Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
97
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Vostok-1
«Vostok-1» – Vostok seriyasidagi, fazogir-uchuvchili fazo kemasi. Insoniyat tarixida
birinchi marotaba, bortida inson – fazogirni Yer tevarak-atrofi orbitasiga olib chiqqan
tarixiy kosmik kema. 1961 yilning 12 aprel kuni soat 09:07 da Qozog‘istondagi
Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, Vostok 8K72K raketa-eltuvchisi yordamida koinotga
uchirilgan. Start vaqtidagi massasi 4725 kg. Korpus diametri 2.2 m, uzunligi 4.4 m.
Chaqiruv-taxallusi «Qaldirg‘och». Ekipaj 1 kishidan iborat: kosmik kema uchuvchisi
–
Yuriy Alekseevich Gagarin
, chaqiruv-taxallusi «Kedr». Startdan keyin, belgilangan
barcha mexanizmlar to‘g‘ri va o‘zaro muvofiq ishlab, 2-soniydan so‘ng, ikkinchi
bosqich dvigateli ajralib chiqdi va «Vostok-1» muvaffaqiyatli ravishda orbitaga
chiqarildi. Biroq, «Vostok-1» uchun hisoblangan
apogey
nuqtasi, nazariy hisoblashlardan jiddiy farqqa
ega bo‘lib, u hisob-kitoblardagidan 100 km balandroqda, ya’ni, 302 km bo‘lib
chiqdi,
perigey
esa, 175 km ni tashkil etgan. Orbitaga chiqib olgach, fazo
kemasini ma’lum nuqtada to‘xtatish va Yer atrofi orbitasi bo‘ylab aylanishga
yo‘naltirish zarur edi. Buni amalga oshirish uchun, avvaldan rejalashtirilgan
ravishda, uchinchi bosqich dvigatelini o‘chirishga berilgan radiosignalli
buyruq bajarilmay qoldi. Agar fazo kemasi, dvigatel o‘chmay qolib, yana
uchishda davom etganida, bunday apogey nuqtasiga ega orbitada aerodinamik
tormozlanish jarayoni, 20 kundan 50 kungacha davom etishi mumkin edi.
Uchinchi bosqich dvigatelni o‘chirish, zahira mexanizmi sifatida avvaldan tayyorlangan maxsus taymer
vositasida avtomatik tarzda amalga oshirildi va «Vostok-1» Yer sayyorasini atrofini aylanishni boshladi.
Yerdagi boshqaruv markazida va boshqa ko‘plab davlatlardagi havaskor radioaloqa markazlarida, koinotga
qilingan ilk tarixiy parvozdagi «Vostok-1» fazo kemasidan radiosignallar qabul qilindi. Ularda, bort asbob-
uskunalarining holati, fazogirning nutqi va fiziologik ahvoli qayd etib borildi. Fazogir Yuriy Gagarin, orbitada
eng oddiy amaliy tajribalar o‘tkazdi: u tanovul qildi, ichdi va qog‘ozga qaydlar tushirib bordi. U Yer atrofi
orbitasida 1 aylanish amalga oshirgach, parvozning 1 soat 48 daqiqasida, Saratov viloyatining Smelovka
qishlog‘i hududiga muvaffaqiyatli ravishda qo‘nishni amalga oshirdi. Umumiy hisobda, «Vostok-1» fazo
kemasi, bortida fazogir bilan, Yer atrofi orbitasini to‘liq 1 marta aylanib chiqib, jami 41000 km masofani
uchib o‘tdi. «Vostok-1»ning koinotga parvozi, butun insoniyat tamadduni tarixidagi eng olamshumul
voqealardan biri, odamzot aql-zakovati va ilm-fanning eng ulkan yutuqlaridan biri sifatida tarixga kirdi.
Lunaxod-1
«Lunaxod-1» – Yerdan tashqaridagi, koinotdagi boshqa osmon jismlari sirtiga
qo‘ndirilgan va muvaffaqiyatli ish olib borgan, masofadan boshqariluvchi, ilk fazoviy
apparat. 1970 yilning 10 noyabr kuni Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan,
«Proton» raketa eltuvchisi yordamida koinotga uchirilgan. Start vaqtidagi massasi 756
kg. Quvvati 185 Vt quyosh batareyalaidan ta’minlangan. Asosiy maqsadi –
Oy
sirti
relyefining o‘ziga xosliklarini o‘rganish, Oydagi, rentgen, radioaktiv va kosmik
nurlanishlar darajasini aniqlash, Oy tuprog‘ining kimyoviy tarkibini tekshirish
bo‘lgan. 1970 yilning 17 noyabr kuni, «Luna-17» sayyoralararo stantsiyasi yordamida Oy sirtiga, Yomg‘irlar
dengizi hududiga eltib qo‘yilgan. Apparat bortiga, ikkita televizion kamera, to‘rtta telefotometr, rentgen
spektrometri, rentgen-teleskopi, odometr, radiatsiya detektori va lazer reflektori asboblari o‘rnatilgan.
«Lunaxod-1» umumiy hisobda, Oy sirtida 301 kun, 6 soat va 37 daqiqa ish olib bordi va 10540 m masofani
bosib o‘tdi. Yerga 25000 dan ortiq fotosurat, 211 panorama kadrlarini yubordi. 25 joyda, Oy guruntining
kimyoviy tarkibiga oid tahlillarni olib bordi. U oxirgi marta 1971 yilning 14 sentyabri kuni aloqaga chiqqach,
energiya resurslarining butunlay tugashi natijasida ishdan to‘xtadi. Bu muddatning o‘zi rejadagidan 3 barobar
ko‘p edi. Apparat ishdan to‘xtagach ham, unga o‘rnatilgan lazer reflektor bilan, Oygacha bo‘lgan masofani
aniq o‘lchash ishlarida foydalanib turildi. Biroq, keyinchalik uning aniq joylashuvi bilinmay qoldi va
«Lunaxod-1» butunlay ko‘zdan yo‘qoldi. Uni, o‘sha 1971 yildan keyin, ilk marta 2010 yilda, AQSHning
Kaliforniya universiteti mutaxassislari Oy sirtida qayta topib olishdi va undagi lazer qaytargichdan akslanish
olishga erishishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: