www.ziyouz.com
кутубхонаси
53
salohiyati, sa’yi-harakati bilan katta boylar davrasiga kirib qoldi. Istanbul, Boku, Qozon, Ufa,
Ho‘qandda chop etiladigan milliy ruhdagi gazetalarni muntazam o‘qib, ko‘zi ochildi, jadidlar bilan
tanishdi... Milliy-ozodlik harakatiga xayrixoh bo‘lgan yuzlab odamni bolsheviklar Marg‘ilonga olib
borib, xalqni vahimaga solish maqsadida ko‘kraklariga “bosmachilarning hamtovog‘i” degan yozuv
osib, shahar ko‘chalari bo‘ylab sazoyi qildilar va Isqobil qamoqxonasiga qamab qo‘ydilar.
Bu xabar G’orbuvoga yetib kelganda Madaminbek va Shermuhammadbek Chimyon hujumiga
tayyorlanib turgan edilar. Chimyon o‘sha davrda Farg‘onaning asosiy neft koni bo‘lib, unda besh
mingga yaqin kishi ishlar, konchilarning aksariyati rus, armanilardan iborat, mahalliy aholi vakillari
juda oz edi. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu kon hamda undan Oltiariqqacha cho‘zilgan neft
quvurlari kattagina garnizon va unga bo‘ysunadigan maxsus qismlar tomonidan qattiq qo‘riqlanar edi.
Kon ochilgandan beri mahalliy aholining kattagina qismi serhosil yerlardan toshloq adirlarga ko‘chirib
yuborildi. Askarlar va kon xodimlari qishloqqa to‘liq xo‘jayin bo‘lib olib, mahalliy aholiga zulm
o‘tkazar, sha’niga tegar edilar. Kunlardan birida askarlar va ishchilardan bir guruhi adirga ovga
chiqdilar. Ovlari baroridan kelmay o‘sha yerda o‘zlari bilan olib chiqqan aroqlarini ichib, mast bo‘lib
qishloqqa qaytayotib, yaylovda o‘tlab yurgan qishloq podasiga duch keladilar. “Ovchi”lar podani
ko‘rib, o‘zlarining “toptalgan ovchilik nafsoniyat”larini eslab, podani o‘qqa tutadilar. Podachilar hay-
haylab yugurib kelganlarida ularga ham o‘q uzadilar. Bu voqea aholining sabr kosasiga oxirgi tomchi
bo‘ldi. Aholi qo‘liga tushgan narsa bilan qurollanib chiqayotgan paytda bir necha uzoqni ko‘radigan
oqsoqollar ularni to‘xtatib, “ — Shoshilmanglar, yigitlar, qo‘limizdagi ketmon panshaxalar bilan
yaxshi qurollangan minglab sallotlarga qarshi hech ish chiqara olmaymiz, behuda qon to‘kilgani
qoladi, Siddiq boyvachchani kutaylik” — dedilar. Siddiq boyvachcha Chimyon boylaridan bo‘lib,
milliy kurashga qo‘shilgan, yashirin tarzda yigit to‘plab, qurol-yarog‘ yig‘ayotgan, o‘sha paytda
shunday yumush bilan Mindonga ketgan edi. Chimyonga qaytib, yuz bergan voqeani bilgach, hozirgi
o‘zining oz sonli yigitlari va qurolsiz qishloq ahli bilan katta kuchga ega bo‘lgan dushmanga bas
kelolmasligini his etib, G’orbuvoga chopar jo‘natib, yordam so‘ragan edi.
Madaminbek va Shermuhammadbek maslahat qilib, o‘zlari Chimyonga hujum qilishga, Iskobilga
Yodgor boyvachchaga yordam berishga Nurmuhammadbekni yuborishga qaror qildilar.
20 aprel kuni ikki qo‘rboshining birlashgan kuchlari bir necha yo‘nalish bo‘yicha Chimyonga yo‘l
olib, uni o‘rab oldilar. Jangga kirishdan oldin Madaminbek o‘z odati bo‘yicha qon to‘kishning oldini
olish uchun Chimyon garnizoni boshlig‘i Yefimovga xat (ultimatum) kirgizib, agar garnizon qurol
yarog‘ini topshirib, o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lsa, hech kimning hayotiga zomin bo‘lmasligini, aks
holda ayovsiz jang qilishini bildirdi. Yefimov javob xati yuborib, Madaminbekning o‘zini taslim
bo‘lishga taklif qildi. Dastlabki o‘qlar uzilgach, Siddiq boyvachcha Mindon yo‘nalishi bo‘yicha
hujumga o‘tdi. Jang qizigandan qizidi. Garnizon boshlig‘i Yefimov janglarda pishgan, tajribali,
salohiyatli zobit edi. U o‘z ixtiyoridagi otryadlardan birining boshlig‘ini chaqirib shunday buyruq
berdi:
— “ChAL-2” (Chimyon — Oltiariq yo‘nalishi) neft quvuri ta’mirlanayotganini bilasan-a?
— Xuddi shunday, o‘rtoq komandir.
— Quvurlari neft qoldiqlaridan tozalangan. O’z otryading bilan quvur ichiga tushib, Oltiariq tomon
emaklab bo‘lsada, yurasan. Birinchi kilometrda quvur olib qo‘yilgan. O’sha yerda quvurdan chiqib,
bosmachilarning orqa tomonidan hujumga o‘tasan. Ko‘proq shovqin-suron qilinglar, dushman sizlarni
ko‘pchilik ekan deb o‘ylasin. Qorong‘i tushib qoldi. Hoziroq yo‘l olinglar
— Xo‘p bo‘ladi, o‘rtoq komandir.
Bir soat o‘tar-o‘tmay otryad jangchilari quvurdan chiqib, “Ura” deb hayqirgancha orqadan hujum
boshladi. Qo‘rboshilarning yigitlari Oltiariq tomondan ruslarga yordam kuchi keldi deb o‘ylab,
sarosimaga tushdilar. Shermuhammadbek sarosimaga tushmasdan, ichki bir tuyg‘u bilan orqadan
hujum qilgan ruslar ko‘pchilik emasligini sezib, bir qism yigitlari bilan qarshi hujumga o‘tdi va ularni
qirib tashladi. Sallotlardan bir nechtasi quvurga qaytib tushib, Yefimov oldiga qaytib bordilar va
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |