatlari yuzaga keldi. Ayrimlari sulh tuzib,
qizil armiya safida o‘z sobiq safdoshlariga qarshi janglarni boshlab yubordilar. Eng dastlab sulh tuzgan
sardorlar Mahkamxo‘ja, Akbarali, Umarali edilar. Keyinroq ular safiga To‘ychi Qo‘rboshi, Qoravoy
Qo‘rboshi, Hamdam xoji Qalandarovlar ham qo‘shildi. Ergash qo‘rboshiday yirik sardor,
amirlashkarmusliminning ham sulh borasida muzokaralar boshlab yuborgani va nihoyat, sulh tuzgani
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |