Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги


Mehnat muhofazasini ta’minlash



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

2. Mehnat muhofazasini ta’minlash
(MKning 214–223-moddalari)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston kasaba 
uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-
muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va 
me’yorlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish, ishlab chiqarishda mehnat 
xavfsizligini ta’minlashning zaruriy talablari darajasini belgilaydi. 
Shuningdek, kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat 
sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb 
kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqcadga 
qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi, moliyaviy ta’minlaydi va ularning 
bajarilishini nazorat qiladi. 
Ish beruvchi mehnatni tashkil qilish jarayonida mehnat muhofazasi 
qoidalariga qat’iy amal qilishi, barcha xodimlardan ham ularning 
bajarilishini talab etishi lozim. Ish beruvchi barcha ish joylarining texnik 
jihatdan lozim darajada jihozlanishini, ish sharoiti yaratilishini, texnik 
holatning nazorat qilib borilishini, ishlab chiqarish binolari va 
uskunalardan to‘g‘ri foydalanishni va texnologiya jarayonlari to‘g‘ri 
tashkil qilinishini, xodimlarning zararli mehnat sharoitlari ta’siridan 
himoya qilinishini, ishlab chiqarish binolarining sanitariya-gigiyena 
talablari va qoidalariga muvofiq ravishda saqlanishini ta’minlashi zarur. 
Shuningdek, xodimlarning mehnat sharoitini yaxshilashga doir ishlarni 
muntazam amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonida jarohatlanish va 
shu kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan xavfsizlik texnikasi hamda 
ishlab chiqarish sanitariyasining zamonaviy vositalarini joriy etish 
majburiyati ham ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. 
Mehnat muhofazasi sohasidagi talablarni tushuntirish, xavfsizlik 
texnikasidan ta’lim berish, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in 
chiqishidan saqlanish va boshqa qoidalarga rioya etish yuzasidan 
xodimlarga yo‘l-yo‘riqlar berish ham ish beruvchining zimmasidagi 
vazifalarga kiradi. 
Qonunda xodimlarni ishlab chiqarish omillarining zararli ta’siridan 
himoya qilishga qaratilgan alohida tadbirlar tizimiga ham o‘rin berilgan. U 
xodimlarni og‘ir, mehnat sharoiti zararli yoki xavfli bo‘lgan ishlarga, 
shuningdek boshqa ba’zi ishlarga qabul qilish chog‘ida ularni majburiy 
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy 
tekshiruvdan o‘tkazib turishni nazarda tutadi. 
Ish beruvchi xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlari 
ta’minlanishini tekshirib turishi shart. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 
127


o‘quv va yo‘l-yo‘riqdan o‘tmagan, bilimlari tekshirilmagan xodimlarni 
ishga qo‘yish taqiqlanadi. 
Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan, shuningdek alohida yuqori yoki past 
haroratli sharoitlarda bajariladigan yoki ifloslantiruvchi ishlarda ishlovchi 
xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha: 
– sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari;
– davolash-profilaktika oziq-ovqati; 
– gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun); 
– maxsus kiyim-bosh, poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena 
vositalari bilan bepul ta’minlanadilar. 
Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning me’yorlari, 
ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, 
agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik 
organi bilan kelishib belgilanadi. 
Ish beruvchi sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab 
chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj 
xodimlarni ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq, vaqtincha yoki 
doimiy ishlarga o‘tkazishi shart. Xodimlar kampoq haq to‘lanadigan ishga 
o‘tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida ularning avvalgi 
o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. 
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga 
boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi tufayli vaqtincha kampoq haq 
to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan xodimga shikastlanganlik uchun javobgar 
bo‘lgan ish beruvchi ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘laydi. Bunday farq 
xodimning mehnat qobiliyati tiklangunga yoki nogironligi belgilangunga 
qadap to‘lanadi.
Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga xavf-xatar soladigan holatlar vujudga 
kelsa, xodim o‘sha ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekanligi Mehnat 
kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday hollarda ish beruvchi ish 
joyida mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini vujudga keltirguniga qadap 
xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Demak, hozirgi kunda mehnat 
jarayonida xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish 
beruvchining moddiy javobgarligi ancha kuchaytirilgan, ta’kidlash joizki, 
birinchi marta ma’naviy zararni qoplash joriy qilinayotir. Ish beruvchi 
tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar jabrlanuvchining mehnatda 
mayib bo‘lishiga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz 
hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga 
muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovdan, sog‘lig‘iga shikast yetishi 
bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning kompensatsiyasidan, shuningdek 
128


belgilangan hollarda esa, bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashdan iboratdir. 
Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi va jabr-
lanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi Tibbiy-mehnat 
ekspertiza komissiyasi tomonidan aniqlanadi. 
Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti mu-
nosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning 
miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, 
ish beruvchi bilan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa 
vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda 
xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan beriladigan 
nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, xodimning vafoti 
munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori esa
marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha alohida toifadagi xodimlar uchun 
Mehnat kodeksida qo‘shimcha choralar va kafolatlar nazarda tutilgan. 
Masalan, ish beruvchi belgilangan kvota tariqasida mehnat bo‘yicha 
organlar tomonidan yuborilgan mehnat nogironlarini ish joylariga ishga 
qabul qilishga majburdir.
TMEKning nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimini o‘rnatish, ularning 
vazifalarini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi 
tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun shartdir. 
Bundan tashqari, 1 va 2-guruh nogironlari uchun haftasiga 36 soatdan 
oshiq bo‘lmagan qisqartirilgan ish vaqti belgilanib, bunda ish haqi 
kamaytirilmay, 30 kalendar kundan kam bo‘lmagan uzaytirilgan ta’til 
beriladi. Nogironlarni tungi, shuningdek ish vaqtidan tashqari, dam olish 
kunlaridagi ishlarga ularning roziligi bilan jalb qilishga ruxsat beriladi. 
Bunday ishlar tibbiy tavsiyalarga zid kelmasligi kerak. 
Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olib borish hamda ularni 
keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish yuzasidan belgilangan 
tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilib borishni yuqori turgan 
vazirliklar, organlar, korxonalarning kasaba uyushma qo‘mitalari amalga 
oshiradilar. 
Qonuniy talablarga ko‘ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va sa-
nitariya-gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan 
bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining 
majburiyatiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish talablari Mehnat kodeksi, 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘pisidagi qonunlar va boshqa normativ 
hujjatlar, shuningdek davlat texnik standartlariga ko‘ra belgilanadi. Ish 
beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilganligi uchun 
129


javobgar bo‘ladi. 
Hamma joylarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa 
me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni bunga maxsus vakolat 
berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlangan nizom asosida ishlovchi davlat organlari amalga oshiradilar. 
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’min-
lanmaganligi uchun ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar va 
kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan 
tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadi. Bunday tariflar mehnat sharoiti, 
bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda, vaqti-
vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi. 
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy huj-
jatlarning buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati 
organlari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, 
ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish