Nizo xillari
60
Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko‗rinishlarda bo‗lishi
mumkin.
Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko‗z oldida, to‗g‗ridan-
to‗g‗ri vujudga keladi. Ular to‗qnashish sodir bo‗lgunga qadar to‗liq etilgan
bo‗ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona
uchun unchalik xavf tug‗dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
Yopiq nizolar o‗ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan
fursatda portlaydigan minaga o‗xshatsa bo‗ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki
ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar
"ichida" bo‗lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Yopiq nizolar ko‗pincha fitna, ito, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida
rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg‗unchilikka
qaratilgan bo‗lib, yolg‗onchiliq, uydirma, bo‗xton gaplar muholiflar uchun asosiy
qurol vazifasini bajaradi.
Ochiq nizolar ko‗pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida
vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da‘vat etishda o‗z
ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o‗zlariga qarama-qarshi bo‗lgan rasmiy
yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o‗zining manfaati tomon burishga
harakat qiladi.
Xarakteriga qarab nizolar obyektiv yoki subyektiv nizolarga bo‗linadi.
Obyektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan
real kamchiliklar va muammolar bilan bog‗liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy
nizolar
bo‗lib,
ishlab
chiqarishni
rivojlantirish,
rahbarlik
uslubini
takomillashtirish, korxonada normal "ruhiy iqlim" ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Subyektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo‗lgan shaxsiy
fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar
tabiati bo‗yicha his-tuyg‗uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga
chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‗ra olmaydigan yoki bir-birini
tushunmaydigan, yoxud tushunishni xohlamaydigan kishilarning qarama-qarshi
fikrlari oqibatida vujudga keladi.
Oqibat natijasiga qarab, nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo‗linadi.
Konstruktiv nizolar korxonada maqsadga muvofiq o‗zgartirishlar qilinishini,
oqibatda esa nizo chiqadigan obyekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi.
Agar nizo hech qanday asosga ega bo‗lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb
yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o‗rtasidagi munosabatlarni barbod etadi,
so‗ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida
bo‗ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o‗z vaqtida
oldi olinmasa, destruktiv nizoga aylanadi, ya‘ni kishilar bir-biriga nisbatan
nafratlarini namoyish etish, bo‗lar-bo‗lmasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir
so‗zdan ilgak topish, atrofdagilarning qadr-qimmatini erga urish, o‗zining fikrini
zo‗rlab tirkash, etilgan muammolarni hal qilishdan bosh tortish harakatida
bo‗laveradilar.
61
Aksariyat hollarda konstruktiv nizolarning destruktiv nizolarga aylanishi
nizoda qatnashuvchilarning shaxsiy xislatlari bilan bog‗liq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |