52
Kadrlarga oid yangiliklar haqida gapirganda bu sohada amalga oshiriladigan har
qanday yangilik ijobiy, ilg‘or samarali bo‗lavermasligini ham nazarda tutish juda
muhimdir. Ular orasida maxsus ravishda qarab chiqilishi lozim bo‗lgan soxta yangiliklar
ham oz emas.
Soxta (yunoncha yolon, hayoliy) - bizning misolimizda kadrlarga oid yolg‘on, soxta
yangiliklarni anglatadi, ular foyda keltirish u yoqda tursin, mehmonxonalarning kadrlar
va boshqa tizimlari uchun ham zararlidir. Kadrlar sohasidagi soxta yangiliklar - bular
kadrlar sohasidagi subyektivizm vujudga keltirgan, kadrlar tizimida paydo bo‗lgan,
ularning real o‗sish darajasi va samaradorligini ta‘minlamaydigan va kadrlar bilan
ishlashning eskirib qolgan usullarini sun‘iy ravishda yangilash maqsadida, soxta
novatorni qoniqtiradigan amaldagi real usullarni ochishni, yoxud kadrlarni yangilashga
qaratilgan ilg‘or yo‗lni yangilashga, ilg‘or usullarni chetlab o‗tib, ma‘naviy jihatdan
eskirib qolgan yoki muddatidan oldin boshlangan yangiliklarni joriy qilishga intilishdir.
Kadrlar sohasidagi soxta yangiliklarni ko‗rsatuvchi tipik misollarni keltirib o‗tamiz:
1. Yetarli darajada obyektiv asoslar bo‗lmagan hollarda ham, yangi kadrlarning
faoliyat ko‗rsatishi uchun to‗sqinlar yaratish zaruriyati bo‗lmagan holatlarda kadrlarni
tez-tez almashtirish.
2. Kadrlar faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq kompleks islohiy choralarni
amalga oshirish o‗rniga mahalliy, juz‘iy va ikkinchi darajali yangiliklarni joriy etish.
3. Kadrlar tizimida uncha katta bo‗lmagan juz‘iy yangiliklar bilan cheklanish
mumkin bo‗lgan hollarda ham kadrlarga oid katta miqyosli islohotlar o‗tkazish
choralarini belgilash.
4. Eski ish usullari bilan ishlaydigan va ish bermaydigan kadrlarni ishdan
ketkazmasdan turib, kadrlar sohasida yirik islohotlar o‗tkazish.
5. Kadrlar rezervi va mo‗ljallangan kadrlarga ega bo‗lmagan holda ham rahbar
kadrlarni yangilashga urinish.
6. Elita kadrlari va mehnat novatorlarining ishini asoslamagan holda
murakkablashtiruvchi yangiliklar.
7.Novator kadrlarni yaratish asossiz holda osoyishtalikni ―buzuvchilar‖ sifatida
baholab, ularni mo‗tadil ishlaydigan, lekin kamroq ijodkor bo‗lgan kadrlarga
almashtirish.
8.Yuqori darajadagi kadrlarga doir ishlarni yangilamasdan turib, quyi tashkiliy
darajadagi kadrlarga doir ishlarni yangilashga urinish va aksincha, yangi ilg‘or
rahbariyatni eskichilik tarafdori bo‗lgan jamoaning o‗zagini yangilash imkoniyati
bo‗lmasligi.
9. Kadrlar bilan ishlashning yangi shakllarini yaratish maqsadida attestatsiya va
shartnoma tuzish tizimi kabi ishlar joriy qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: