Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
100
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
uning tevarak orbitasi yaqiniga 1981 yilning 25 avgust kuni maksimal darajada, ya'ni, 101 ming km gacha
yaqinlashishga erishdi. Saturnga yaqinlashish trayektoriyasi, uning yirik tabiiy yo‘ldoshlari – Tefiya va
Enselad yaqinidan o‘tib, ular haqida ko‘plab ma’lumotlar yig‘ish imkonini berdi. «Voyajer-2» Saturn bilan
ham gravitatsion manyovrni amalga oshirdi va Uran tomon yo‘nalish oldi. Uranga maksimal yaqinlashishga
(81.5 ming km) 1986 yilning 24 yanvar kuni erishildi. Shu tarzda «Voyajer-2» Uranga yetib borgan ilk kosmik
zondga aylandi. Apparat Yerga Uran va
uning yo‘ldoshlari
hamda, halqalariga oid minglab fotosuratlarni
yubordi. Ushbu ma’lumotlar asosida, Uranning ilgari fanga noma’lum bo‘lgan 11 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi,
hamda 2 ta halqasi kashf etildi. Shuningdek, Uranning qutblardan faqat bittasi Quyosh tomonidan yoritilgan
bo‘lsa hamki, harorat bo‘yicha shimoliy va janubiy qutblarida ko‘rsatkichlar bir xil ekanligini qayd etildi.
Bunga ko‘ra olimlar, Uranning ichki issiqlik uzatish mexanizmi mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilishlariga
sabab bo‘ldi. «Voyajer-2» Uran bilan ham gravitatsion manyovrni amalga oshirdi va chetki sayyora – Neptun
tomon yo‘l oldi. Yupiter, Saturn va Uran bilan bajarilgan gravitatsion manyovrlar natijasida, «Voyajer-2»ning
Neptungacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish vaqtini, Yerdan Neptunga tomon to‘g‘ridan-to‘g‘ri startga
nisbatan, 20 yilga qisqartirishga erishildi. 1989 yilning 24 avgust kuni «Voyajer-2» Neptunga 48 nbg km
masofagacha yaqinlashishga erishdi va sayyora va uning tabiiy yo‘ldoshlariga oid ko‘plab qimmatli
ma’lumotlarni Yerga uzatdi.
Neptunning tabiiy yo‘ldoshlari
dan biri – Tritonning tasvirlaridan, olimlar,
Quyoshdan bunchalik uzoq va sovuq osmon jismi uchun kutilmagan hodisa – faol geyzerlar harakatini
aniqlashdi va ushbu yo‘ldoshning hamon geologik faol ekanligini xulosa qilishdi. «Voyajer-2» yordamida
Neptunning ilgari ma’lum bo‘lmagan 6 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi kashf qilindi. Neptun tadqiq qilinganidan
so‘ng, «Voyajer-2» yana uchishda davom etdi va u geliopauza tomon harkatlana boshladi. 2007 yilning 30
avgust kuni, «Voyajer-2» geliopauzaga kirib kelganligi haqida axborotlar olindi. 2011 yilning 4 noyabr kuni
esa, apparatning zahira dvigatellariga o‘tish buyrug‘i uzatildi va buyqruq bajarilgani haqidagi tasdiqqa 10
kundan so‘ng ega bo‘lindi. Ushbu tadbirdan so‘ng, «Voyajer-2»ning quvvat zahiralari yana kamida 10 yilga
yetishi taxmin qilinmoqda. Endilikda u, Quyosh geliosferasining chetki hududlari va undagi osmon jismlarini
o‘rganishga yo‘naltirilgan. 2012 yilning 30 noyabr kuni «Voyajer-2» Quyoshdan 100 a.b. masofaga
uzoqlashdi. Hozirda apparat Quyoshdan taxminan 104 a.b. masofada uchib bormoqda. Taxminan 2027 yilga
borib, «Voyajer-2» ham, egizagi «Voyajer-1» kabi geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketishi
mumkin. biroq, «Voyajer-1» dan farqli ravisgda, «Voyajer-2» bu vaqtda ishlashda davom etishiga ishonch
yo‘q. Chunki apparatning energiya zahiralari bunga imkon bermasligi oydinlashib bormoqda.
Kassini
«Kassini» - Kassini-Gyugens fazoviy dasturi doirasida
Saturn
sayyorasi va uning
tabiiy yo‘ldoshlari
ni o‘rganish maqsadida, 1997 yilning 15 oktyabr kuni NASA
tomonidan koinotga uchirilgan kosmik zond. Italyan astronomi
Jovanni Kassini
sharafiga nomlangan. Loyiha qiymati 3 milliard AQSH dollari. Start vaqtidagi
massasi 5710 kg bo‘lib, apparat tarkibiga shuningdek, undan ajralib chiqishi
mumkin bo‘lgan «Gyugens» kichik zondi ham kiritilgan. Apparat umumiy
uzunligi 6, eni esa 4 metrni tashkil qiladi. Uning elektr energiyasi iste’moli
ta’minoti uchun 11 kg plutoniy-238 moddasidan iborat termoelektr generator bilan
jihozlangan. «Kassini» bortiga umumiy vazni 336 kg bo‘lgan 12 xildagi ilmiy
tekshirish asbob-uskunalari ortilgan bo‘lib, yuqori aniqlikda tele va fotokamera,
magnitometr, rentegnografik spektrometrlar shular jumlasidandir. Shuningdek
«Kassini» IBM firmasining GVSC 1750A bort-kompyuteri bilan ta’minlangan
bo‘lib, ushbu apparatda ilk bor xotira qurilmasi flesh-xotira kartasiga asoslangan tarzda ishlangan (avvalgi
kosmik apparatlarda magnit lentasidan foydalanilgan edi). «Kassini», 1998 va 1999 yillarda
Venera
bilan ikki
marta va
Yer
bilan bir marta gravitatsion manyovrni amalga oshirish orqali, o‘z tezlanishini orttirib oldi va
69000 km/soat tezlik bilan Saturn sari yo‘lga chiqdi. 2000 yil qishida «Kassini»
Yupiter
yaqinidan uchib o‘tdi
va unga oid qimmatli ma’lumotlarni Yerga uzatdi. 2004 yilning 30 iyun kuni «Kassini» belgilangan marra –
Saturnga yetib bordi va uning dastlabki sun’iy yo‘ldoshiga aylandi. 2005 yilning 14 yanvar kuni esa, «Kassini»
bortidagi «Gyugens» kichik zondi Titan sirtiga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda «Kassini» Saturn
orbitasida ishlashda davom etmoqda va uning faoliyati NASA tomonidan avvaliga 2010, keyin esa 2017
yilgacha uzaytirilgan. Yaqin kelajakda «Kassini» Enselad bilan yaqinlashishi maqsad qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: