www.ziyouz.com
кутубхонаси
60
Ivanovo, Moskva, Lodz, Krakov va boshqa to‘qimachilik markazlarini paxta bilan ta’minlab kelgan.
— Eshitganda qandoq, Vladimir Ilich, axir mening xam asosiy faoliyatim Ivanovoda o‘tgan-ku...
— O’sha Potelyaxov sizga ma’lum Qo‘qon muxtoriyatida hukumat a’zosi bo‘lgan hamda
muxtoriyat tor-mor etilgach, qamoqqa olinib, Moskvaga olib kelindi va Lubyankada saqlandi. Uning
boy qarindoshlari Dzerjinskiy bilan uchrashib, muzokara yuritishibdi. “— Agar Potelyaxovni ozod
qilsangiz, bir eshelon paxta beramiz” deyishibdi. Feliks Edmundovich mendan maslahat va ruxsat
so‘rab kelibdi. Men rozi bo‘ldim, chunki paxta bizga nihoyatda zarur.
— Bu gapdan xabarim bor, Vladimir Il’ich, illo, Feliks Edmundovich bilan Samaradan poezdda
birga keldik. U paxtani olib, Potelyaxovni ozod qilib ulguribdi. Hatto Feliks Edmundovich uni menga
eng zo‘r mutaxassis sifatida ta’riflab, Turkkomissiyaga savdo masalalari bo‘yicha maslahatchi qilib
olishni tavsiya etdi.
— Oldingizmi?
— Ha, bizga u kabi mutaxassislar ham zarur.
— O’zi bu Qo‘qon muxtoriyatiga zo‘r mutaxassislar to‘plangan ekan, Obidjon Mahmudov deganini
olib ko‘raylik. U mazkur hukumatda oziq-ovqat ministri bo‘lgan. O’zining son-sanoqsiz ixtisoslari
bilan bir qatorda huquqshunoslik hamda xalqaro munosabatlar ilmini ham shu qadar suv qilib ichib
yuborgan ekanki, ChK uni qamoqqa olish uchun hech qanday asos, ilintiradigan biror fakt topolmadi.
Zo‘r mutaxassis sifatida Sovnarkomga paxta savdosi bo‘yicha maslahatchi qilib ishga oldik.
Nazarimda Farg‘onadagi sovetlarga qarshi kurashni ham mazkur Potelyaxov va Mahmudovga
o‘xshash katta iste’dod egalari boshqarib turibdi.
— Ha, Vladimir Ilich, Farg‘onani tinchitish uchun nafaqat keskir qilich, ajal urug‘ini sochuvchi
pulemyot, balki o‘tkir zakovat ham kerak bo‘ladi.
— Ana shuning uchun ham yangi tashkil etilgan Turkiston frontiga sizni qo‘mondon etib tayinladik.
Siz o‘sha yerda tug‘ilib o‘sgansiz, u yerning shart-sharoitini, turkistonliklarning urf-odatlari, dunyo-
qarashlarini, ichki dunyosini yaxshi bilasiz.
— Sifat va fazilatlarimni juda oshirib yubormadingizmi, Vladimir Ilich?
— Yo‘q. Turkistonni sizdan boshqa odam eplay olmaydi. Sizga cheklanmagan vakolatlar beramiz.
Turkistonni saqlab qolsak bas. Tushunaman, sizga oson bo‘lmaydi, u yerda zudlik bilan tartib o‘rnatish
oson emas. Shu tufayli ishni bosqichma-bosqich olib boring.
— Ya’ni?
— Avvalo, risqulovlar tili bilan aytganda, u yerdagi milliy-ozodlik urushini fuqarolar urushiga
aylantiring. Ya’ni bosmachilarning boshliqlari bilan sulh muzokaralarini tezlating. Sulh tuzgach, ularni
o‘z sobiq sheriklariga qarshi jangga tashlang. Eshitishimcha, Farg‘onadagi qaroqchilarning ikkita eng
zo‘r atamani bor ekan. Birining nomi Madaminbek, ikkinchisining oti nima ediyam.
— Ko‘rshermat.
— Ha, ha, Ko‘rshermat. Ishni o‘shalardan boshlang. Agar ular sulhga ko‘nmasalar, boshqalarini
ko‘ndiring. Iloji bo‘lsa, ChK xodimlari yordamida ikkalasi o‘rtasida nizo chiqarishga harakat qiling.
— Vladimir Ilich, bu Feliks Edmundovichning idorasiga tegishli ish, men jangchiman. Mening
ishim jang qilish.
— Bilaman, Mixail Vasil’evich. Birinchidan, ulug‘ maqsad yo‘lida har qanday vosita o‘zini
oqlaydi. Ikkinchidan, siz nafaqat jangchi, balki bizning Turkistondagi noibimizsiz, ya’ni, Turkiston
fronti qo‘mondonisiz. Uchinchidan, ChK ning Turkistondagi bo‘linmalari ham sizga bo‘ysundiriladi.
Mixail Vasilevich, ko‘nglingizga olmang-u, o‘zingiz aytganday, Turkistonni faqat qilich-u pulemyot
bilan saqlab qololmaymiz, turli vositalar, hatto harbiylar nazarida jirkanch tuyulgan vositalardan ham
foydalanmasak bo‘lmaydi. Turkistondagi dushmanlarimiz anoyi emas. Ular mashhur sarkarda
Temurning avlodlari. Ular, men sizga aytsam, o‘zimizning kolchak, yudinechlardan ko‘ra xavfliroq
Kolchak, Yudinechlar rus kishisi, ulardan rus ruhi ufurib turadi. Rus ruhini yaxshi bilganimiz uchun
ularni yengish bizga osonroq. Mana o‘zingiz Denikinga bir necha bor zarba berdingiz, Dutovni
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |