O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning asosiy turlari va



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

3.Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning asosiy turlari va 
bosqichlari. 
Xodimga  bo‗lgan  ehtiyojni  rejalashtirish  kadrlarni  rejalashtirish  jarayonining 
boshlanich  bosqichi  hisoblanadi  va  mavjud  ish  o‗rinlari  va  rejalashtirilgan  ish 
o‗rinlari  to‗g‘risidagi  ma‘lumotlarga,  tashkiliy-texnik  tadbirlar  o‗tkazishga,  shtat 
jadvali  va  bo‗sh  lavozimlarni  egallash  rejasiga  asoslanadi.  Har  bir  aniq  holatda 
xodimga  bo‗lgan  ehtiyojni  aniqlashda  tegishli  bo‗linmalar  rahbarlarining  ishtirok 
etishi tavsiya etiladi.Xodimni jalb qilishni rejalashtirishning vazifasi ichki va tashqi 
manbalar hisobiga kelgusiga kadrlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirishdan iboratdir.  
Mehmonxonalarda xodim bilan ishlash muammolaridan biri kadrlarni jalb qilish 
paytidagi  mehnatga  ko‗nikishini  boshqarishdir.  Xodimning  mehmonxona  bilan 
o‗zaro  hamkorligi  jarayonida  ularning  o‗zaro  moslashuvi  vujudga  keladi,  uning 
asosini  xodim  tomonidan  sekin-asta  mehnatning  yangi  kasbiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlariga  kirib  borishi  tashkil  etadi.Ko‗nikishning  ikki  yo‗nalishi  ajratib 
ko‗rsatiladi: 
-  boshlang‘ich  ko‗nikish,  ya‘ni  kasb  faoliyati  tajribasiga  ega  bo‗lmagan  yosh 
kadrlarning  moslashuvi  (mazkur  holda  gap  o‘quv  yurtlarining  bitiruvchilari  haqida 
boradi); 
-  ikkilamchi  ko‗nikish,  ya‘ni  kasb  faoliyati  sohasida  tajribaga  ega  bo‗lgan 
xodimlarning  moslashuvi  (odatda  bular  faoliyat  obyektini  o‗zgartiruvchilar  yoki 
masalan, rahbar lavozimiga o‗tganda kasbiy rolini o‗zgartirganlar). 
Mehnat  bozori  faoliyat  ko‗rsatayotgan  sharoitda  ikkilamchi  ko‗nikishning 
ahamiyati  ortadi.  Bunda  yosh  xodimning  birlamchi  ko‗nikishiga  katta  e‘tibor 


 

56 
berayotgan  xorijiy  firmalarning  ish  tajribasini  diqqat  bilan  o‗rganish  zarur. 
Xodimning  mazkur  toifasi  mehmonxonalar  ma‘muriyati  tomonidan  alohida 
g‘amxo‗rlik ko‗rsatishga muhtoj bo‗ladilar. 
Xodimni  ozod  qilish  yoki  qisqartirishni  rejalashtirish  kadrlarni  rejalashtirishda 
muhim  ahamiyatga  egadir.  Ishlab  chiqarish  yoki  boshqarishning  ixchamlashuvi 
natijasida  ishchi  kuchining  ortiqchaligi  vujudga  keladi.  Xodimni  ozod  qilishni 
rejalashtirish  tashqi  mehnat  bozoriga  malakali  kadrlarni  berib  yuborish  va  mazkur 
xodimlar  uchun  ijtimoiy  qiyinchiliklar  vujudga  keltirishga  barham  berish  imkonini 
tudiradi.Xodimni  boshqarish  sohasidagi  mazkur  faoliyat  keyingi  vaqtlargacha 
amalda vatanimiz mehmonxonalarida rivojlanmadi. 
Ishdan  bo‗shayotgan  xodim  ishlarini  rejalashtirish  bo‗shash  turlarini 
tasniflashga  asoslanadi.  Tasniflash  mezoni  sifatida  xodimning  mehmonxonadan  o‗z 
ixtiyori bilan ketish darajasi hisoblanadi: 
-xodim tashabbusi, ya‘ni o‗z ixtiyori bilan; 
-ish beruvchi yoki ma‘muriyatning tashabbusi bilan; 
-pensiyaga chiqishi munosabati bilan. 
Mehmonxonadan  ketish  singari  voqeaning  muhimligi  tufayli  bo‗shovchi 
xodimlar  bilan  ishlashda  xodimni  boshqarish  xizmatlarining  asosiy  vazifasi  mana 
shu  boshqa  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy,  shaxsiy  vaziyatga  o‗tishni  iloji  boricha 
yumshatishdan  iboratdir.  Bular  ayniqsa  bo‗shashlarning  keyingi  ikki  turiga 
taalluqlidir. 
Pensiyaga  chiqish  oqibatida  mehmonxonadan  ketish  bo‗shashlarning  avvalgi 
turlaridan  farq  qiladigan  bir  qator  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi.  Birinchidan, 
pensiyaga chiqish oldindan ko‗zda tutilgan va vaqt jihatidan yetarli darajada aniqlik 
bilan  rejalashtirilgan  bo‗lishi  mumkin. Ikkinchidan, bu voqea shaxsiy sohada jiddiy 
o‗zgarishlar  bilan  bog‘liqdir.  Uchinchidan,  kishining  turmush  tarzida  muhim 
o‗zgarishning sodir bo‗lishi uning atrofidagilar uchun yaqqol ko‗zga tashlanib turadi. 
Nihoyat,  pensiyaga  ketishni  baholashda  insonga  xos  bo‗lgan  ikki  tomonlama  fikr 
yuritish,  o‗z-o‗zi  bilan  muayyan  ixtilofga  borish  xosdir.  Mehmonxonalarning  yoshi 
ulg‘ayib  qolgan  xodimlarga  munosabati  (shuningdek,  tegishli  davlat  siyosati  ham) 
boshqaruv  madaniyati  darajasi  va  iqtisodiy  tizim  ma‘naviylik  darajasining    mezoni 
hisoblanadi. 
Kadrlardan foydalanishni rejalashtirish shtatdagi lavozimlarni to‗ldirish rejasini 
tuzib chiqish vositasida amalga oshiriladi. Ish o‗rnini belgilashda malaka belgilarini 
hisobga  olish  bilan  bir  qatorda  insonga  to‗g‘ri  keladigan  ruhiy  va  fiziologik 
yumushlarni (nagruzkalarni) va bu sohada da‘vogarning imkoniyatlarini ham hisobga 
olish  zarur.Xodimdan  foydalanishni  rejalashtirish  vaqtida  ularga  shunday  talablar 
qo‗yiladiki,  toki  xodim  kasb  kasalligiga  uchramasin,  erta  nogiron  bo‗lib  qolmasin, 
ishlab  chiqarishda  shikastlanmasin.  Insonga  munosib  bo‗lgan  mehnat  sharoitlarini 
ta‘minlab  berish  kerak.  Kadrlardan  foydalanishni  rejalashtirishda  yoshlar,  xotin-
qizlar,  keksa  xodimlar,  jismoniy  va  ruhiy  imkoniyatlari  cheklangan  shaxslarning 
bandligi  masalalariga  e‘tibor  berish  talab  qilinadi.  Xodimning  bu  toifalaridan 
ularning  malakasi  va  imkoniyatlariga  muvofiq  foydalanish  ayniqsa  muhimdir.  Ana 


 

57 
shu  maqsadda  mehmonxonada  tegishli  ish  o‗rinlarini  zaxira  tarzida  saqlab  turish 
zarur. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish