O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxona kadrlarini o„qitish va rivojlantirish



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/103
Sana13.05.2020
Hajmi2 Mb.
#51199
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
mehmonxona xojaligini boshqarish

4.Mehmonxona kadrlarini o„qitish va rivojlantirish 
Mehmonxonalarda  ta‘lim  olishga  ehtiyoj  mavjud  bo‗lib,  u  xodimlarni  qayta 
tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirishni  ham  qamrab  oladi.  Xodimga  ta‘lim 
berishni  rejalashtirish  korxona  ichidagi,  undan  tashqaridagi  ta‘lim  va  mustaqil 
tayyorgarlik  ko‗rishni  o‗z  ichiga  oladi.  Xodimga  ta‘lim  berishni  rejalashtirish 
ishlovchilarning  o‗z  ishlab  chiqarish  resurslaridan  foydalanish,  tashqi  mehnat 
bozoridan yuqori malakali kadrlar izlamaslik imkonini beradi.  
Bundan tashqari, bunday rejalashtirish xodimning harakatchanligi va o‗zini-o‘zi 
boshqarishi  uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. U xodimning ishlab chiqarishdagi 
o‗zgargargan  sharoitga  o‗sha  ish  o‗rnining  o‗zida  moslashuvi  jarayonini 
tezlashtiradi.  Amaliyotda  mehmonxona  xodimini  o‗qitish(ta‘lim  berish)ning  ikki 
shakli mavjud: ish o‗rnida va undan tashqarida ta‘lim berish. 
Ish o‗rinda ta‘lim berish ancha arzonga tushadi va tezkorlik bilan ajralib turadi. 
U  kundalik  ish  bilan  bog‘liq  bo‗lib,  xodimning  ta‘lim  jarayoniga  kirishini 
osonlashtiradi,  bu  ayniqsa  auditoriyalarda  ta‘lim  olishga  o‗rganmagan  xodimlar 
uchun 
qulaydir.Ish 
o‗rnidagi  ta‘limning  muhim  usullari  topshiriqlarning 
murakkablashtirib borilishi usuli, ish o‗rnini almashtirish, tajriba hosil qilish, ishlab 
chiqarish  yo‗l-yo‗riqlari  berish,  xodimlarning  assistentlar  sifatida  ishlashini  yo‗lga 
qo‗yish,  bir  qism  vazifalarini  va  javobgarligini  boshqalarga  berishdir.Ish  joyidan 
tashqarida  ta‘lim  berish  ancha  samarali  hisoblanadi,  lekin  u  qo‗shimcha  moliyaviy 
xarajatlar  bilan  va  xodimni  xizmat  vazifalarini  bajarishdan  chalg‘itish  bilan 
bog‘liqdir.  Bunda  muhit  ongli  ravishda  o‗zgartiriladi  va  xodim  kundalik  ishdan 
uzilib qoladi.  
Ish  joyidan  tashqarida  ta‘lim  berishning  muhim  usullari:  ma‘ruzalar  o‗qilishi, 
ishbilarmonlik  o‗yinlari  o‗tkazish,  aniq  ishlab  chiqarish  vaziyatlarini  tahlil  qilish, 
konferensiya va seminarlar o‗tkazish, tajriba almashish guruhlarini tashkil etish, sifat 
to‗garaklarini tashkil qilishdan iborat. 
Xodimga sarflanadigan xarajatlar mehmonxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy 
ko‗rsatkichlarini  ishlab  chiqish  uchun  asos  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Xodimga 
sarflanadigan  xarajatlar  ulushi  mahsulot  tannarxida  ortib  boradi,  bu  esa  quyidagi 
omillar bilan bog‘liqdir: 
-mehnat  unumdorligi  bilan  xodimlarga  sarflanadigan  xarajatlar  o‗rtasida 
bevosita bog‘liqlikning yo‗qligi; 
-xodimning  malakasiga  tobora  yuqoriroq  talablar  qo‗yadigan  yangi 
texnologiyalarning joriy qilinishi; 
-mehnat  huquqi  sohasidagi  qonunlarning  o‗zgarishi,  yangi  tariflarning  paydo 
bo‗lishi,  eng  zarur  tovarlar  (kundalik  ehtiyoj  uchun  kerak  bo‗ladigan)  narxlarining 
ortishi. 
Xodimga  sarf  etiladigan  xarajatlarni  rejalashtirishda  birinchi  navbatda 
xarajatlarning quyidagi moddalarini nazarda tutish zarur:  


 

58 
-asosiy  va  qo‗shimcha  ish  haqi,  ijtimoiy  sug‘urtaga  mablalar  ajratish,  xizmat 
safarlari  chiqimlari;  kadrlar  tayyorlash,  ularni  qayta  tayyorlash  va  malakasini 
oshirish xarajatlari;  
-umumiy  ovqatlanish  uchun  qo‗shimcha  haq  to‗lash,  uy-joy  maishiy  xizmat 
ko‗rsatish,  madaniyat  va  jismoniy  tarbiya,  sog‘liqni  saqlash  va  dam  olish,  bolalar 
muassasalari  bilan  ta‘minlash,  maxsus  kiyim  boshlar  bilan  ta‘minlash.  Shuningdek, 
mehnatni  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  mehnat  qilish  uchun  yanada  shart-
sharoitlarni  yaratish  (mehnat  psixofiziologiyasi  va  ergonomikasi,  texnika  estetikasi 
talablariga  rioya  qilish)  mehmonxonada  sog‘lom-psixologik  vaziyatni  vujudga 
keltirish xarajatlari, ishchi o‗rinlarini tashkil etish xarajatlari. 
Agar  kadrlar  qo‗nimsizligi  katta  bo‗lsa,  u  holda  yangi  ishchi  kuchini  izlash, 
unga  yo‗l-yo‗riqlar  berish  va  ishni  o‗zlashtirish  bilan  bog‘langan  qo‗shimcha 
xarajatlar  paydo  bo‗ladi.  Kadrlar  qo‗nimsizligi  yuqori  bo‗lgan  taqdirda  ishdan 
tashqari  vaqtlarda  qilinadigan    mehnatga    haq    to‗lash    miqdori      ortadi,      yaroqsiz 
mahsulot  ishlab  chiqarish  va  bekor  turib  qolishlar  ko‗payadi,  kasallanish,  ishlab 
chiqarishda  shikastlanish  darajasi  ortadi,  erta  nogiron  bo‗lib  qolish  boshlanadi. 
Bularning  hammasi  xodim  bilan  bog‘liq  bo‗ladigan  xarajatlarni  oshiradi,  mahsulot 
tannarxining ko‗tarilishi va uning raqobatga bardosh berishi darajasini pasaytirishga 
olib keladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish