Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
99
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Kaguya
«Kaguya» –
Oy
ni tadqiq qilishga mo‘ljallangan, Yaponiyaga tegishli ikkinchi
kosmik zond, Oyning sun’iy yo‘ldoshi. «Kaguya» - Yapon afsonalaridagi, Oy
malikasining ismi hisoblanadi. Uning shuningdek ikkinchi nomi – SELENE
(inglizcha
Se
lenological and
En
gineering
E
xplorer
so‘zidan). 2007 yilning 14
sentyabrida, Tanegasima kosmodromidan, H-IIA raketa-eltuvchisi yordamida
koinotga chiqarilgan. Start vaqtidagi massasi 2914 kg. Yaponiya aerokosmik
tadqiqotlar agentligi – JAXA buyurtmasiga ko‘ra, NEC Toshiba Space Systems
tomonidan ishlab chiqarilgan. Loyiha qiymati 226 million AQSH dollari.
Asosiy maqsadlari – Oyning kelib chiqishi evolyutsion rivojlanishi tarixini
o‘rganish uchun materiallar yig‘ish, Oy sirtiga oid axborotlar to‘plash va Oy
orbitasida qator radiografik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘lgan. «Kaguya» tarkibiy qismiga, keyinchalik undan
ajralib chiqib, mustaqil harakatlana oluvchi qo‘shimcha ikkita mini-zondlar
Rstar
va
Vstar
(ularning ikkinchi
nomlari – Okina va Oyuna, afsonadagi, Oydan Yerga tushib kelgan Oy malikasini asrab olgan chol va
kampirning ismlari).
«Kaguya»,
Apollon
va
Lunaxod
dasturlari to‘xtatilganidan keyingi uzoq tanaffusdan so‘ng, Oyga
parvozlar jarayonini qayta jonlantirishga sabab bo‘lgan kosmik apparat hisoblanadi. Chunki, «Kaguya»dan
so‘ng ketma ket, Xitoyning «
Chane-1
/2» apparatlari hamda, Hindistonning «
Chandryan-1
/2» apparatlari Oyga
tomon parvoz qilishdi. Shuningdek, Osiyoning Oyga parvozlari fonida, AQSH ham 2009 yilda Lunar
Reconnaissance Orbiter Oy stansiyasini uchirishdi.
«Kaguya» cho‘zinchoq parallelepiped shaklidagi konstruksiyaga ega bo‘lib, uning bortiga 15 xil turli
asbob uskunalar, jumladan, 10 megapikselli infraqizil va oddiy spektral kameralar, Oy sirti kimyoviy
elementlarini tekshirish uchun rentgen hamda gamma spektrometrlari, past chastotali radar, lazerli altimetr,
magnitometr, Oydan Yerni kuzatish uchun ultrabinafsha teleskopi va HDTV telekamerasi joylashtirilgan edi.
«Kaguya» yordamida olingan eng e’tiborga molik ilmiy natijalardan, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan
tarafidagi tortish kuchining taqsimlanishi xaritasining tuzilganligi (Okina yordamida), shuningdek, Oyning
vulqon faolligining bundan allaqachon avval – 2.84 milliard yil muqaddam so‘nganligiga oid daliliy qaydlar
olindi. Shuningdek «Kaguya» Sheklton krateri tubi haqida axborot yiqqan birinchi apparatga aylandi. Bu
joydan olimlar muz topishni taxmin qilishgan edi. «Kaguya» yordamida olingan tasvirlar va topologik
o‘lchash natijalariga ko‘ra, Oyning yanada mukammalroq topografik xaritasini tuzishga erishildi. Koinotni
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ikkinchi yapon zondi «Kaguya», 2009 yilning 10 iyun kuni, Oy sirtiga qulab
tushdi va faoliyatdan to‘xtadi.
Voyajer-2
Quyosh tizimi
ning eng olis sayyoralarini hamda, ularning tabiiy
yo‘ldoshlarini o‘rganishga mo‘ljallangan, harakatdagi avtomatik fazoviy
zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 20-avgustida, Kanaveral
kosmodromidan «Titan IIIE» raketa eltuvchisi yordamida orbitaga
chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 721.9 kg. Ta’minot manbai sifatida
plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli termoelektr generatori
qo‘llanilgan. Apparat «
Voyajer-1
» bilan aynan bir xil. «Voyajer-2»
Uran
va
Neptun
ga yetib borgan eng birinchi va hozircha yagona apparat
hisoblanadi.
Dastlabki vaqtda, «Voyajer-1» kabi «Voyajer-2»ning asosiy vazifasi, gigant sayyoralar –
Yupiter
va
Saturn
ni
tadqiq qilish sifatida belgilangan bo‘lib, imkon doirasida, Uran va Neptunga ham uchishni maqsdad qilingan
edi. «Voyajer-2» 1979 yilning 9 iyulida, belgilangan maqsad yo‘lidagi dastlabki marra – Yupiterga maksimal
yaqinlik masofasiga yetib bordi (71.4 ming km). Apparat shuningdek, Yupiterning «Voyajer-1» tadqiq qila
olmagan yirik tabiiy yo‘ldoshlari – Yevropa va Gannimedni ham yaqindan tasvirga oldi. Bu tasvirlar asosida
olimlar, Yevropaning qalin muz qobig‘i ostida, ulkan ummon mavjudligi haqidagi taminlarning ilgari
surishlariga sabab bo‘ldi. Gannimed sirtiga oid tasvirlarga ko‘ra, ushbi yo‘ldosh, boshqalaridan ko‘ra ancha
avvalroq vujudga kelganligini aniqlandi. Yupier va uning yo‘ldoshlarini tadqiq qilinganidan so‘ng, apparat,
Yupiter bilan gravitatsion manyovrni amalga oshirish orqali, keyingi marra - Saturnga tomon yo‘l oldi va
Do'stlaringiz bilan baham: