Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги


Mehnat nizolarining korxonalarda ko‘rib chiqilishi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

2. Mehnat nizolarining korxonalarda ko‘rib chiqilishi 
Mehnat nizolari komissiyasi korxona, muassasa va tashkilotlarda yuz 
bergan mehnat nizolarini ko‘rib chiqishi shart bo‘lgan boshlang‘ich 
bosqichdir. Mehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko‘radi. 
Mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyalar quyidagi masalalarga taalluqli 
nizolarni ko‘rib chiqadi: 
1) belgilangan ish normalari va ishbay baholarning qo‘llanishi, 
shuningdek ish normalarining bajarilishini ta’minlovchi mehnat shart-
sharoitlari; 
2) boshqa ishga ko‘chirish va ko‘chirilgan taqdirda, unga mehnat haqi 
to‘lash; 
3) mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusisiz bekor qilish; 
4) ish normasi bajarilmagan, bekor turib qolingan va sifatsiz mahsulot 
ishlab chiqarilgan hollarda mehnatga haq to‘lash; 
5) ish vaqtidan tashqari soatlar va tungi vaqtda ishlaganlik uchun haq 
to‘lash, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya 
berish; 
6) ishdan bo‘shatilganda nafaqa to‘lash; 
7) maxcyc ish kiyimi, maxsus poyafzal, individual himoya vositalari, 
sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berish. 
Umuman olganda, mehnat nizolari komissiyasi mehnat to‘g‘risidagi 
qonunlar, jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shart-
nomalari, qoidalar, nizomlar hamda yo‘riqnomalarning qo‘llanishi bilan 
bog‘liq mehnat nizolarini ham ko‘radi. Ular quyidagi masalalarga taalluqli 
nizolarni ko‘rib chiqishga haqli emaslar: 
1) ish normalarini (ish vaqtining me’yorini), lavozim maoshlarini 
o‘zgartirish va tarif stavkalarini belgilash, shtatlarni o‘zgartirish; 
136


2) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar hamda pensiyalarni 
hisoblab chiqish, tayinlash va to‘lash, nafaqa hamda pensiya to‘lash uchun 
talab qilingan mehnat stajini hisoblab chiqish; 
3) ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarni 
o‘z ishiga qayta tiklash; 
4) uy-joy berish, taqsimlash, shuningdek xodimlarning maishiy eh-
tiyojlarini qondirish. 
Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan 
e’tiboran 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan 
xodimning ishtirokida ko‘riladi. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko‘rib 
chiqishga uning yozma arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Xodim, 
kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi 
mehnat nizosining ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif 
qilish huquqiga ega. 
Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirish, mu-
taxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va 
hujjatlarni taqdim etishini talab qilish huquqiga ega. Majlisda 
komissiyaning qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki 
xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari o‘rtasidagi kelishuvga 
binoan qabul qilinadi. Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlangan, 
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat 
shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak. 
Komissiya qarorining nusxasi u qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kun 
ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki 
xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi. Mehnat nizolari 
komissiyasining qarori ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan 10 kunlik 
muddat o‘tganidan keyin, u 3 kun ichida ish beruvchi tomonidan 
bajarilishi kerak. 
Ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, 
mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega 
bo‘lgan guvohnoma beriladi. Agar xodim ish beruvchi ustidan yuqorida 
belgilangan muddat ichida tuman (shahar) va tumanlararo fuqarolik sudiga 
ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi. 
Mehnat nizolari komissiyasi bergan guvohnoma asosida tuman (sha-
har) sud ijrochisi ko‘pi bilan 3 oy ichida mehnat nizolari komissiyasining 
qarorini majburiy ijro ettiradi. Mehnat nizolari komissiyasi 10 kunlik 
muddat ichida mehnat nizolarini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, 
manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga 
o‘tkazishga haqlidir. 
137



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish