Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
90
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Urban Leverye
Urban Jan Jozef Leverye (fransuzcha: Urbain Jean Joseph Le Verrier), 1811
yilning 11 mart kuni Sen-Lo shahrida tavallud topgan.
Fransuz matematik va
astronomi.
Neptun
sayyorasini kashf etgan olim.
Boshlang‘ich ta’limni o‘z shahrida olganidan so‘ng, Kayenna Politexnika
maktabiga o‘qishga kirgan, biroq imtihonlardan topshirmasdan, o‘qishni tashlab,
keyinchalik boshqa o‘quv yurti – Parijdagi
Buyuk Lyudovik kolledjiga
joylashgan. O‘qishni matematikadan oltin medal bilan bitirgach, Stainlas
kolledjida matematikadan dars bera boshlagan. 1837
yilda Parij Politexnika
maktabiga astronomiya kafedrasiga ishga kirgan. Olim Aragoning taklifiga ko‘ra
esa, 1839 yilda Parij rasadxonasida faoliyat boshlagan. Aynan shu yili uning
astronomiyaga oid dastlabki asari – «Sayyoralarning yo‘llaridagi
asriy
o‘zgarishlarning tadqiqi» nomli risolasi nashrdan chiqqan.
U o‘zi mustaqil ravishda kimyo bilan shug‘ullanib, qator tadqiqotlar olib
borgan. Biroq, o‘sha davrda Yevropa ilm-fanida eng katta qiziqish bilan o‘rganilayotgan mavzu – Uran
orbitasining anomaliyalari va undan keyingi sakkizinchi sayyoraning mavjudligi to‘g‘risidagi bahslar tufayli,
astronomiyaga kuchli qiziqish bilan kirib kelgan. Leverye 1842 yilda, Fransua
Aragoning taklifiga binoan,
Uran
orbitasidagi anomaliyalarga ko‘ra, unga ta’siri taxmin qilinayotgan sayyoraning orbitasini va koinotdagi
joylashuv nuqtasini matematik usul bilan hisoblash ishlariga kirishdi. Uzoq mehnatdan so‘ng, avval 1845
keyin esa 1846 yilda, Urandan keyingi sayyoraning taxminiy koordinatalari haqidagi hisobotlarni Parij Fanlar
Akademiyasiga taqdim qildi. Ayni vaqtda hisobotlaring bir nusxasini Berlin rasadxonasiga,
astronom olim
Iogann Gallega ham yubordi. Leverye yuborgan matematik hisoblashlar asosida olmon olimi Galle 1846
yilning 23 sentyabrida Neptunni aynan Urban Leverye ko‘rsatgan joyda (juda kichik farq bilan) topishga
muvaffaq bo‘ldi. Bu amalda sakkizinchi sayyora – Neptunning kashf etilishi edi.
Ushbu xizmatlari uchun
Urban Leverye fransuz hukumati tomonidan «Osmon mexanikasi professori» unvoni bilan taqdirlandi.
Leveryeni Fransuz Fanlar Akademiyasiga qabul qilishdi. Fransiya qiroli Lyudovik va Prussiya qiroli Filipp,
Leveryeni faxriy nishonlar va zodagonlik unvonlari bilan taqdirlashdi. 1854 yildan e’tiboran esa, Urban
Leverye Parij rasadxonasining direktori etib tayinlandi. Shuningdek u Qirollik Astronomiya Jamiyatining oltin
medallari bilan ikki marta – 1868 va 1876 yillarda taqdirlangan.
Urban Leverye, Neptunning kashf qilinishdagi
ishtirokidan tashqari, yana ko‘plab boshqa astronomik
tadqiqotlari, xususan, Merkuriyning Quyosh diskidan o‘tishi (1845) va «Faya» kometasining
trayektoriyasi
hamda, «Leksel» kometasining trayektoriyasi haqidagi ilmiy tekshirishlari (1843), tegishli risolalarda e’lon
qilingan.
Uning hayoti va astronomik kuzatishlariga oid asarlari – «Esdaliklar», «Parij rasadxonasi solnomasi»
hamda, «Kuzatuvlar» risolalari 1855-1867 yillarda nashrdan chiqqan.
Urban Leverye 1877 yilning 23 sentyabrida Parijda vafot etgan.
Uning sharafiga, Oy va Marsdagi krater, Neptunning halqasi va asteroid (1997)Leverye nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: