Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
93
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Voyajer-1
Quyosh tizimi va uning tevarak chegaralarini o‘rganishga
mo‘ljallangan avtomatik fazoviy zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 5-
sentyabrida, Kanaveral kosmodromidan «Titan IIIE»
raketa eltuvchisi
yordamida orbitaga chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 723 kg. Ta’minot
manbai sifatida plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli
termoelektr generatori qo‘llanilgan.
Dastlabki vaqtda, «Voyajer-1»ning
asosiy vazifasi, gigant sayyoralar –
Yupiter
va
Saturn
ni tadqiq qilish
sifatida belgilangan bo‘lib, ishchi rejim muddati 5 yil baholangan edi.
«Voyajer-1» dastlabki manzil – Yupiter tevaragiga 1979 yilning 1 yanvar
kuni yetib bordi va
ushbu gigant sayyora yuzasini, uning tabiiy
yo‘ldoshlarini fotosuratini yerga yubordi. Ko‘zlangan ikkinchi manzil – Saturnga esa apparat 1980 yilning 13
noyabr kuni yetib bordi. «Voyajer-1» Yupiter va Saturnning mufassal fotokadrlarini olgan eng birinchi kosmik
apparatdir. Shuningdek «Voyajer-1» yordamida, ushbu gigant sayyoralarning ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan
bir necha tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. «Voyajer-1» belgilangan vazifalarni to‘liq bajarib bo‘lgach, o‘zining
ish qobiliyatini 100% saqlab qoldi va uni Quyosh tizimining chetki qismlarini o‘rganish maqsadida, geliosfera
chegarasiga yo‘naltirilidi. 1998 yilning 17-fevral kuni «Voyajer-1», o‘sha vaqtgacha, Quyoshdan eng uzoq
masofaga yetib borgan fazoviy apparat - «Pioner-10» kosmik zondini quvib o‘tdi va inson tomonidan
yaratilgan fazoviy apparatlar ichida Quyoshdan eng olis masofaga uzoqlashgan kosmik apparatga aylandi.
«Voyajer-1»ning keyingi maqsadi,
Koyper belbog‘i
hududini tadqiq qilish va geliopauza chegarasiga
yetib
borish va u haqidagi axborotlarni yerga uzatish sifatida belgilandi. «Voyajer-1» bu vazifani ham uddalab,
keyin geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketsa, u yulduzlararo fazo muhiti haqida ma’lumot
uzatgan dastlabki apparatga aylanishi ko‘zda tutilgan edi.
Hozirgi vaqtda, «Voyajer-1» giperbola treaektoriyasi bo‘yicha uchmoqda va endilikda hech qachon
Quyosh tizimiga qaytmaydi. 2010 yil iyun oyidan boshlab, «Voyajer-1»ga
Quyosh
shamoli
ning ta’siri
muntazam susayib borayotganligi, demakki, u
Quyosh tizimi
ning eng chetki hududlariga yaqinlashayotganligi
qayd etilmoqda. 2010 yilning 13 dekabridan e’tiboran, «Voyajer-1»ga Quyosh shamolining ta’siri nolga
tenglashgani e’tirof etilgan. Bu vaqtda u startdan boshlab, 116,38 a.b. masofani, ya'ni, 17,41 milliard km yo‘lni
bosib o‘tgan edi. 2011 yilning dekabrida, Quyoshdan 119 a.b.
masofada, «Voyajer-1» stagnatsiya hududi deb
nomlanuvchi fazoga yetib bordi. Bu hudud, yulduzlararo fazodan apparatni ajratib turgan so‘nggi
hudud
bo‘lib, bu joyda «Voyajer-1» yulduzlararo fazodan kelayotgan yuqori energetik quvvatli zaryadlangan
zarrachalar oqimi va bosimining keskin ortishiga duch keldi. Bu hududda magnit induksiyasining qiymati,
Quyosh tizimining «Voyajer-1» ortda qoldirgan hududlaridagiga nisbatan, deyarli ikki barobar o‘sdi va magnit
maydonining ancha yuqori darajada kuchlanganligi qayd etildi. 2012 yilning 14
iyun kuni, «Voyajer-1»
datchiklarida, galaktik va kosmik nurlanishlarning keskin ortganligini, ayni vaqtda esa, Quyoshdan keluvchi
zaryadlangan zarrachalar oqimi va miqdorining keskin susayishi qayd etildi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra,
olimlar, «Voyajer-1»ning geliosfera va yulduzlararo fazo chegarasiga juda yaqinlashganligi va yaqin oradi, u
geliosferani butunlay tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketishi haqidagi xulosalar kelishdi. 2012 yilning
25-avgust kuni, Quyoshdan 121.7 a.b. masofada, «Voyajer-1» nihoyat gelosferani tark etdi va yulduzlararo
fazoga chiqib ketdi. Bu haqida, Nyu-Meksiko universiteti professori Bill Vebber rasmiy bayonot berdi. Biroq,
bu haqda NASA raddiya berib, «Voyajer-1» hali geliosferani tark etmaganligi, bu haqdagi yakuniy xulosa,
geliosfera va yulduzlararo fazo chegarasida magnit maydoni qutblarining ishorasi o‘zgarishi qayd etilganida
berilishini ta’kidlagan. Shunga qaramay, 2013 yilning 12-sentyabr kuni NASA, «Voyajer-1»ning haqiqatan
ham, geliosfera chegarasini tark etib, yulduzlarao fazoga chiqqanligini tasdiqladi
1
.
Hozirda (2014 yil, 5-may holatiga) «Voyajer-1» Quyoshdan taxminan 127.71 a.b. masofada, 17
km/soniya tezlik bilan harakatlanmoqda va uning ishchi qobiliyati to‘liq saqlanib kelmoqda. Uning bortidagi
radioizotopli termoelektr generatorlarining quvvati va ishchi qobiliyati, apparatni yana taxminan 2025
yilgacha hech bo‘lmasa minimal darajada ta’minlay olishi ko‘zda tutilmoqda.
1
Ron Cowen. Voyager 1 has reached interstellar space. News & Comment. «Nature» jurnali, 12 Sentybr 2013 yil)