www.ziyouz.com
кутубхонаси
59
bergani kirganlarida, ularni tinglab bo‘lib, “Farg‘ona frontida nima gaplar?” deb so‘rashni kanda
qilmaydigan bo‘ldi. Farg‘ona frontidagi ahvol Vladimir Ilich uchun shu darajada ahamiyatli ediki, u
kutubxonada O’rta Osiyo, xususan, Farg‘ona tarixiga, turkiy xalqlar harbiy san’ati tarixiga oid
kitoblarni oldirib kelib o‘qishga vaqt topa oldi. Illo, muayyan bir xalqning, muayyan bir mamlakatning
tarixini yaxshi bilmay turib, u bilan muomala qilish, uni itoatda tutish qiyinligini juda yaxshi his etar
edi.
Vladimir Ilichning butun dunyoga mashhur, aforizmga aylanib ketgan “Vostok – delo tonkoe”
(Sharq masalasi o‘ta nozik masaladir) degan jumlasi bor. Ba’zi tarixchilar Lenin bu gapni Uzoq
Sharqdagi voqealar munosabati bilan aytganligini ta’kidlasalarda, u na faqat Uzoq Sharq, balki,
umuman Sharqni, shu jumladan O’rta Osiyo, xususan Farg‘onani ham nazarda tutgani mubolag‘a
emas.
Turkistonni bosib olish fikri dastlab Ivan Grozniyda uyg‘ongan edi. U Qozonni oldi, Sibirning bir
qismini bo‘ysundirdi va niyatiga to‘liq yeta olmay o‘lib ketdi. Pyotr I Rossiyani imperiyaga
aylantirgach, O’rta Osiyoni bosib olish, Amudaryoning yuqori oqimi bo‘ylab Hindistonga chiqib
borish va bu boy mamlakatni inglizlardan tortib olishni rejalashtira boshladi. Shu maqsadda O’rta
Osiyoga ekspeditsiyalar uyushtirdi. U ham shum niyatiga yeta olmay o‘lib ketdi. Uning rejasini
vorislari bosqichma-bosqich amalga oshirib bordilar. 1735 yilda Rossiyadan Qozoq dashtlari va u
orqali O’rta Osiyoga olib boradigan, Janubiy O’rol orqali o‘tgan qadimgi savdo yo‘li ustiga, O’rol
daryosi sohiliga yirik va mustahkam bir qal’a qurildi va unga “Sharq darvozasi” ma’nosida Orenburg
(lug‘aviy ma’nosi “Sharqdagi shahar”) degan nom berildi. Bu qal’a bir necha marta ko‘chirilib,
nihoyat, yirik bir shaharga, guberniya markaziga aylandi. Orenburg shahri keyinchalik Turkiston
mintaqasini bosib olishda asosiy muhim nuqta, tagzamin (forpost) vazifasini o‘tadi. Temir yo‘llar
qurila boshlagach, Moskva — Toshkent temir yo‘li shu shahar orqali o‘tdi. Shu tariqa Orenburg
Rossiya uchun O’rta Osiyo kaliti, darvozasi bo‘lib qoldi. Agar Orenburgga bir narsa bo‘lsa, O’rta
Osiyoning Markaz bilan aloqasi taqa-taq to‘xtab qoladi.
Rossiyada fuqarolar urushi boshlangach, yirik kazak qo‘mondoni ataman Dutov Orenburgni
egallab, Turkistonni Markazdan ajratib qo‘ydi va bu shaharni deyarli bir yil qo‘lda tutib turdi. Nihoyat,
1919 yil bahorida Orenburgni ozod qilish uchun yirik sarkarda Mixail Vasilevich Frunze
qo‘mondonligidagi katta qo‘shin tashlandi, Orenburg fronti tashkil etildi. Ko‘p o‘tmay Frunze Dutovga
kuchli zarba berib, shaharni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shahar olingach, u o‘z qo‘shinining bir
qismini bu yerning mudofaasi uchun qoldirib, katta qismini Turkistonga yubordi va o‘zi bu haqda
hisobot berish va kelgusidagi vazifalarni aniqlashtirib olish uchun Moskvaga yo‘l oldi. Uning kelganini
eshitgan Vladimir Il’ich ertasigayoq o‘z huzuriga chorladi. Frunzeni g‘alaba bilan tabriklagach, asosiy
mavzuga o‘tdi:
— Mixail Vasilevich, nima deb o‘ylaysiz, Turkistonni o‘z qo‘limizda saqlab qola olamizmi?
— Albatta, Vladimir Ilich, saqlab qolamiz. Biroq qiyin bo‘ladi.
— Har qancha qiyin bo‘lsada, saqlab qolishimiz shart. Turkistonning, ayniqsa, asosiy paxta
bazamiz bo‘lgan Farg‘onaning biz uchun qay darajada ahamiyatli ekanligini sizga tushuntirishning
hojati yo‘q.
— Tushunaman, Vladimir Ilich. Hozirgi jahon urushida paxtaga ehtiyoj katta bo‘lgan bir sharoitda
barcha urushayotgan davlatlarning ko‘zi Farg‘onaga qadalgan.
— Ha, urush boshlangandan beri Farg‘onadan paxta ololmay qoldik. Paxta bor, biroq bizga yetib
kelolmayapti. Bosmachilar uni bu tomonga o‘tkazmayapti. Kuni kecha paxta borligiga ishonch hosil
qildik.
— Qanday qilib?
— O’n-o‘n besh kun bo‘ldi, shu xonaga, mening huzurimga Feliks Edmundovich keldi.
Dzerjinskiyni siz yaxshi bilasiz. U g‘alati bir taklif bilan kelibdi. Eshitganingiz bordir, Qo‘qonda
Potelyaxov degan yahudiy yirik paxta magnati (korchalloni) bor edi. U yaqin yigirma yildan beri
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |