Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

 
 
 
8-mavzu 
MEHNAT MUHOFAZASI 
1. «Mehnat muhofazasi» tushunchasi va ahamiyati (MKning 
211–213-moddalari) 
Mehnatni muhofaza qilish – tegishli qonun va boshqa me’yoriy huj-
jatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, 
sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-
profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimi (O‘zbekiston 
Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida»gi qonunining 2-moddasi). 
Davlatimiz va yurtboshimizning barcha sa’y-harakatlari inson huquq 
va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan. Mehnat jamoalarida, barcha 
yirik va kichik korxonalarda xodimlarni muhofaza qilish, haq-huquqlarini 
himoyalash, ularga qulay mehnat sharoitlari yaratib berish asosiy vazifadir. 
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV 
sessiyasida qabul qilinib, 1996 yilning 1 aprelidan kuchga kirgan Mehnat 
kodeksida inson manfaatlari to‘la-to‘kis nazarda tutilgan. Mehnat kodeksi 
bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni muhofaza qilishi, mehnat 
subyektlarining tashabbuslari va mustaqilligini yanada kengaytirishni 
belgilab berdi. U ayni paytda mehnatni muhofaza qilish borasidagi mehnat 
munosabatlarini muvofiqlashtirishda davlatning rolini oshirdi. Darhaqiqat, 
davlatning o‘zi mehnatni muhofaza qilish masalasida siyosatini yuritadi, 
qonunchilikka rioya qilinishi, mehnat muhofazasi qoidalari va me’yorlari 
qanday bajarilayotgani ustidan nazorat o‘rnatadi. 
Mehnat kodeksida ish beruvchining majburiyatiga kiruvchi ish 
joylarida mehnat qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqa-
rishda nogironlikning oldini olishga alohida ahamiyat berilgan. Shu bilan 
birga, avvalgi qonunchilikdan farqli o‘laroq, mehnat muhofazasi borasida 
xodimlarning faqat xavfsizlik texnikasi talablarini emas, balki 
ma’muriyatning shunga oid farmoyishlarini bajarishlari, shuningdek 
mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ham amal qilishlari qat’iy 
belgilangan. Ish beruvchi amalda yangi texnika yoki texnologiyani joriy 
qilganda, xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari ishlab chiqilishini yoxud 
122


ularga o‘zgarishlar kiritilishini kutib o‘tirmasdan, xavfsizlik texnikasi 
qoidalari yoki texnik talablarning tegishli bo‘limi asosida zarur 
farmoyishlar chiqarmoqchi ekanligini bildiradi. Ularning bajarilishiga 
xodim javobgar hisoblanadi. 
Mehnat kodeksida ish beruvchining ish joylaridagi zararli muhit va 
xavf-xatarlar mavjudligi haqida xodimlarni ogohlantirishi lozimligi, 
alohida toifadagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, xavfsizlik 
texnikasi bo‘yicha o‘qitish, yo‘riqlar berish majburiyati ham 
mustahkamlab qo‘yilgan. Qonunchilikda bu borada xodim hech qanday 
sarf-xarajatni o‘z zimmasiga olmasligi ta’kidlanadi, bu bozor 
munosabatlariga o‘tish chog‘ida juda muhimdir.
Agar hayoti va sog‘lig‘iga xavf-xatar soladigan holatlar sodir bo‘lsa, 
xodim o‘sha ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekanligi Mehnat 
kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday holatlar mehnatni muhofaza 
qiluvchi davlat nazorat organlari tomonidan tasdiqlansa, ish beruvchi ish 
joyida mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini yaratgunga qadap xodimning 
o‘rtacha ish haqi saqlanadi. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda mehnat jarayonida xodimning sog‘-
lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi 
ancha kuchaytirilgan, birinchi marta ma’naviy zararni qoplash joriy 
qilingan. Yetkazilgan zarar sifatida yo‘qotilgan ish haqi to‘la ravishda 
qoplanadi, zarar miqdoriga zarar ko‘rgan kishining pensiyasi, stipendiyasi 
va boshqa daromadlari kirmaydi. Zarar ko‘rgan kishiga, agar u vafot etgan 
bo‘lsa, zararni qoplatish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga qonun 
tomonidan belgilangan eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lanadi. 
Ish beruvchi Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) xulosasiga 
ko‘ra, belgilangan zararni qoplashi va boshqa xarajatlardan tashqari, 
miqdori mehnat shartnomasi yoki bitimida kelishib olingan bir martalik 
yordam puli ham to‘laydi. Xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa, 
yordam pulining miqdori bir yillik o‘rtacha ish haqi, agar xodim vafot 
etgan bo‘lsa, olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Mehnat kodeksida alohida toifadagi xodimlar uchun mehnatni 
muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar va kafolatlar nazarda tu-
tilgan. Masalan, ish beruvchi belgilangan kvota tariqasida mehnat bo‘yicha 
organlar yuborgan mehnat nogironlarini ish joylariga ishga qabul qilishga 
majburdir. Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining to‘liq bo‘lmagan ish 
vaqti tartibi, vazifa hajmini kamaytirish va mehnatning boshqa shart-
sharoitlari haqidagi tavsiyalarini bajarishga ish beruvchi majburdir. 
Bundan tashqari, 1 va 2-guruh nogironlari uchun haftasiga o‘ttiz olti 
123


soatdan oshiq bo‘lmagan qisqartirilgan ish vaqti belgilanib, bunda ish haqi 
kamaytirilmaydi, o‘ttiz kalendar kunidan kam bo‘lmagan uzaytirilgan ta’til 
beriladi. Nogironlarni tungi, shuningdek xizmat vaqtidan tashqari, dam 
olish kunlaridagi ishlarga faqat ularning roziligi bilan jalb qilishga ruxsat 
beriladi. Bunday ishlar tibbiy komissiyaning tavsiyalariga zid kelmasligi 
kerak. 
Mehnat kodeksida noqulay sharoitlarda mehnat qiladigan xodimlar 
uchun qisqartirilgan ish vaqtlarini belgilash masalasiga yangicha 
talablardan kelib chiqib yondashilgan. Avval qisqartirilgan ish vaqtlari 
zararli mehnat sharoitlari bo‘lgan korxonalar, sexlar, kasblar va lavozimlar 
ro‘yxatiga binoan belgilanar, bu ro‘yxat yagona va sobiq Ittifoq davlat 
Mehnat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanar edi. Endilikda esa Mehnat 
kodeksiga muvofiq, korxonalardagi bunday ishlar ro‘yxati va ularda 
bajarilgan muayyan ish vaqtining davom etishi shu sohaga oid bitimlar, 
jamoa shartnomalari, agar bunday shartnomalar tuzilmagan bo‘lsa, ish 
beruvchining kasaba qo‘mitasi bilan kelishuvidan keyin yoxud 
xodimlarning tegishli boshqa vakolatli organlari tomonidan belgilab 
beriladi. Hukumat tomonidan markazlashtirilgan tartibda faqat o‘ta zararli 
va o‘ta og‘ir sharoitlardagi ishlarning ro‘yxati va ular uchun ish kunining 
eng ko‘p muddati belgilab beriladi. Bunday sharoitlarda mehnat qilayotgan 
xodimlarning haftalik ish kuni o‘ttiz olti soatdan kamroqdir. Xuddi shu-
ningdek mehnatlari ortiq darajada his-hayajon, aql-idrok, asab zo‘riqishi 
bilan bog‘liq, ya’ni maxsus xususiyatga ega alohida toifadagi hamda 
tibbiyot, pedagogik xodimlar va boshqalarning ro‘yxati ham hukumat 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Mehnat kodeksida noqulay sharoitlarda ishlayotgan va ishlari maxsus 
xususiyatga ega xodimlarga har yilgi qo‘shimcha ta’til berish borasida 
ham mutlaqo yangicha yondashilgan. Bunday holatlarda qo‘shimcha ta’til 
berish huquqiga ega korxonalarda ishlar, kasblar va lavozimlar, ta’til 
muddatlari va ularni berish tartibi hamda shart-sharoitlari ro‘yxatini 
tayyorlash sohaviy bitimlar, jamoa shartnomasi (agar bunday shartnoma 
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning 
boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda tuzilsa) asosida 
belgilanishi uchun to‘la mustaqillik berib qo‘yilgan. Mehnat sharoitlarini 
baholash metodikasi yuqorida ko‘rsatilgan ishlar ro‘yxati asosida 
belgilanadigan hujjatdir. Bu metodika O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
va aholini ijtimoiy himoya qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari to-
monidan tasdiqlanadi. Respublika hukumati zimmasiga alohida xu-
susiyatga ega, shuningdek o‘ta darajada zararli va o‘ta og‘ir mehnat sha-
124


roitlarida ishlagan xodimlar uchun faqat qo‘shimcha ta’tilning eng kam 
muddatini muvofiqlashtirib turish yuklatiladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat va uning 
muhofazasi haqidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasi hududida ish 
beruvchi bilan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan ajnabiy fuqarolar 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ham joriy qilinadi. 
Mehnat muhofazasi mehnat jarayonida insonning xavfsizligini 
ta’minlovchi, salomatligi va mehnat qobiliyatini saqlovchi huquqiy 
normalar tizimidan iborat. Mehnat muhofazasi xavfsizlik texnikasi va 
ishlab chiqarish sanitariyasini o‘z ichiga oladi. Xavfsizlik texnikasi 
deyilganda, xavfli ishlab chiqarish omillarining xodimlarga ta’sirini 
bartaraf qiluvchi tashkiliy tadbirlar va texnikaviy vositalar tizimi 
tushuniladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi xodimlarga zararli ishlab chiqarish 
omillarning ta’sir etishini bartaraf qiluvchi yoki kamaytiruvchi tashkiliy 
tadbirlar hamda texnikaviy vositalar tizimidan iborat. 
Xodimlarning mehnat muhofazasini tartibga soluvchi normalar 
O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘pisida»gi 
qonuni, Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va davlat nazorat 
organlarining kasaba uyushmalari markaziy organlari bilan birgalikda yoki 
ular bilan kelishgan holda qabul qilgan huquqiy aktlarida belgilab berilgan. 
Mehnat xavfsizligini ta’minlash, xavfli va zararli ishlab chiqarish 
omillarining turlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligi, ishlab 
chiqarish jarayonlari, xodimlarni himoyalash vositalari, binolar va 
inshootlar xavfsizligiga doir ishlarni tashkil qilish hamda tartibga solishga 
qo‘yiladigan talablar davlat siyosatida nazarda tutilgan. 
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati quyidagilarga 
asoslanadi: 
1) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodim 
hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligi; 
2) mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha kor-
xonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalarni 
belgilab qo‘yish; 
3) mehnatning ekologik xavfsiz sharoitlari, shuningdek ish joylarida 
sharoitlar yaratilishi va atrof-muhit holatining muntazam nazorat etilishini 
ta’minlash; 
4) mehnatni muhofaza qilish talablari korxonalarning hamma joyida 
birdek bajarilishini nazorat qilish; 
5) mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning 
125


ishtiroki; 
6) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha 
mutaxassislar tayyorlash; 
7) fan-texnika yutuqlari hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 
Vatanimiz va chet davlatlar ilg‘or tajribalaridan keng foydalanish; 
8) xodimlarni maxsus kiyim-kechak, poyafzal, shaxsiy himoya vosi-
talari va parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash; 
9) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb 
kasalligiga yo‘liqqan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash va 
h. k. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilishda ish beruvchi bilan kasaba 
uyushma qo‘mitasi o‘rtasida mehnat muhofazasi bo‘yicha tuzilgan jamoa 
shartnomalari va bitimlari, ular tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar 
muhim ahamiyatga egadir. 
Mehnat muhofazasi quyidagilarni tashkil etadi: 
– mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy talablar; 
– ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish; 
– xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlab berish va uni 
muntazam ravishda yaxshilab borishda ish beruvchining majburiyatlari; 
– mehnat muhofazasi talablariga rioya qilishda xodimlarning maj-
buriyatlari; 
– xodimlar, ayrim toifadagi ayollar, voyaga yetmaganlar, mehnat 
qobiliyati past bo‘lgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning 
qo‘shimcha tadbirlari. 
Mehnat kodeksida ish beruvchining majburiyatiga kiruvchi vazifalar – 
ish joylarida mehnat qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishlab 
chiqarishda nogironlikning oldini olishga alohida ahamiyat berilgan. Shu 
bilan birga, avvalgi qonunchilikdan farqli o‘laroq, Mehnat kodeksida 
mehnatni muhofaza qilish borasida xodimlarning faqat xavfsizlik texnikasi 
yo‘riqnomalarini emas, balki ma’muriyatning bu boradagi farmoyishlarini 
bajarishlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal 
qilishlari ham qat’iy belgilab qo‘yilgan. 
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzayotganda yoki boshqa ishga 
o‘tkazayotganda xodimni mehnat sharoitlari, shu jumladan kasb va boshqa 
kasalliklarga chalinish ehtimollari, shular bilan bog‘liq holda, unga 
beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shaxsiy himoya vositalari haqida 
xabardor qilishi kerak. 
Mehnat muhofazasi talablariga javob beruvchi, xavfsizlik gyvoh-
nomasiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish binolari xodimlarning mehnatini, 
salomatligini lozim darajada muhofaza qilishning zarur sharti hisoblanadi. 
126



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish