Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
101
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Xabbl
«Xabbl» - (inglizcha: Hubble Space Telescope, HST) – Yer atrofi orbitasida
aylanib
harakatlanishda ishlovchi, avtomatik orbital rasadxona. NASA va
Yevropa kosmik agentliklarining qo‘shma loyihasi. Loyihaning umumiy
qiymati avval boshda 400 million AQSH dollari bo‘lgan, biroq yakunda bu
ko‘rsatkich 2.5 milliard dollardan ortib ketgan. Apparat uzunligi 13.3 metr,
diametri 4.3 metr. Start vaqtidagi vazni 11 tonna (bortga o‘rnatilgan
ilmiy-
tekshirish asboblari bilan esa, 12 tonnadan ortiqroq). «Xabbl» 1990 yilning
24 aprel kuni, AQSHning Kanaveral kosmodromidan «Diskaveri» STS-31
shatlli yordamida orbitaga chiqarilgan. Orbital tezligi 7500 m/soniya. Yerdan
taxminan 569 km masofa balandligida, o‘rtacha 96.2 daqiqada bir marta Yer
atrofini aylanib chiqadi. Orbita perigeyi 561 km; apogey esa 566 km.
«Xabbl» orbital rasadxonasining asosiy uskunasi bu 2.4 m diametrga ega Richi-Kratyen sistemasidagi
teleskop-reflektoridir. Teleskopning fokus masofasi 57.6 metrni tashkil qiladi. Unga asosiy teleskopdan
tashqari 48 ta yorug‘lik filtriga ega bo‘lgan
keng burchakli planetar kamera, yuqori aniqlikka ega bo‘lgan
Goddard spektrografi (ultrabinafsha diapazonda ishlash uchun mo‘ljallangan), xira obyektlarni tasvirga
olishga mo‘ljallangan maxsus kuchaytirilgan telekamera,
xira obyektlar spektrografi, yuqori tezlikka ega
fotometr, hamda navigatsiya sensorlari joylashtirilgan. Shuningdek, keyingi ekspeditsiyalar chog‘ida,
astronavtlar
tomonidan, teleskopni ish vaqtida ham sozlab borish va nuqsonlarni bartaraf etish imkonini
beruvchi COSTAR optik sozlov tizimi o‘rnatilgan. Orbital rasadxonaning asosiy maqsadi,
astronomik
kuzatuvlarning Yer atmosferasi tufayli yuzaga keladigan salbiy ta’sirlardan holi bo‘lgan hudud – ochiq
koinotda, avtomatik tarzda va Yerdan boshqariladigan ravishda olib borishga erishish hisoblanadi.
Rasadxonaning koinotga joylashtirilishi, elektromagnit to‘lqinlarning, birinchi
navbatda infraqizil
diapazondagi to‘lqinlarning Yer atmosferasi ta’siridan butunlay holi bo‘lgan ochiq fazoning o‘zida qayd etish
va bu diapazonlarda kuzatuv olib borish imkonini beradi. «Xabbl» orbital rasadxonasi umuman olganda,
ko‘zga ko‘rinadigan nurlar diapazoni va aytib o‘tilgan infraqizil diapazondan tashqari shuningdek,
ultrabinafsha diapazonda ham ishlaydi. Atmosfera ta’sirlarining mavjud emasligi tufayli, orbital rasadxonaga
o‘rnatilgan teleskopning sezgirligi
va aniqlik darajasi, shuningdek tasvirlarning sifat ko‘rsatkichlari, aynan
shunday teleskopning Yerdagi nusxalariga nisbatan 7-10 barobar a’loroq sifat ko‘rsatkichlariga egadir.
«Xabbl»ning orbitaga chiqarilganidan buyon uning yordamida olingan eng e’tiborga molik quyidagi
ilmiy natijalarni qayd etish mumkin:
-
1994 yilda «Xabbl» teleskopi, Shumeyker-Levi kometasining
Yupiter
bilan to‘qnashuvi
hodisasini
to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkonini berdi;
-
Uning yordamida,
Pluton
va
Erida
ning sirt yuzasiga oid ilk ma’lumotlar olindi ularning xaritalari tuzildi;
-
Saturn
, Yupiter va Gannimedda ultrabinafsha qutb yog‘dulari bo‘lishi aniqlandi;
-
Quyosh tizimi
dan tashqaridagi ekzosayyoralar haqida ilk ma’lumotlar olishga erishildi;
-
Orion tumanligida, sayyoralar hosil qilishi mumkin bo‘lgan disk mavjudligi aniqlandi, galaktikamizdagi
ko‘plab yulduzlar atrofida, sayyoralar shakllanishi jarayoni davom etayotganligi tasdiqlandi;
-
Galaktikalar markazida massasi favqulodda ulkan bo‘lgan qora tuynuklar mavjudligi nazariyasining
isbotlanishiga ulkan hissa qo‘shildi, xususan, qora tuynuk massasi va galaktikaning xossalari o‘rtasidagi
bog‘liqlik haqida ko‘plab ilmiy tasdiqlar yig‘ildi;
-
Kvazarlarni kuzatish natijasida, butun olamning tezlanish bilan kengayayotganligini va olamning yoshi
taxminan 13.7 milliard yil ekanligi aniqlandi;
-
1995 yilda, koinotning xira obyektlar joylashgan hududlarini kuzatish natijalariga ko‘ra, butun olamning
izotropligi haqidagi g‘oyalar paydo bo‘ldi;
-
2013 yilda, «Xabbl»ning 2004-2009 yillarda tasvirga tushirgan fotosuratlari yordamida,
Neptun
ing avval
fanga ma’lum bo‘lmagan yangi
tabiiy yo‘ldoshi
aniqlandi.
Yuqoridagilardan tashqari, «Xabbl» yordamida
yulduzlar evolutsiyasi, koinotdagi ko‘plab tumanliklar,
olis hududlardagi galaktikalar haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar yig‘ildi. «Xabbl» hozirda ham astronom
olimlarga xizmat qilishda davom etmoqda.
Orbital rasadxona shu paytgacha 4 marta kosmik ekspeditsiyalar orqali ta’mirlangan va
mukammallashtirilgan bo‘lib, uning ish faoliyati 2014 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: